Avtomat, avtomatik liniya, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari


MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHGAN TIZIMNING


Download 318.42 Kb.
bet5/5
Sana08.01.2022
Hajmi318.42 Kb.
#240390
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtomat

MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHGAN TIZIMNING
KLASSIFIKATSIYASI
Avtomatlashgan tizimlar klassifikatsiyasi. Turli detallarga
mexani ishlov berishda, yig‘ishda, qadoqlashda avtomatik tizimlarni
qo‘llanilishi ko‘plab konstruksion masalalarni echishni keltirib
chiqaradi.
Tizimlar ishlash turiga nisbatan ikki sinfga bo‘linadi:
a) sinxron - qattiq,
b) sinxronmas - egiluvchan.
Sinxron avtomatik tizimda - zagotovkalar ishlov berish
jarayonida dastgoxdan dastgohga bir vaqt oralig‘ida uzatiladi.
Sinxronmas tizimda - ishlov berilayotgan detallar transportyor
bilan uzvi bog‘liq bo‘lmay, ular ishlov berish joyiga to‘planishi
mumkin, bu esa ishlov berish jarayonini to‘xtab qolmasligini
taminlaydi. Sinxronmas tizimlar dastgoxlardan tashkil topgan bo‘lib,
ularni xar biri detallarni saqlash uchun bunker va magazin bilan
taminlangan. Dastgohlar egiluvchan bo‘lganligi sababli, bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan xolda ishlashga ega.
Transportlash tafsivi bo‘yicha ishlov berish jarayonida yoki
yig‘ish tizimini - statsionar, rotorli va zanjirlilirga ajratish mumkin.
Statsinar tizimlarda, detallar datsgoxga nisbatan o‘z xolatini
o‘zgarirmasligi bilan tafsiflanadi bajarilayotgan ishlov berish jarayoni
tugagandanso‘ng ular boshqa xolatda keyingi jarayon uchun
o‘tkaziladi. Rotorli va zanjirli tizimlarda detallar uzliksiz
xarakatlanadi. Xar bir rotorli dastgox o‘z o‘qi atrofida uzliksiz
belgilangan tezlikda aylanadi. Bunda detalga ishlov berish transpotlash
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Vaqtni bir qismi ishov berishga, qolgani kesish asbobini surishga
va detalni bir rotorli - dastgohdan ikkinchisiga o‘tishni taminlashga
sariflanadi.
Qirindi olib tashlash qurilmasi. Avtomatlashgan tizimlarda
ko‘proq uchraydigan qirindi olish qurilmasi bular shnekli va skrebkali
transportyorlardir. Ularni dastgoh ostiga o‘rnatiladi. Shnekli
transportyor ishlov berish jarayonida sovitish suyuqligidan
foydalangan xolda yoki sovo`tish tizimisiz olingan po‘latli va
alyuminli qirindilarni chiqarib tashlashda qo‘llaniladi. Shnekni
diametri 100-250 mm, bir shnekli uchun umumiy uzunlik 25-50 m, ikki
shnekli transportyor uchun 40-50 m.
Ularni ishlab chiqarish shneklar diametriga va soniga bog‘liq.
Agar shneklar aylanishlari soni nq10 ayl/min bo‘lsa unda vint simon
qirindilarni chiqarish uchun bir shnekli transportyorga 1-9 m3/soat
bo‘ladi , ikkishneklida 75-14 m3/soat . Skrepkasimon transportyorlar element simon po‘lat, alyumin va
chugunli qirindilarni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Asosiy
yulduzchani aylanishlar soni va skrebkalar qadami
bo‘lsa transportyorni ishlab chiqarish bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Obidov A. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish. T. “O‘zbekiston faylasuflari milliy hamjamiyati” 2018.

  2. Islomov S.Ya. , Abduqayumov Z.A. “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” o‘quv uslubiy majmua. Toshkent 2011

Download 318.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling