Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet23/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

14-rasm. Avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar.

Bu harakatlanishga qarshilik kuchlarini yengish uchun avtomobil energiya manbai bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, dvigatel ishlashidan hosil bo‘lgan burovchi moment transmissiya orqali avtomobilning yetaklovchi g‘ildiraklariga uzatiladi. Yetaklovchi g‘ildiraklar aylanishidan yo‘l bilan kontakt qismida aylanma kuch vujudga keladi, u yo‘lni orqaga itarib yuborgudek bo‘ladi. Yo‘l, o‘z navbatida, xuddi shuncha kuch bilan aks ta’sir ko‘rsatib, avtomobilni harakatga keltiradi.


Avtomobilni harakatga keltiruvchi kuchga tortish kuchi deyiladi. Avtomobilga ta’sir etuvchi barcha kuchlarning o‘zaro munosabatini quyidagicha formula shaklida ifodalash mumkin:

R=Rk+Ru+Rn+Rb.


Bu tenglama avtomobilni tortish muvozanati (balansi) deyiladi va tortish kuchi turli qarshiliklarga taqsimlanishini aniqlash imkonini beradi.
Yo‘lga tebranish qarshiligi shinaning deformatsiyalanishida (ichki yo‘qotishlar) va g‘ildirak qoldiradigan chuqur iz hosil qilishda (tashqi yo‘qotish), energiya sarfi natijasida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bir qism energiya shinaning yo‘l bilan ishqalanishi (o‘rniga aylanishi yoki sirpanishi)da, g‘ildiraklar podshipniklari ishqalanishida va g‘ildirakka havo ko‘rsatadigan qarshiliklarda yo‘qotishdan iborat bo‘ladi. G‘ildirak tebranish qarshiliklarining barcha faktorlarini hisoblash murakkab bo‘lganligi uchun tebranish qarshilik kuchini barcha energiya sarflashlar yig‘indisi sifatida avtomobilga nisbatan tashqi kuch deb ataladi.
Elastik g‘ildirak qattiq yuzaga tebranganda tashqi yo‘qotishlar juda kam bo‘ladi. Shina pastki qatlami goh siqiladi, goh cho‘ziladi. Shina alohida qismlari orasida ishqalanish vujudga keladi, issiqlik ajralib chiqadi, shina o‘z holatini tiklaganida uning deformatsiyasi uchun sarflangan ish to‘la qayt- maydi. Elastik g‘ildirakning tebranishida shina bilan yo‘l kontakt joyining oldingi qismida deformatsiya oshadi, orqasida esa kamayadi. Deforma- siyalanadigan yumshoq yo‘l (tuproq, qor)da qattiq g‘ildirak dumalaganda shina deformatsiyasiga sarflanadigan yo‘qotish juda kam, asosan energiya yo‘lning deformatsiyalanishiga sarflanadi. G‘ildirak tuproqqa botib uni yon tomonlarga siqib chiqaradi, shibbalaydi va chuqur iz hosil qiladi. Yumshoq yo‘lda deformatsiyalanadigan g‘ildirak dumalaganda ichki va tashqi yo‘qo- tishlar sodir bo‘ladi. Elastik g‘ildirakning yumshoq yo‘lda dumalaganida uning deformatsiyasi qattiq yo‘ldagiga qaraganda kam, tuproqning defor- matsiyasi qattiq g‘ildirakning xuddi shunday tuproqda dumalaganidan kam bo‘ladi. Tebranish qarshilik kuchi quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin.


Rk=Ga f cosα.


Izoh: Bunda: Rk – Tebranish qarshilik kuchi, Ga – Avtomobil og‘irlik kuchi,

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling