Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet30/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

Qorong‘i vaqtlarda ko‘rinish chegaralangan sharoitlarda avtomobilni boshqarish. Avtomobilni qorong‘i paytlarda boshqarish juda murakkab bo‘lib, qorong‘i tusha boshlashi bilan yo‘llar va unda joylashgan narsa- larning ko‘rinishi yomonlashadi. Qorong‘i tusha boshlashi bilan haydovchining yo‘lni ko‘rish masofasi cheklana boradi. Bunda avtomobil chiroqlari yoqilgan taqdirda ham haydovchi yo‘ldagi narsalarni anglash uchun kunduzgi vaqtga qaraganda ancha ko‘p vaqt sarflaydi. Bundan tashqari, haydovchining reaksiya vaqti ham kunduzgiga qaraganda ikki barobar oshib ketadi.
Yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida narsalarning rangini sezish deyarli mumkin emas. Ular rangi bilan emas, yorug‘ligi bilan bir-biridan farq qiladi. Bunday vaqtda transport vositasining ko‘rinish masofasi kunduzgiga qaraganda ikki baravar kamayadi. Shu bilan birgalikda, haydovchiga uzoq masofada turgandek tuyuladi. Umuman, haydovchilarni kechki va tongi g‘ira-shiralik paytlarida ko‘rinish aldashi mumkin. Oq va sariq rangdagi boshqa avtomobillar rangi yo‘l qoplamasi rangiga qo‘shilib ketadi. Avtomobil chirog‘i yorug‘ligida yo‘l notekisligi noto‘g‘ri qabul qilinadi. Bunday holatlar haydovchining ko‘rishini keskin pasaytiradi va uni tez charchatadi.
Qorong‘i vaqtlarda ko‘rinish chegaralangan sharoitlarda eng katta xavf haydovchining ko‘zi qamashganda paydo bo‘ladi. Bunda ko‘rinish keskin pasayadi, ayrim hollarda butunlay yo‘qoladi. Odatda, u faqat rul chambaragi holatini o‘zgartirmasdan turib turadi. Rul chambaragi bir xil holatda tursa ham avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartirib, yo‘ldan
chiqib ketishi mumkin. Charchagan haydovchi odatda ko‘zi qamashishga moyil bo‘ladi.
Statistika shuni ko‘rsatadiki, transport hodisalarining qariyb yarmi qorong‘i vaqtlarda ko‘rinish chegaralangan sharoitlarda sodir etiladi.
Harakatlanish intensivligining qorong‘i vaqtlarda kamayishi, haydovchilarning ko‘pchiligida yuqoriroq tezlik bilan harakat qilish ishtiyog‘ini paydo qiladi va ular o‘zlarini erkinroq tutib, nazoratni bo‘shashtirib yuboradilar. Qor, yomg‘ir, tuman ko‘rish masofasini ancha yomonlashtiradi.
Tuman sharoitida yo‘ldagi qizil rangli narsalardan boshqa barcha rangdagilar o‘zgaradi. Masalan, sariq rang tumanda qizg‘ish, yashil esa sarg‘ishroq tus oladi. Tuman qatlami shunchalik qalin bo‘lishi mumkinki, hatto chiroqlar ulanganda ham 3-5 metrdan nariroqni ko‘rolmaslik mumkin. Tunda va yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida haydovchi avtomobilni ko‘p vaqt yuqori darajada diqqat va zo‘riqishli hissiyot bilan boshqargani uchun u kunduzgiga qaraganda ancha tez charchaydi.
Tunda harakatlanganda avtomobilni boshqarish. Avtomobilni tunda boshqarish uchun haydovchi har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Tungi vaqtlarda yo‘lda texnikaviy nosozliklarni tuzatish ancha murakkab bo‘ladi. Qorong‘ilik oqibatida moy, sovitish suyuqliklari sizib chiqadigan joylarni yopish ancha mushkul bo‘ladi. Shuning uchun avtomobilning texnik holatini tekshirganda mayda ishlar e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Yoritish moslamalarining tozaligi va to‘liqligiga, oyna tozalagich va oyna yuvgich ishiga alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Ko‘pchilik haydovchilar chiroqlar yorug‘lik oqimini sozlashga e’tiborsiz bo‘ladilar. Hech bo‘lmaganda yilida bir marta chiroqlar ishini tekshirib, sozlash zarur.
Qorong‘i paytlarda deyarli hamma holatlarda harakatlanish tezligi kunduzgiga qaraganda kam bo‘lishi kerak.
Tungi paytda tezlikni shunday tanlash kerakki, avtomobilning to‘xtash yo‘li ko‘rinish masofasidan kam bo‘lsin. Yaqinni yoritish chirog‘i ulangan- dan keyin ko‘rinish masofasining kamayishi hisobiga tezlikni pasaytirish va yo‘lning o‘ng tomonini mo‘ljalga olib harakatlanishi zarur. Vaqt-vaqti bilan qatnov bo‘lagini kuzatish va ro‘paradagi avtomobil chirog‘iga qarashdan saqlanish kerak. Bunday harakatlar ko‘rish sezgirligini yaxshilab, qatnov bo‘lagidagi to‘siqni o‘z vaqtida sezishga yordamlashadi.
Ayniqsa, avtomobilning chap chirog‘i yonmasa, tungi paytda ro‘paradan kelayotgan transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etish xavfi oshadi. Bunday sharoitda yonlanma oraliq masofani 1,5 baravarga
oshirish kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa o‘ngroqqa chiqib to‘xtash va ushbu nosozlikni bartaraf etish lozim bo‘ladi.
Ho‘l va iflos yo‘llarda harakatlanganda vaqti-vaqti bilan to‘xtatib avtomobilning peshoynasini, chiroqlarini gabarit va nomer yoritgichlarini hamda to‘xtatish chirog‘ini artish kerak. Notekis yo‘llarda harakatlanganda yaqinni yorituvchi chiroq bilan harakatlanish tavsiya etiladi. U nisbatan past tezlikda aynan avtomobilning oldini yaxshi yoritadi.
Tunda ishlash murakkabligini hisobga olib haydovchilarning ishlash muddatini 6 soatdan oshirmaslik kerak. Ish boshlangandan 2-3 soat o‘tgandan keyin haydovchi 5-8 daqiqa va yana 1-1,5 soatdan keyin dam olishi kerak. 4-5 soatdan keyin haydovchi uzoqroq dam olishi va issiq ovqat iste’mol qilishi kerak.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling