Axborot soati materialini
Download 185.9 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan olish mumkin
- INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH UCHUN AVVALO UNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI, OSUDA VA FAROVON HAYOTI HIMOYA QILINMOG‘I KERAK
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan olish mumkin
1 A A A X X X B B B O O O R R R O O O T T T S S S O O O A A A T T T I I I M M M A A A T T T E E E R R R I I I A A A L L L L L L A A A R R R I I I 1 1 1 4 4 4 F F F e e e v v v r r r a a a l l l 2 2 2 0 0 0 1 1 1 7 7 7 y y y i i i l l l
HUDUDLARNING RIVOJLANISHI BUTUN MAMLAKAT TARAQQIYOTINING ASOSIDIR O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10-fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Surxondaryo viloyati iqtisodiy salohiyati, tabiiy boyliklari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida ana shu salohiyat va imkoniyatlarni xalqimiz manfaatlari yo‘lida ishlatish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Viloyat iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Buning tasdig‘ini 2016-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 8 foiz o‘sgani misolida ham ko‘rish mumkin. To‘palang gidroelektrostansiyasi, Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi, “Sharg‘un ko‘mir”, “Xo‘jaikon tuz” aksiyadorlik jamiyatlari, “Xonjizza” kon-boyitish majmuasi kabi yirik korxonalar viloyat sanoatida yetakchi o‘rin tutmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 75,3 foizni tashkil etmoqda. Mehnat bilan band aholining 80 foizdan ziyodi ayni shu sohada ish yuritmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida o‘zining saylovoldi dasturida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Dastlab davlatimiz rahbari Termiz tumanidagi “Gold Agro Fresh” agrofirmasi faoliyati bilan tanishdi. Xalqimiz farovonligi, yurtimiz bozorlarining qishin-yozin to‘kinligiga Surxondaryo fermer va dehqonlari ham munosib hissa qo‘shmoqda. Mamlakatimizdagi ekin maydonlarining 7 foizi mazkur viloyatga to‘g‘ri keladi. Voha dehqonlari yurtimizda yetishtiriladigan paxta va g‘allaning 8-9 foizini, meva va sabzavotning 11 foizdan ziyodini yetkazib bermoqda. Keyingi yillarda paxta maydonlari qisqartirilib, qishloq xo‘jaligi tarkibiy o‘zgartirilayotgani natijasida meva-sabzavot yetishtirish ko‘paymoqda, ularni qayta ishlash sanoati rivojlanmoqda. “Gold Agro Fresh” agrofirmasi sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularni eksport qilishga ixtisoslashgan istiqbolli loyihalardan biridir. Qiymati 35 million AQSh dollari bo‘lgan korxonaning zamonaviy issiqxonalarida yiliga 30 million dollarlik mahsulot eksport qilish, shuningdek, 1000 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Hozir 20 gektarlik 15 blokda pomidor, gulkaram, brokkoli, rukkolo va yalpizning xaridorgir navlari o‘stirilmoqda. 70 blokning barchasi ishga tushgach, issiqxonalarning umumiy maydoni 100 gektardan oshadi. Bundan tashqari, 434 gektar yerda mavsumiy ekinlar ekilib, 23 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 2 ming 100 kishini ish bilan ta’minlash, kelgusida 100 gektar yerda intensiv bog‘ yaratish rejalashtirilgan. Prezidentimiz bu yerda yetishtiriladigan mahsulotlar turini kengaytirish, 5 ming gektarda anor, 5 ming gektarda limon yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, odamlarning daromadini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari shu yerning o‘zida meva-sabzavot yetishtirish, parrandachilik, chorvachilik kabi tarmoqlardagi istiqbolli loyihalar bilan ham tanishdi. Angor tumanida qurilayotgan meva-sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan "Angor Gold Fruits" mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihasiga muvofiq 530 gektar intensiv bog‘, uch ming tonna meva-sabzavotni saqlash imkoniyatiga ega muzxona qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Jarqo‘rg‘on tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan “Fabullo stroy servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham meva-sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 ish o‘rni yaratiladi. Zamonaviy issiqxonada 600 tonna meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi va eksport qilinadi. Sig‘imi 2 ming tonna bo‘lgan zamonaviy muzlatgichda
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan olish mumkin
2 yil davomida 6 ming tonna mahsulot aylanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish uskunasining quvvatini yiliga 8 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Prezidentimiz bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, meva-sabzavotlarning noan’anaviy turlarini ko‘proq ekish va qayta ishlash, eksportni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Qiziriq tumanida ikki ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan zamonaviy chorva kompleksi barpo etilmoqda. 762 gektar maydonda qurilayotgan va qiymati 11,5 milliard so‘m bo‘lgan ushbu majmuada yiliga to‘rt ming tonna sut, ikki yuz tonna go‘sht yetishtiriladi. 2,5 milliard so‘mlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanadigan korxonada yuzdan ortiq kishi mehnat qiladi. Prezidentimiz chorvachilik komplekslari bilan birgalikda agrofirmalar tashkil etib, sut va go‘shtni qayta ishlash, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlab, eksportga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi. Muzrabot tumanida parrandachilik kompleksi tashkil etilmoqda. Loyiha qiymati 5,5 million dollar bo‘lgan mazkur majmuada yiliga 59,1 million dona tuxum, 1,4 million jo‘ja va 198 tonna tovuq go‘shti yetishtirish, 100 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Sentabr oyida ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan ushbu kompleksning umumiy maydoni 15 gektar bo‘lib, uning 2,5 gektarida ishlab chiqarish binolari joylashadi. Majmua rahbarlari bilan uchrashuvda odamlarga jo‘ja va yem yetkazib berib, oilalar farovonligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shavkat Mirziyoyev “Sherobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida ingichka tolali paxtani qayta ishlash korxonasi, zararkunandalarga qarshi kurashishga qaratilgan ishlanmalar, limon va pista yetishtirishga ixtisoslashgan plantatsiyalar loyihalarini ko‘zdan kechirdi. Davlatimiz rahbari Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi. Bu yerda olib borilayotgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Prezidentimiz Termiz tumanida tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasini amalga oshirish ishlarini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda aholi farovonligini yanada oshirish, xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalar rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. Barcha hududlarda shu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yangi korxona va xo‘jaliklar ishga tushirilmoqda. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 186 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Endi ular safiga «Termiz agro fish eksport» agrofirmasi ham qo‘shiladi. Bu yerda baliq yetishtirish bilan birga, baliq uchun ozuqa ishlab chiqarish, baliq mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish ishlari ham amalga oshiriladi. Korxonada Vetnam texnologiyalari asosida Afrika laqqasi, karp kabi baliqlar yetishtiriladi. Ilg‘or usullari bilan ajralib turuvchi ushbu texnologiya baliq yetishtirish samaradorligini besh barobarga oshirishi bilan ahamiyatlidir. Kompleksda 500 tonna baliqni qayta ishlash, 105 ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor, dedi Prezidentimiz. Uning tarkibida inson salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan elementlar, vitaminlar serob. Surxondaryo baliqchilik uchun zarur tabiiy iqlim, suv zaxiralariga ega. Bundan unumli foydalanish, tarmoqni yanada rivojlantirish uchun maxsus dastur ishlab chiqish kerak. Baliqchilikni chuqur o‘zlashtirgan mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish loyihasi bilan tanishdi. Loyihada viloyatdagi gidrotexnika inshootlari, kanal va boshqa suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurishga qaratilgan 122,7 million dollarlik chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Uning 89,5 million dollari Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi. Natijada viloyatning Sherobod, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 103,5 ming gektar maydonda suv ta’minotini yaxshilashga erishiladi. Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga qarashli «Termiz marvaridi sanatoriyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. Uchqizil suv ombori bo‘yidagi bahavo hududda joylashgan ushbu sihatgohda bemorlar fizioterapiya va ma’danli suv, qum va quyosh nurlari bilan davolanadi. Bugungi kunda sihatgohning 80 o‘rinli binosi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Keyingi bosqichda 60 o‘rinli yangi bino qurish va uni ilg‘or tibbiy uskunalar bilan jihozlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish, hududda bolalar maydonchasi, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan stadion va maydonchalar barpo etish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga mazkur hududda tom ma’nodagi zamonaviy dam olish kompleksini bunyod etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etish rejalashtirilgan “Huashen Silkworm Pro” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona loyihasi bilan tanishdi. Joriy
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan olish mumkin
3 yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu korxona ipak qurti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, bu yerda 3 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Surxondaryo viloyati ipakchilik sohasida katta tajribaga ega. 2016-yili 3 ming 394 fermer xo‘jaligi tomonidan qariyb 1 ming 553 tonna pilla yetishtirildi. Davlatimiz rahbari mazkur loyiha bilan tanishar ekan, Surxon vohasi mahsuldor ipak qurti parvarishlash uchun qulay tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanini ta’kidladi. Yangi korxona mamlakatimiz yengil sanoatini sifatli xomashyo bilan ta’minlash, voha aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog‘ida Shodi bobo Xushboqov xonadonida bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Shodi bobo va u kishining umr yo‘ldoshi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar kasb-kori va nabiralar tarbiyasi to‘g‘risida suhbatlashdi. Sizlar kabi ko‘pni ko‘rgan, yuzidan nur yog‘ilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir, dedi Prezidentimiz. Erdan unumli foydalanilsa, Surxondaryo sharoitida yilda uch martagacha hosil olish mumkinligi, harakat qilgan odam o‘zini ham, xalqini ham boy qilishi ta’kidlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida so‘z yuritildi. Xonadon egalari davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib, odamlarning fikrini o‘rganayotganidan yurtdoshlarimiz juda mamnun bo‘layotganini ta’kidladi. Odamlar og‘irini yengil qilish, turmushini yanada farovon etish borasidagi ulkan, tizimli ishlari uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylar, bu yerda aholi uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi. Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizga, avvalo, farzandlarimizga hech kimdan kam bo‘lmagan imkoniyatlar yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy- joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur qarorga muvofiq Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxon vohasida 1009 arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilayotir. Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida qisqa muddatda 32 xonadondan iborat 2 qavatli ikkita, xo‘jalik imoratlari va hovlisi bo‘lgan bir qavatli o‘nta shinam uy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. Zamonaviy va milliy me’morlik andozalari asosida qurilgan yangi massivda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilgan. Uylar tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Davlatimiz rahbari yosh oila – O‘ktam Abdullayev va Malohat Jumayeva xonadonida bo‘lib, ularni yangi uyga ko‘chib o‘tgani bilan tabrikladi. Yangi uyda yosh oila baxtiyor va farovon yashashi uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi. 3 xonali uyning hovlisida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun tomorqa bor. Xonadon sohibining buvisi Karomat momo Abdullayeva ko‘rkam, obod va shinam uylar olishda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bu yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotganini aytib, davlatimiz rahbarini duo qildi. Shavkat Mirziyoyev 16 xonadondan iborat ikki qavatli uyda yashayotgan uy sohiblari bilan ham suhbatlashdi. Xalqimizning tobora o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish, ular uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish bugungi kundagi asosiy vazifalardan ekanini alohida qayd etdi. Mutasaddilarga viloyatning qishloq massivlarida aholiga shahardagidan qolishmaydigan turmush sharoitlari yaratish, yakka tartibda uy-joy qurish ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. Prezidentimiz Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Buyuk ajdodimiz hadis to‘plashdan tashqari huquqshunoslik, tabiatshunoslik, tabobat, ilmi nujum, tilshunoslik, axloq va boshqa ko‘plab sohalarda ham asarlar yaratgan. Musulmon olamida buyuk muhaddislardan biri sifatida mashhur bo‘lgan ulug‘ allomaning bebaho merosi bugungi kunda ham keng o‘rganilmoqda. Shu kunlarda bu yerda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Majmua yonidagi qabriston obodonlashtirildi, 4,5 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi, suv, elektr energiyasi va gaz tarmoqlari tortildi. Davlatimiz rahbari majmuani yanada obod maskanga aylantirish, qulay sharoitlar yaratish ziyoratchilar oqimini ko‘paytirish imkonini berishini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanida “Olmaliq kon- metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilayotgan sement zavodi qurilishi bilan tanishdi.
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan olish mumkin
4 Surxondaryo viloyatida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, sanoat korxonalarini texnik va texnologik yangilash, yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etish yuzasidan qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami kengaygani, iqtisodiyotning mazkur tarmog‘iga ehtiyoj tobora ortib borayotgani qurilish materiallari ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etishni taqozo etmoqda. Shu ma’noda ushbu zavodning ishga tushirilishi ayni muddao bo‘ladi. Tumandagi “Vandob” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etiladigan sement zavodi qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Loyiha qiymati 212,8 million dollar bo‘lgan ushbu sanoat korxonasida yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Korxona ishga tushirilgach, bu yerda mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Davlatimiz rahbari ushbu zavod nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Loyihachi va quruvchilar bilan suhbatda qurilish sur’atlarini jadallashtirish, sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Termiz shahrida Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, yosh avlodni tarbiyalash va ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH UCHUN AVVALO UNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI, OSUDA VA FAROVON HAYOTI HIMOYA QILINMOG‘I KERAK O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari ishtirok etdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev istiqlolning dastlabki yillaridan yurtimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash vazifalariga ustuvor ahamiyat berilayotganini alohida ta’kidladi. Bu profilaktika, tezkor-qidiruv, tergov, yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash, patrul-post xizmatlari, alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari qayta tashkil etilganida, ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi muntazam mustahkamlab borilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari bilan aholi o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro ishonch va ochiqlikni ta’minlash maqsadida profilaktika inspektorlari, militsiya tayanch punktlari, “Mahalla posboni” kabi institutlar tashkil etilgani yurtimizda tinch-osuda hayot ta’minlanishiga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari keyingi vaqtlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi. Ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soladigan qonunchilik bazasi mustahkamlanmoqda. So‘nggi besh yilda "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida", “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga zamon talablaridan kelib chiqqan holda, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 2016-yilda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani bu boradagi huquqiy-me’yoriy poydevorni yanada mustahkamladi. Ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini oshirish, mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Prezidentimiz bugun ichki ishlar organlari zamon talablariga nechog‘li javob bera olayotganiga e’tibor qaratdi. Inson manfaatlari bilan bog‘liq masalalarni kechiktirmasdan hal qilish lozim bo‘lgan bugungi kunda eskicha fikrlash, ishni eski “qolip”lar asosida tashkil qilish, o‘z burchini elga xizmat tamoyiliga asoslanib emas, balki shaxsiy manfaatlardan kelib chiqqan holda bajarish kabi amaliyotlar davom etmoqda. Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin. Lekin ayrim joylarda ularning faoliyati odamlar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa mol-mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan olish mumkin
5 holatlarga to‘liq chek qo‘yilmagan. Qasddan tan jarohati yetkazish, firibgarlik, yo‘l-transport hodisalari kamaymagan. Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarni ochish borasida ham qator kamchiliklar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, o‘g‘irlik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmagan. Jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar uchramoqda, ayrim joylarda huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik talab darajasida emas. Qidiruvda yurgan aksariyat shaxslarning qo‘lga olinmayotgani ularga jinoiy qilmishlarini davom ettirishga imkon beradi va bu g‘oyat tashvishli holdir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib, adolatli huquqiy baho berish muhim o‘rin tutadi. Lekin tergov idoralari ixtiyorida qisqa muddatda tezkor qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjud ekaniga qaramay, qo‘shimcha surishtiruv yoki tergov harakatlari talab etilmaydigan materiallar bo‘yicha asossiz ravishda muddatni uzaytirish, cho‘zish, fuqarolarni sarson qilish kabi salbiy amaliyot hamon uchramoqda. Shavkat Mirziyoyev tergov va ayblash bilan cheklanmay, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarni o‘rganish, profilaktika maqsadida har bir jinoyat tafsilotlarini ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirokida chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidladi. Yana bir tashvishli holat: xorijdagi fuqarolarimizning aksariyati ishlash maqsadida yurtimizdan ketgan, lekin ularning ayrimlari turli diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmoqda. Chet elga ish qidirib ketgan fuqarolarni aniqlash va qaytarish, mahalla raislari, ma’naviyat-ma’rifat markazlari, imom- xatiblar, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar bilan hamkorlikda aholi orasida diniy ekstremizmning salbiy oqibatlarini targ‘ib qilish borasidagi ishlar zamon talabi darajasida emas. Davlatimiz rahbari haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilishni taklif etdi. Shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi. Yoshlar va ayollar jinoyatchiligi borasidagi ahvol ham kishini tashvishga solmay qo‘ymaydi. Masalan, 2016-yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari mingdan ziyod jinoyatga qo‘l urgani, umumiy jinoyatlarning oltitasidan bittasini xotin-qizlar sodir etgani afsuslanarlidir. Buning asosiy sabablaridan biri o‘rta maxsus bilim yurtlarida o‘quvchilarning davomati tushib ketgani, bu holni o‘rganish va nazorat qilish bo‘yicha mukammal tizim yaratilmaganidir. Yig‘ilishda militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish, profilaktika inspektorlarining turmush sharoitini yaxshilash, ichki ishlar organlari tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ichki ishlar vazirligining tashkiliy tuzilmalari tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilindi. Mamlakatimizda tadbirkorlar huquqini himoya qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlarining tadbirkorlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi yoki to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga batamom chek qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi. Murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish ichki ishlar idoralarining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois fuqarolar bilan munosabatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish, odamlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalq bilan hamnafas bo‘lib yashash va inson manfaatlaridan kelib chiqib ishlash lozim, dedi davlatimiz rahbari. Yig‘ilishda ichki ishlar vaziri A.Azizov, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining axborotlari eshitildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi, muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlashga va ularning yechimini topishga qaratish, yakuniy natija uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini qisqa muddatlarda hal qilish, ishda aniq tartib va qat’iy intizom o‘rnatish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlar ildizini quritish – ichki ishlar organlarining ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Mutasaddi rahbarlarga fuqarolarning har bir murojaati e’tiborsiz qolmaydigan tizim yaratish, xizmatga munosabatni tubdan o‘zgartirish, jinoyat tafsilotlarini muhokama qilish mexanizmini shakllantirish, ichki ishlar organlarining xalq vakillari oldida hisobot berish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Prezidentimiz ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘in bo‘linmalari, militsiya tayanch punktlari va profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, ichki ishlar bo‘limlari faoliyatini reyting orqali baholash tizimini joriy etish, yoshlar sodir etayotgan jinoyatlarni chuqur tahlil qilib, ularning sababi va
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan olish mumkin
6 kelib chiqishiga zamin yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, barcha ta’lim muassasalariga profilaktika inspektorlarini biriktirib, ular kundalik ish faoliyatini ta’lim muassasalaridan boshlashni amaliyotga tatbiq etish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari malakasini oshirish bo‘yicha tizim yaratish kerakligiga alohida e’tibor qaratdi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda maxsus kurslar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Majlisda ichki ishlar organlarining har bir xodimi bildirilgan fikrlardan tegishli xulosa chiqarib, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, har bir oila, har bir inson, mahalla xavfsizligini ta’minlashdek murakkab, ayni vaqtda sharafli vazifani bajarish uchun bor bilim va salohiyati, kuch-g‘ayratini safarbar etishi lozimligi ta’kidlandi.
Download 185.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling