B. O. Bekn azarov


Download 4.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/55
Sana03.09.2017
Hajmi4.41 Mb.
#14900
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55

Maxalliy  o‘g‘it!ar. 

Bunga  go‘ng  kiradi.  Uning  tarkibida  azot, 

fosfor,  kaliy,  kalsiy,  oitingugurt,  magniy  va  boshqa  elementiar  boMadi. 

U  tuproq  g‘ovakligini  oshiradi,  suv  o ‘tkazuvchanligini  yaxshilaydi  va



165

namni  uzoq  saqlanishiga  olib  keladi.  Shuning  bilan  birgalikda  go  ng 

mineral  o ‘g ‘itlaming  samaradorligini  oshiradi.  U  kuzgi 

shudgorlash 

oldidan  1  ga  yerga  o‘rtacha  20-25  tonna  miqdorida  solinadi.  Parranda 

axlati,  ipak  qurti  chiqindisi  va  g ‘umbagi  eng  kuchli  o‘g ‘itdir.  Mahalliy 

o‘g‘itlami  g ‘o‘zaga  mineral  o ‘g ‘itlar  bilan  aralashtirib  berish  yoki  suv 

bilan aralashtirilib «sharbat»  qilib oqizish tavsiya qilinadi.

Ko‘kat  o‘g‘itlar.  Ular  ham  yeming  unumdorligini  oshirishda  muhim 

ahamiyatga  ega.  Ko‘kat  o‘g‘it  sifatida  ko‘k  no‘xot,  no‘xot,  qizil  sebarga 

kabi  dukkakli  o‘simliklar,  kuzgi javdar,  raps,  gorchitsa,  kabilar  ekiladi  va 

mart-aprel  oylarida  yerga  qo‘shib  haydab  tashlanib  keyin  chigit  ekiladi. 

Ushbu usul g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi.

0 ‘simliklarning mineral  oziqlantirish

0 ‘simliklaming  mineral  oziqlanishida  o‘g‘itlami  berish  muddatlari 

alohida o ‘rin  tutadi.  Qishloq  xo‘jaligida o ‘g ‘itlami  ekishdan oldin,  ekish 

bilan birga va ekishdan keyin  berish usullari qoMlaniladi.

Odatda 

ekishgacha  o ‘g‘itlaming  2/3-3/4  qismi  beriladi.  Bu  hoi 



o ‘simlikni  butun  vegetasiyasi  davomida  oziq  elementlari  bilan  tanla- 

nishiga  olib  keladi.  Chunki  bu  holda  tuproq  mahsuldorligi  va  biologik 

faolligi ortadi  hamda fizik va  fizik-kimyoviy xossalari yaxshilanadi.

Bizning  respublikamizda  o ‘g‘itlarni  ekishdan  oldin,  ya'ni  kuzgi  va 

bahorgi  shudgorlashdan  oldin  beriladi.  Shudgorlash  bilan  birgalikda 

ohak,  azotli,  fosforli  va kalsiyli  o ‘g‘itlar beriladi.  0 ‘g‘itlarni  ekish bilan 

birga  berilganda  yosh  o ‘simliklarning  mineral  oziqlanishi  birmuncha 

yaxshilanadi.  Bunday  o ‘g ‘itlashda  odatda  yaxshi  eriydigan  va  yengil 

o‘zlashtiriladigan  o‘g‘itlar  qoMlaniladi.  Masalan,  urug‘  unganidan 

keyingi  ikki  hafta  mobaynida  maysalar fosforga nisbatan  o ‘ta talabchan 

boMadi.  Shuning 

uchun  ekish  bilan  birga  5-20  kg/ga  miqdorda 

superfosfat yoki  ammofos solinadi.

0 ‘gMtlami ekishdan so‘ng berish o‘simliklar mineral oziqlanishini uning 

vegetatsiyasining  nisbatan  muhim  fazalarida  o‘sish  va  rivojlanishini 

yaxshilash  uchun  qoMlaniladi.  Masalan,  g‘o‘za  uchun  azotli  o‘gMtlar  besh 

xil  muddatda  beriladi,  ya'ni  ekishdan  oldin,  Ъ-А  haqiqiy  barglar  fazasida, 

shonalash,  gullashdan oldin va ommaviy gullash fazasida.  Azotli  o‘g‘itlami 

ommaviy  gullashdan  so‘ng  berish  g‘o‘zani  g‘ovlab  ketishiga  va  hosilning 

pishishini kechikishiga sabab boMadi.

Qishloq  xo‘jaligida  o‘simliklami  ildizdan 

tashqari-barglar  orqali 

oziqlantirish  ham  keng  qoMlaniladi.  Masalan,  kuzgi  bug‘doylar  sutli

166


urug‘  fazasida  azot  (mochevina)  bilan  oziqlantirilsa  donlar  tarkibidagi 

oqsil  miqdori  0,5-1,0%  ortadi.  Qand  lavlagi  barglariga  fosforli-kaliyli 

o‘gMtlami 

sepish 


qandlaming 

barglardan 

ildizlarga 

harakatini 

jadallashtiradi  va  buning  natijasida  ildizmevadagi  qand  miqdori  1- 2% 

va hosildorligi  ortadi.

Qishloq  xo‘jaligi  o ‘simliklarini  doimiy  ravishda  mineral  oziq  bilan 

ta’minlash  uchun  fosforli  va  kaliyli  o‘g‘itlarning  2-3  yillik  miqdorini 

birdaniga  shudgorlashdan  oldin  solish  mumkin.  Masalan,  fosforit  unini 

birdaniga  1,5-3 t/ga miqdorida berish tavsiya qilinadi.

Mineral  o ‘g‘itlami  berish  usullari  ob-havo  va  tuproq  sharoitlari, 

tuproqning hosildorligi va ekinning agrotexnikasi bilan bog‘liq.

Shuni  alohida  ta’kidlab  o ‘tish  lozimki,  ekinlami  faqat 

ilmiy 


asoslangan  holda  o‘g‘itlashgina  o‘simliklardan  ulaming  biologik 

normasi  darajasi miqdorida hosil olishga yordam beradi.

0 ‘simliklami  ulaming  talabidan 

ortiqcha  miqdorda  o ‘g‘itlash 

nafaqat  hosildorlikning  oshmasligiga  balkim  hosilning  sifatiga  ham 

salbiy  ta'sir  qiladi.  Masalan,  o‘g‘itIaming  yuqori  miqdori  urug‘laming 

boshlangMch  o‘sish  jarayonlarini  sekinlashtiradi  va  ildizning  hosil 

boiishini 

kechiktiradi. 

Karam 


o ‘simligini 

ortiqcha  azot 

bilan 

oziqlantirish  uning  barglarida  qand  miqdorining  pasayib  ketishiga  olib 



kelishiga hamda saqlanish muddatlari va sifatiga salbiy ta'sir qiladi.

Sabzavotlar tarkibida  nitratlaming  eng  ko‘p  miqdori  suvli  og‘irlikga 

nisbatan  quyidagicha boMishi  mumkin:  kartoshkada  86  mg/kg,  karamda, 

bodrvng  va  pomidorda  150  mg/kg.  Shuni  aytib  o‘tish  zarurki 

insonlarning  oziq-ovqat  ratsionida  nitratlaming  bir  kunlik  miqdori  405 

mg  dan  oshmasligi  zarur.  Ayrim  hollarda  qishloq  xo‘jaligi  sabzavot 

ekinlarini,  xususan,  tarvuz  va  qovunlarni  azotli  oziqlantirishda 

o‘simliklarga  gullashdan  so‘ng  ham  nitratlar  beriladi.  Bu  esa  ularning 

bevosita  poliz  ekinlari  mevasida  ko‘plab  to‘planishiga  olib  keladi  va 

insonlar salomatligiga salbiy ta'sir qiladi.

Ekinjami  oziqlantirish  uchun  zarur  boMgan  mineral  o‘gMtlaming 

miqdori  har  yili  ulami  o‘simlikIar  bilan  olib  chiqib  ketilganini  va 

tuproqdagi  miqdorini  olgan  holda  matematik  uslublar  va  EHM 

yordamida hisoblab boriladi.



NAZORAT SAVOLLARI

1.  0 ‘simliklarda azot almashinuvi.

2.  Nitratlami qaytarilishi? Amidlami  hosil boMishi.

167


3.  0 ‘simliklarda fosfor almashinuvi.

4.  0 ‘simliklarda kaliy almashinuvi.

5.  0 ‘simliklardagi oltingugurtni almashinuvi.

6.  Mikroelementlar va ulaming fiziologik o ‘mi.

7.  Birlamchi aminokislotalami  hosil bo‘lish yo‘llari.

8.  Suvni va oziqa moddalami  o‘simliklarda passiv kirishi.

9.  Vegetasion,  suv kulturasi, aeroponika va steril kulturalar.

10.  Izolirlangan to‘qimalar va organlarga tarif bering.

11.  0 ‘simliklar hayotida fosfor etishmovshiligining oqibatlari.

12.  Reutilizasiya nima?

13.  0 ‘simliklar hayotida mikroelementlaming o ‘mi.

14.  Ildizlarga moddalar yutilishining asosiy qonuniyatlari.

15.  Ildizlaming  erkin  bo‘shligiga  va  protoplastlarga  ionlarning 

kirish mehanizmlari.

16.  Moddalaming  yutilishida  birlamchi  pustloq,  ildiz  tukchalari 

va o‘tkazuvchi to‘qimalaming o ‘rni.

17.  Nima  uchun  moddalaming  ildiz  tukchalari  orqali  yutilishi 

nisbatan tez boradi?

18.  Nima  uchun  barglardan  moddalaming  chiqishi  ildizlaming 

tuzlar yutuvchanligiga ta’sir qiladi?

19.  Moddalaming yutilishiga tuproq hossalarining ta’siri.

20.  Ionlarning o ‘zaro ta’siri va ionlar antogonizmi.

21.  Ildizlarga 

moddalar 

yutilishiga 

yoruglik, 

harorat 

va 


tuproqdagi  suv miqdorining ta’siri.

22.  Birlamchi assimilyasiya qanday jarayon?

23.  Ammoniy  ionlarining assimilyasiyasi qanday sodir bo‘ladi?

24.  0 ‘simliklar  hujayralarida  boshqa  aminokislotalar  qaysi 

jarayonlarda hosil bo‘ladi?

25.  Amidlanish jarayoni,  uning fiziologik ahamiyati.

26.  Oqsillar biosintezi o‘simliklardagi qaysi jarayonlar bilan bog'liq?

27.  Bosqichlari  va  oxirgi  mahsulotlari  hamda  ushbu  jarayonga 

ta’sir qiluvchi omillar.

28.  0 ‘simlik  hujayralarida  erkin  ammiakni  tuplanishini  oldini 

oluvchi mexanizmlar.

29.  Piyanishnikov sikli nima?

30.  Mineral  oziqlanish  elementlarining  aylanma  harakatining 

ahamiyati.



168

VI.  FOTOSINTEZ FIZIOLOGIYASI

M a’lumki,  tirik  tabiatda  uchraydigan  biologik  jarayonlar  ichida 

fotosintez  o ‘zining  ko‘lami  va  mohiyati  bilan  asosiy  o ‘rinni  egallaydi. 

Muhit  moddalaridan  biologik  moddalami  hosil  qilish  jarayonlarini 

birgalikda  assimilatsiya  nomi  bilan  birlashtirish  mumkin.  Assimilatsion 

jarayonlar natijasida tirik  materiyaning  asosiy  komponentlari  tuziladi  va 

ulaming  ko‘pchiligi  uglerodli  birikmalardir.  Organik  moddalarning 

biologik 

sintezi 

assimilatsiyaning 

eng 

muhim  jarayoni-uglerod 



assimilatsiyasi  deb  ataladi.  Fotosintezda  hosil  boMuvchi  organik 

moddalar  o‘z  ishiga  quyosh  energiyasi  hisobiga  o‘simlik  tomonidan 

yig‘ilgan  energiyani  va  o‘zlashtirilgan  moddalami  oladi.  Fotosintez 

jarayonida  hosil  bo‘lgan  energiya  biosferadagi  tiriklik  manbayining 

asosi  hisoblanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda  yashil  o‘simliklar  yerdagi 

hayotning manbasi  bo‘lib xizmat qiladi.

Fotosintez  jarayoni  tufayli  planetamizdagi  energiyaning  eng  ko‘p 

miqdori  zaxiralanadi.  Yashil  o ‘simliklar  yil  davomida  fotosintez 

natijasida  100  mid  tonnadan  ortiq  organik  massani  hosil  qiladi. 

Fotosintez  jarayonida  yer  sharimizga  yetib  kelayotgan  quyosh 

energiyasining 

45T 013  megakaloriya 

qismi 

fotosintezning 



turli 

koi'inishdagi  mahsulotlari  sifatida  jamlanadi.  Ushbu  jarayonda  yashil 

o ‘simliklar tomonidan  130 mid t.  C 0 2 va  130  mid t. suv qayta  ishlanadi. 

Bundan  tashqari  fotosintezlovchi  hujayralar  ushbu  jarayon  tufayli 

o ‘zlarining  har  xil  moddalarga  bo‘lgan  talabini  qondiradi.  Dastlab, 

fotosintezlovchi  hujayralarda  uglevodlar  sintezlanganligi  tufayli  ular 

o ‘zlarining  shu  moddaga  boMgan  ehtiyojini  qondiradi.  So‘ngra  ushbu 

birikmalardan  boshqa  organik  moddalar,  masalan,  oqsillar  va  y o g iar 

sintezlanadi.

Fotosintez  jarayonida  hosil  bo‘luvchi  birlamchi  uglevod  bu 

fruktozofosfatdir.  Keyinchalik  fruktozofosfatdan  boshqa  biopolimerlar 

va monomerlar,  masalan,  kraxmal,  selluloza,  kletchatka,  oligosaxaridlar, 

disaxaridlar  va  monosaxaridalar  hosil  boMadi.  Ammo  uglevodlarning 

o‘simlik  to‘qimalari  bo‘ylab  asosiy  tashiluvchi  formasi  saxarozadir.  U 

plazmaning  toMsimon  naychalari  bo‘ylab  tashilib  o‘simlikning  boshqa 

hujayralari  tomonidan  metabolik  jarayonlarda  ishlatilishi  yoki  zaxira 

holida to‘planishi mumkin.

Uglevodlarning  zaxira  formalari  faqatgina  kraxmal  holatidagina 

boMib qolmasdan,  balki  disaxarid-saxaroza (shakarqamish,  qand  lavlagi) 

yoki  monosaxarid-glukoza (uzum)  ko‘rinishlarida  ham boMishi  mumkin.



169

Bizning  planetamizda  sodir  bo‘ladigan  biologik  jarayonlar  ichida 

fotosintez  asosiy  o ‘rinni  egallaydi.  Yorug‘lik  energiyasi  ishtirokida 

anorganik  moddalardan,  ya’ni  suv  va  karbonat  angidriddan  organik 

modda hosil  bo‘lib, atmosferaga kislorod ajralib chiqadi.

Fotosintez jarayonida  suvning  fotolizi  natijasida  atmosfera  havosiga 

ajralib  chiqadigan  0 2  tiriklik olamining  nafas  olishi  uchun zarur bo‘lgan 

yagona  kislorod  manbayidir.  Hozirda  atmosfera  havosining  1/5  qismini 

tashkil  qilgan  kislorod  ham  avtotrof  o‘simliklaming  o ksishi  va 

rivojlanishi  evolutsiyasi  mobaynida  hosil  boMgan  boMishi  mumkin. 

Chunki  hozirda  mavjud  boMgan o ‘simliklar dunyosi,  atmosfera havosida 

deyarli  kislorod  boMmagan  sharoitda  paydo  boMgan  boMishi  mumkin 

(Vl.l-rasm ).



2H 20

4(O H )

2 H , 0 — .... *  

4HjO 

4 e ’ 

jT

Q orong'ulik 

 

2 N A D -H 2 

reaksiyasiga

_  

w  

4  



Q orong’ulik

4 H + 

reaksiyasidan

V l.l-rasm .  Suv  fotolizi  borishining umumiy sxemasi

Yashil  o ‘simliklar va suv o ‘tlari  uchun  fotosintez jarayonini  quyidagi 

umumiy tenglama orqali  ifodalash mumkin.

yorugMik

6C02+  12H20   —> 

С6Н120 б + 6 0 2+6Н20  

xlorofill

Ushbu  tenglik, 

asosan, 


fotosintezning 

ikkita  alohida-alohida 

qismlaridan  iboratdir.

yorugMik


12H20   —> 

12(H2) + 6 0 2 

(1)

xloroplastlar



Bu energiyaning o ‘zgarishi yorugMik reaksiyasidir. 

yorugMik


6C02 +  12(H2) —>  C6H120 6 + 6H20   (2) 

xloroplastlar



Bu moddalaming o ‘zgarishi qorong‘ulik reaksiyasidir.

Biofizik  nuqtayi  nazaridan  fotosintez,  energiyalami  konversiyasidan 

iborat,  bunda  pigment  yutgan  energiyasini  elektronga  va  asta-sekin 

kimyoviy  bog‘larni hosil qilishga sarflaydi.

Fotosintezning 

yorug4 lik 

reaksiyalari 

barg 


xloroplastlarining 

tilakoidlari  membranalarida  ro‘y  bersa,  qorong‘ulik  reaksiyalari 

xloroplastlaming stroma qismida ro‘y  beradi.

MaMumki,  fotosintez  yashil  o‘simliklaming  bargida  sodir  bo‘ladi. 

Bargning 

hujayraviy 

tuzilishi 

fotosintezga, 

nafas 

olishga 


va 

transpiratsiyaga  moslashgan.  Uning  ustki  va  ostki  tomoni  po‘st  bilan 

qoplangan.  Qoplovchi  to‘qima  epidermis  bir  qator  zich  hujayralardan 

tuzilgan  va  ular  yorug‘likni  yaxshi  o‘tkazadi.  Po‘stni  o‘rtalarida  barg 

og‘izchalari  joylashgan  va  ular  ko‘proq  barg  plastinkasining  ostida 

boMadi.  OgMzchalar orqali  gazlar almashinuvi  sodir  boMadi.  Ustki  po‘st 

ostida  tayoqchasimon,  zich  joylashgan  hosil  qiluvchi  hujayralar 

(mezofil)  joylashadi.  Ularda  xloroplastlar  ko‘p.  Bulami  tagida  esa 

dumaloq  formadagi  hujayralar  tarqoq  holda  joylashib  bo‘shliqlar  hosil 

qiladi,  bu bo‘shliq gazlar va suv almashinuvida ishtirok etadi.



Xloroplastlar.  Xloroplastlar  barglarda  va  yashil  novdalarda 

uchraydi,  ularda  fotosintetik  sistema  joylashgan  boMadi.  Har  bir 

hujayrada  20-50  va  undan  ko‘p  xloroplastlar  uchraydi.  Xloroplastlar 

tarkibining  75%  suvdir.  Quruq  ogMrligiga  nisbatan  40-45%-oqsillar, 

20—30%—lipidlar,  nuklein  kislotalar va  mineral  elementlar uchraydi.  Ular 

oqsil  sintez  qiluvchi  tuzilma  ribosomalar  mavjudligi  bilan  ajralib  turadi. 

Fotosintezda  ishtirok  etuvchi  hujayralar  pigmentlar  va  fermentlar 

sistemasiga  ega.  Boshqa  plastidalar  kabi  xloroplastlar  ham  tashqi  va 

ichki  membranalar  bilan  o‘ralgandir.  Xloroplastning  ichki  gomogen 

muhiti 


stroma 

deyiladi. 

Xloroplastlaming 

ichki 


membranasi 

tilakoidlami  hosil  qiladi.  Agar  tilakoidlar  bir  necha  qavat  boMib 

joylashgan  boMsa  ular  gran  tilakoidlari  deyiladi.  Ular  lamellar  va 

plastinkasimon 

tuzilishga 

ega. 


Lamellalarning 

yuzasida 

mayda 

globutelar boMadi  va ulami  kvantosomlar deyiladi.  Xloroplastlar uch  xil 



yoM  bilan  hosil  boMadi,  ya’ni  oddiy  ikkiga  boMinish,  kurtaklanish  va 

hujayra yadrosi  orqali  ko‘payish.

Hujayra  yadrosi  orqali  ko‘payishda  yadroning  sirtida  bo‘rtmacha 

hosil  boMadi.  So‘ngra  u  kattalashadi  va  membranadan  ajraladi  hamda 

sitoplazmada  shakllanadi.  Bunda  yorugMik  muhim  ahamiyatga  ega, 

chunki  qorong‘ulikda  xloroplastni  stromasi  va  hajmi  shakllansa, 

yorugMikda barcha ichki tuzilmalari va pigmentlari hosil  boMadi.

171


Shuni  ayib  o‘tish  lozimki,  barcha  o ‘simliklaming  xloroplastlari  bir 

xildagi  vazifani  bajarsada,  lekin  ulaming tuzilishi bir xilda emas.



Pigmentlar.  Xloroplastlar  tarkibida,  asosan,  uch  xil  pigmentlar 

uchraydi:  1) xlorofillar;  2) karotinoidlar;  3) fikobilinlar.



Xlorofillar  1817-yili  fransuz  kimyogarlari  Pelte  va  Kavantu 

tomonidan  yashil  bargdan  erkin  pigment  holida  ajratib  olingan 

(V.2-rasm).  Nemis  olimi  Vilshtetter  xlorofillaming  xlorofill  «а»  -  

C55H7205H4Mg;  xlorofill  «Ь»  -   C55H70O6H4Mg  kimyoviy  tarkibini 

o ‘rgangan:

Xlorofill  «а»  to‘q  yashil  rangda  bo‘lsa  xlorofill  «Ь»  sariq  yashil 

rangga  ega.  Yashil  barglarda  xlorofill  «а»  miqdori  xlorofill  «Ь» 

miqdoridan  20—40%  ko‘p. 

Xlorofillar  hujayrada  oqsillar  bilan 

bog‘langan holda boiad i,  shuning  uchun  bargning suvli  ekstratli  kalloid 

eritma  hosil  qiladi.  Atseton  va  spirt  xlorofillni  bargdan  osonlik  bilan 

ajratadi.  Xlorofillni  oqsilli  kompleksi  mustahkam  b o iib ,  turli  noqulay 

sharoitlarda ham buzilmasdan o ‘z vazifasini  bajaradi (VI.2-rasm).

Xlorofill  «а»  fotosintezlovshi  organizmlar  uchun  umumiy  yagona 

pigmentdir.  Yutilgan  energiya  bu  pigment  orqali  bevosita  fotosintetik 

reaksiyalarda ishlatiladi.

Xlorofill  «а»  qizil  spektrdan  660-663  nm,  ko‘kdan  428—430  nm, 

xlorofill  «Ь»  esa qizil  spektrdan  642-644 nm va ko‘k spektrdan 452—455 

nm to iq in   uzunligidagi  nurlami yutadi.  Ular yashil va infraqizil  nurlami 

yutmaydi.  Spektroskopda  xlorofill  yutgan  nurlarining  o ‘mi  qoramtir 

b o iib  ko‘rinadi.

Xlorofillni  optik  xususiyatlaridan  biri-fiourestsentsiyadir,  ya’ni  u 

yutgan  nurini  qaytarish  xususiyatiga  ham  ega.  Aks  etgan  yorugiikda 

xlorofill qizil  rangda ko‘rinadi.

Xlorofill 

yorugiikda 

o ‘sgan 

o‘simliklarda 

hosil 

boiadi, 


qorong‘ulikda 

o‘sgan 


o‘simliklarda 

boim aydi. 

Shuning 

uchun 


qorong‘ulikda  o ‘sgan  maysalaming  rangi  sariq  yoki  rangsiz  b oiad i  va 

ulami  etiollangan o‘simliklar deyiladi.  Etiollangan o ‘simliklar yorugiik- 

ga chiqarilganda yashil  rangga kiradi.

Ayrim  hollarda  yorugiikda  o ‘simliklarning  bargi  ham  sarg‘ayishi 

mumkin.  Buni  xloroz  deyiladi.  Bu  hodisa  tuproqda  magniy  yoki  temir 

moddasining  yetishmasligi  natijasida  hosil  boiadi.  Bunda  xlorofill 

sintez^  keskin pasayadi.  Buni  ko‘p ohakli  tuproqlarda kuzatamiz.

0 ‘  ,imHkka  temir  tuzining  eritmasi  purkalsa,  u  yashil  rangga  o ‘ta 

boshlaydi.  0 ‘simlik  quruq  ogirligining  0,6—1,2%  xlorofillar  miqdoriga 

to‘g‘ri keladi.



172

Karotinlar  organik  erituvchilarda,  ya’ni  xloroform,  benzol  aseton  va 

efirlarda  yaxshi  eriydi.  Ammo  metil  va  etil  spirtlarida deyarli  erimaydi. 

Shuningdek,  ular  kuchli  yorug‘lik,  yuqori  harorat  va  kislotalar  ta’sirida 

engil parchalanadi.

Karotinoidlar quyidagi  vazifalami  bajaradi:

1.  Fotosintez jarayoni  uchun kerakli yorugMik nurini yutadi.

2.  Xlorofillarni  kuchli yorugMikdan himoya qiladi.

3.  Fotosintezda 0 2 ajralib chiqishida qatnashadi.

Karotinoidlar  quyosh  nurlaridan  ko‘k  binafsha  va  ko‘k  (480-530

nm)  nurlami yutib ular energiyasini  xlorofillga («а») uzatadi.



Karotinoidlar. 

0 ‘simliklar  yashil 

barglarida  xlorofill 

bilan 


birgalikda  sariq  va  qizil  rangdagi  pigmentlar  ham  mavjud  boMib,  ular 

karotinoidlar deb  ataladi.  Karotinoidlar sabzi  ildizmevalari  hujayralarida 

ko‘p  boMadi.  Karotinoidlar  miqdori  xlorofillga  nisbatan  uch  marotaba 

kam boMadi,  shunga ko‘ra sezilmaydi.

Karatinoidlar ikki  guruhga boMinadi ya’ni  karotinlar va ksantofillar.

Karotinlar 

( C

4

o H 56) 

bir necha xil  boMadi:  a,  (3, y-karotin va ulardan a 

va  (3-karotin  xloroplastlarda ko‘p  uchraydi.  Kimyoviy  tuzilishi  bo‘yicha 

karotin  8  molekula izopren qoldigMdan  iboratdir.



Ksantofillar  ko‘p  atomli  spirtlar  boMib  vakillari  lyutein 

( C

4

o H

56

0 2), 

violoksantin (C4oH5604) pigmentlaridir.

Karotinning (B) struktura formulasi:

Fikobilinlar.  Suv  o ‘tlaridan  yuqoridagi  pigmentlardan  tashqari 

maxsus  pigmentlar  ham  uchraydi.  Ularga  fikobilinlar  deyiladi.  Ularga 

fikoeritrin  va fikotsianin kiradi.  Fikoeritrin (Сз4Н47Н40 8) qizil  suv o ‘tida 

uchraydi,  rangi  qizil  boMadi.  Fikotsianin 



(С з

4

Н

42

Н

4

0 8) 

ko‘k  yashil  suv 

o ‘tini  pigmenti  boMib,  ko‘k  rangda  boMadi.  Ular  murakkab  oqsillardir, 

tarkibida  to‘rtta  pirol  halqasi  uchraydi  va  ular  qo‘sh  bogMar  bilan 

bogMangan.

Fikoeritrin-498-508  nm,  fikotsianin  esa  585-630  nm  toMqin 

uzunlikda boMgan nurlarni yutadi  va xlorofillga (a) uzatadi.

Bu  pigmentlarning  chuqur  suv  ostida  o‘sadigan  o ‘simliklar  uchun 

ahamiyati kattadir.

Qizil  nurlar  34  metr  chuqurlikda,  sariq  nurlar-180  metr,  yashil 

nurlar-320  metr,  ko‘k  yashil  nurlar  esa  500  metr  chuqurlikda  toMa 

yutiladi.  Umuman  fikobilinlar  yutgan  yorugMik  energiyasining  90% 

xlorofillga (a) uzatiladi.

173


C O O H

I

z* 



.

I  1


C H N H

2



/  

C O O H  

*

Glulamin 



/

kislotasi

cmj


t

с *=o 

I

C H , N H ,



S-aminolcvuIin

kislotasi

Xlorofill a

Porfobi Im ogen

Proloporfirin  IX

C O O H  

C O O C H j  °  

Xlorofill id  a

C O O H

MonovinilprotoxlorofiHid a



Proloxlorofillid-

oksidorcduktaza

N A D P H . yorug'H k

V I.2-rasm .  Xlorofill  sintezining asosiy bosqichlari.

174


1.1.  FOTOSINTEZNING YORUG‘L IK  BO SQICH I

YorugMikdan  kvantlar  va  fotonlar  holida  yutiigan  energiya  xlorofill 

molekulasini  qo‘zg‘algan holatga olib kelishi,  uning elektronining asosiy 

darajadan  singlet  holatga  o ‘tishida  elektron  energiyalarining  sarflashi, 

ATFni  sintezlanishi,  fotokimyoviy  reaksivalardan  suvning  fotolizi, 

natijada  kislorodni  ajralishi,  NADF  qaytarilishining  mexanizmlari  tahlil 

qilinadi.

Avval  aytib  o‘tganimizdek,  fotosintez  asosan  ikkita  fiziologik  va 

biokimyoviy  jarayondan  tashkil  topgan,  ya’ni  yorugiikda  boradigan

[12H20   ------►

  12(H2)+602]  va  qorong‘ulikda  boradigan  reaksiyalar


Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling