Baholash ishi


Mulk qiymatini baholash maqsadlari va xususiyatlari


Download 127.64 Kb.
bet4/16
Sana26.08.2023
Hajmi127.64 Kb.
#1670383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-kurs. hisobot1 (2)

Mulk qiymatini baholash maqsadlari va xususiyatlari

Insoniyatning ongli ravishdagi maqsadli faoliyati paydo bo'lishi tarixiga nazar tashlansa, mulkiy munosabatlar odamlar o'rtasida ularning boyliklarini natural tovar sifatida maqsadli va o'zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi (barter) jarayonidan boshlanganini ko'rish mumkin. Hozirga kelib bozor alohida nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma (industriya) shaklida namoyon bo'luvchi dinamik muhitga ega bo'lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini obyektiv aks etadi va belgilaydi.
Mulk tushunchasi XX asrning 60-70 yillarida huquq nazariyasi bilan uygunlashib, mustaqil nazariyaga - mulkiy huquq nazariyasiga aylandi. Bu nazariya transaktsion xarajatlar nazariyasi, iqtisodiy huquq, ijtimoiy tanlash nazariyasi, iqtisodiy tashkilotlar nazariyasi va shular kabi boshqa nazariyalar bilan birga zamonaviy neoinstitutsionalizmning asoslarini tashkil qilgan. Zero, bunday xossa barcha nazariyalar kabi ne'mat nazariyasiga ham hosdir.
Ko'chmas mulk - bu erga mahkam bog'langan mulk bo'lib, uni o'z maqsadiga nomutanosib zarar etkazmasdan ko'chirish mumkin emas. Turli mamlakatlar qonunchiligining o'ziga xos xususiyatlariga qarab, jahon amaliyotida ushbu tushunchaning turli xil talqinlari mavjud.
Ko’chmas mulkni baholash (8-son MBS)
Ko‘chmas mulkni baholash 1 ― 6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulkni baholash (8-son MBS) ko‘chmas mulkni baholashga doir qo‘shimcha talablarni belgilaydi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi.
Ko‘chmas mulk qiymati ularga bo‘lgan mulkiy (ashyoviy va majburiyat) huquqlar, ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi va mazkur huquqlarga doir cheklashlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Baholash jarayonida 1 va 2-son MBS asosida olinadigan axborot xususiyati va manbasi haqidagi talablarga rioya etish maqsadida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi lozim:

  • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tekshirish uchun zarur ma’lumotlar;

  • o‘tkaziladigan barcha ko‘zdan kechirishlar hajmi;

  • yer uchastkasi maydoni hamda binoning barcha qavatlari maydonlari haqidagi axborot uchun javobgarlik;

  • binoning tavsiflari va uning holatini tasdiqlash uchun javobgarlik;

  • ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar xususiyati, xususiyatlari va mosligiga nisbatan tekshiruvlar hajmi;

  • grunt va poydevorlarning holati haqida axborotning mavjudligi;

  • haqiqatda mavjud va ehtimoliy ekologik xavf-xatarlarni aniqlash uchun javobgarlik;

  • ko‘chmas mulkdan foydalanish bo‘ytcha huquqlar yoki cheklovlar.

Baholanayotgan ko‘chmas mulk obyekti haqidagi axborotni to‘plashda baholovchi yoki uning vakili baholash obyektini baholash sanasiga eng yaqin bo‘lgan davrda ko‘zdan kechiradi, agar baholashga oid vazifada boshqa davr ko‘rsatilgan bo‘lmasa.
Baholash obyekti ko‘zdan kechirilmagan taqdirda baholovchi baholash haqidagi hisobotda baholash obyektini ko‘zdan kechirilmaganligi sabablarini, shuningdek ko‘zdan kechirilmaganligi bilan bog‘liq farazlar va cheklovlarni ko‘rsatadi.
Axborotni to‘plash va tahlil qilish
Boshlang‘ich axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani;

  • yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni;

  • yer uchastkasini berish (ajratish) to‘g‘risidagi hujjatni;

  • binolar va inshootlarga doir kadastr hujjatlarini;

  • baholash obyektiga boshqa shaxslarning huquqlari (baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarga nisbatan cheklashlar) mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni;

  • baholanayotgan yaxshilashlarning hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv tavsiflariga doir axborotni o‘z ichiga olgan hujjatlarni;

  • baholash obyektidan mavjud foydalanishga doir axborotni;

  • ko‘chmas mulk obyektining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarni;

  • baholash obyekti va uning qismlarining rivojlanish rejalari (yangi qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash) haqidagi ma’lumotlarni;

  • yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan obyektlarga nisbatan baholash obyektining so‘nggi hisobot sanasidagi balans (qoldiq va boshlang‘ich) qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;

  • retrospektiv va prognoz moliyaviy axboroti, shu jumladan, obyektdan tijorat maqsadida foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlarini (xarajatlar moddalari bo‘yicha yillik foydalanish xarajatlari, daromadlar manbalari bo‘yicha obyektdan foydalanishdan olingan daromadlar);

  • ko‘chmas mulk tarkibida baxolanadigan qo‘shimcha mulklar (o‘rnatilgan uskunalar, ko‘p yillik daraxtlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari) ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Taqdim etilayotgan boshlang‘ich axborot baholash obyekti mulkdorining imzosi bilan tasdiqlangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab, baholovchi boshlang‘ich axborot ro‘yxatini kengaytirishi yoki baholashni amalga oshirish jarayonida kerakli axborotni talab qilib olishi mumkin.

Download 127.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling