Baholash ishi va investitsiyalar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/69
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#214321
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
55 
 
3 - BOB. “ALL HOME”MCHJ NING BOZOR QIYMATINI 
BAHOLASH
 
 
3.1. “All Home”MCHJ ning bozor qiymatini daromadli yondashuv 
asosida baholash 
 
Baholash  shartnomasi  shartlariga  va  baholash  obyektining  xususiyatlariga 
qarab  to‘la  mulkdorlik  huquqini  yoki  ayrim  mulkiy  huquqlarni  baholash 
belgilanishi mumkin. 
Daromad  yondashuvi  -  Baholash  obyekti  qiymatini  daromadga  oid 
yondashuv  bilan  aniqlash  uchun  baholovchi  baholash  obyektidan  kutilayotgan 
daromadlarni  baholash  sanasida  qiymatning  yagona  miqdoriga  o‗zgartirishga 
asoslangan quyidagi usullardan birini qo‘llaydi: 
1.  Pul  oqimlarini  diskontlash  usuli  -  baholash  obyekti  qiymati  baholash 
sanasida diskontlash miqdorisi bo‘yicha keltirilgan prognoz davridagi va prognoz 
davridan keyingi pul oqimlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi; 
2.  Daromadni  kapitallashtirish  usuli  -  baholash  obyekti  qiymati  ayrim  davr 
mobaynida  olingan  daromad  miqdorini  shu  daromadga  muvofiq  bo‘lgan 
kapitallashtirish miqdorisiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.  
Korxona kapitalining tuzilishiga (xususiy kapital va jalb qilingan kapitalning 
o‘zaro  nisbatiga)  qarab,  baholovchi  xususiy  kapitalga  olingan  pul  oqimidan  yoki 
investitsiyalangan  kapitalga  olingan  pul  oqimidan  foydalanadi.  Bu  pul  oqimlari 
soliq to‘lanishidan oldingi yoki soliq to‘langanidan keyingi holatga ko‘ra, nominal 
yoki real summalarda hisoblanadi. 
Tugaganidan so‘ng:  
- yo korxona daromadining o‘zgarish sur‘atlarini barqarorlashtirish;  
-  yo  korxonani  sotish  yoki  tugatish  mo‘ljallanayotgan  davr  prognoz  davri 
sifatida olinadi. 
Xususiy  kapitalga  olingan  pul  oqimi  uchun  diskontlash  miqdori  quyidagi 
usullardan biri yordamida hisoblanadi: 


 
56 
 
- kapital aktivlarni hisoblash usuli; 
- kumulyativ tuzish usuli; 
- diskontlangan pul oqimini tahlil qilish usuli. 
Investitsiyalangan  kapitalga  olingan  pul  oqimiga  diskontlash  miqdorisini 
hisoblash uchun kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati usuli qo‘llaniladi. 
Baholash  obyektining  joriy  qiymati  prognoz  davri  pul  oqimlarining  joriy 
qiymatlari  va  biznesning  prognoz  davri  tugaganidan  keyingi  joriy  qiymati 
yig‘indisi  sifatida  hisoblanadi.  Baholovchi  quyidagi  yakuniy  tuzatishlarni  kiritadi 
(yoki kiritishdan voz kechish sabablarini asoslaydi): 
- pul oqimini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlar mavjudligiga
- xususiy aylanma kapitalning ortiqchaligi yoki taqchilligiga; 
-  agar  baholash  obyekti  mulkdagi  ulush  bo‘lsa,  nazorat  va  likvidlik 
darajasiga. 
Daromadni kapitallashtirish usulini qo‘llaganda baholovchi: 
- o‘tgan davrdagi va joriy moliyaviy hisobotni tahlil qilish va zarur holda uni 
me‘yorga solishni amalga oshirishi
- kapitallashtiriladigan daromad turi va hajmini tanlashi;  
- kapitallashtirish miqdorini hisoblash; 
- baholash obyektining joriy qiymatini aniqlashi; 
- yakuniy tuzatishlar kiritishi lozim. 
Daromadning quyidagi turlaridan biri kapitallashtiriladigan daromad sifatida 
olinadi: 
- sof daromad; 
- soliqlar to‘langunga qadar bo‘lgan daromad; 
- realizatsiyadan kelgan tushum;  
- sof pul oqimi; 
- dividendlar. 
Daromad nominal yoki real summalarda hisoblanadi. 


 
57 
 
Kapitallashtirilishi lozim bo‘lgan daromad hajmi sifatida baholash sanasidan 
keyingi  yil  uchun  bo‘lg‘usi  daromad  hajmi  olinadi  va  u  quyidagi  usullardan  biri 
bilan hisoblanadi: 
- joriy daromadlar usuli bilan; 
- daromadning oddiy o‘rtacha hajmini hisoblash usuli bilan
- daromadning o‘rtacha o‘lchangan hajmini hisoblash usuli bilan; 
- trend usuli (statistik usul) bilan. 
Kapitallashtirish miqdorisi tanlangan daromad turiga muvofiq bo‘lishi lozim 
va u: 
a)  o‘xshash  obyektlar  bo‘yicha  bitimlar  yoki  takliflar  haqida  ma‘lumotlar 
mavjud bo‘lgan holda bozor ekstraktsiyasi usuli bilan
b) diskontlash miqdorisida daromad o‘zgarishining doimiy sur‘atini hisobga 
olish yo‘li bilan hisoblanadi. 
Baholash 
obyektining 
qiymati 
daromadning 
tanlangan 
hajmini 
kapitallashtirish  miqdorisiga  bo‘lish  yo‘li  bilan  hisoblanadi.  Baholovchi  quyidagi 
yakuniy tuzatishlarni kiritadi (yoki kiritishdan voz kechish sabablarini asoslaydi): 
- daromadni shakllantirishda ishga solinmagan aktivlar mavjudligiga; 
-  agar  baholash  obyekti  mulkdagi  ulush  bo‘lsa,  nazorat  va  likvidlik 
darajasiga. 
Baholash  obyektidan  kutilayotgandaromadni  aniqlashni  quyidagi  1-ilovada 
tahlil qilishimiz mumkin. Baholash obyektidan kutilayotgan daromadni aniqlashda 
bir  qancha  ko‘rsatkichlarga  taqqoslash  analoglari  bilan  solishtirgan  holda 
tuzatishlar  kiritildi.  Asosiy  tuzatish  joylashgan  joyi  bo‘yicha  amalga  oshirildi. 
Baholanayotgan  obyekt  Toshkent  shahrining  5  zonasida  joylashgan  bo‘lsa,  1  chi 
taqqoslash  analogi  4  zonada  joylashganligi  tufayli  5%  tuzatish  kiritildi.  Amalga 
oshirilgan  ko‘chmas  mulk  bozori  tahliliga  ko‘ra,  ishlab  chiqarish  ko‘chmas 
mulklarining 1 oylik o‘rtacha ijara qiymati  67760 so‘mni tashkil qilishi aniqlandi. 
Quyidagi 
2-ilovada 
baholanayotgan  ko‘chmas  mulkning  qiymati 
kapitallashtirish miqdorining ―bozor siqimi‖ usubi orqali aniqlandi.  


 
58 
 
2-ilovada baholanayotgan obyektni joylashgan joyi bo‘yicha 1 m
2
 ning taklif 
bahosi (364 956,0 so‘m), Toshkent shahri uchun o‘rtacha 1 m

 ning 1 yillik ijara 
miqdori (65 333,3 so‘m), hamda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanilgan holda,   
baholash  obyektining  bozor  qiymati  (817  584  848,7  so‘m)  aniqlandi.  ―Bozor 
siqimi‖  uslubi  orqali  aniqlangan  kapitallashtirish  miqdori  17,9%  ni  tashkil 
etdi.Shunday qilib, baholash obyektining daromad yondashuvida aniqlangan bozor 
qiymati 817 584 848 ,7so‘mni tashkil qildi. 
POD usulida prognoz davri ikki qismga bo‘linadi, ya‘ni pul oqimlari beqaror 
bo‘lgan, pul oqimlari mufassal prognoz qilinadigan prognoz davri va pul oqimlari 
barqaror  holatga  keladigan  prognoz  davridan  keyingi  davr.  Prognoz  davri 
muddatining  davomiyligi  sifatida  5  yil  qabul  qilindi.  Hisob-kitoblar  O‘zbekiston 
Respublikasi so‘mida real qiymatlarda aniqlandi.    
Baholash  obyektining  asosiy  faoliyati  xalq  ho‘jaligi  uchun  plastmassadan 
tayyorlanadigan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishdan  iborat.  Baholash  obyektining 
yalpi  daromadi  plastmassa  mahsulotlarini  sotish,  asosiy  faoliyatdan  olinadigan 
boshqa  daromadlar,  hamda  moliyaviy  faoliyatdan  olingan  daromadlar  hisobiga 
shakllanadi.  Baholanayotgan  obyektning  egasi  tomonidan  korxona  daromadlari 
bo‘yicha  mufassal  ma‘lumot  taqdim  qilinmaganligi  bois,  baholash  obyekti  yalpi 
daromadining  prognozi  yiriklashtirilgan  usul  orqali  amalga  oshirildi.  Pul 
oqimlarini prognoz qilish uchun quyidagi ma‘lumotlar inobatga olindi: 
-  mulk  egasi  tomonidan  taqdim  qilingan  biznes-reja  (2015-2016  yillar 
uchun); 
-  baholash  obyekti  moliyaviy  hisobotining  2013-2015  yillar  va  2016  yil  6 
oyi holatigacha retrospektiv tahlili
- baholanayotgan korxona mansub bo‘lgan tarmoqning baholash davrigacha 
6 yillik retrospektiv o‘sish sur‘atlari; 
Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan biznes-rejaga asosan  korxonaning 
kelgusidagi daromadlari, xarajatlari, soliq to‘lovlari quyidagicha prognoz qilingan 
(6-jadvalga qarang). 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling