Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi


Download 0.96 Mb.
bet8/9
Sana24.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1294035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Banklarda naqd pulsiz hisob mustaqil ish

Mavzuga oid nazorat savollari

  1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizomining raqami?

  2. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizomi qachon va kim tomonidan qabul qilingan?

  3. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’lov hujjatlari turlari.

  4. Kartoteka 1 va Kartoteka 2 ning farqi va mohiyati nimada?

  5. Aktseptlanish nima?

  6. To’lov hujjatlari Tijorat banklariga asosan necha nusxada topshiriladi?

  7. Memorial order to’lov hujjatining mohiyati nimada?

  8. Memorial order to’lov turida Kartoteka 1 va Kartoteka 2 qo’llaniladimi?

  9. To’lov talabnomasining turlari va farqi?

  10. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’lov hujjatlarining rekvizitlariga nimalar kiradi ?


Nazorat uchun test savollar
1.Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizomining raqami?
a.3229
b.3336
c.2342
d.2012
2.Aktseptlanish nima?
a. to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi
b. Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlar
c. mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati;
d. farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqt
3. To’lov hujjatlari Tijorat banklariga asosan necha nusxada topshiriladi?
a. 2 nusxada
b. 3 nusxada
c. 1 nusxada
d. nusxalar berilmaydi

4. Soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lovni undirish uchun qaysi to’lov hujjatidan foydalanadi?


a. to’lov talabnoma, inkasso topshiriqnoma
b. memorial order, to’lov talabnoma
c. to’lov topshiriqnoma, to’lov talabnoma
d. berilmaydi
5. To‘lov talabnomasi faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan qanday bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan to‘lov talabnomalari mustasno?
a. chet el valyutadagi hisobvaraq
b. yuridik hisobvaraq
c. jismoniy hisobvaraq
d. rezident shaxslar hisobvarag’i
6. Tizim orqali topshirilgan akseptli to‘lov talabnomalarining olinganligi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan elektron raqamli nima bilan tasdiqlanadi?
a. e-imzo
b. korxona shtampi
c. bank buxgalterning imzosi
d. bank shtampi
7. Memorial order banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, undan qanday hollarda foydalaniladi?
a. bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
b. soliq va yig’imlarni undirishda
c. Kartotekaga qo’yishda
d. to‘lovchining roziligini olishda
8. Mijoz pensiyalar, alimentlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha mablag‘larni o‘tkazishda qanday to’lov hujjatidan foydalanadi?
a. to‘lov topshiriqnomasi
b. to’lov talabnomasi
c. memorial order
d. inkasso topshiriqnomasi
9.Shaxsiy varaqcha nima?
a. tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun imzolar namunalari qo‘yilgan, boshqa yuridik shaxslar uchun imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha;
b. yuridik shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya ma’lumoti
c. elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanish varag’i
d. bankda bunday hujjat mavjud emas
10. To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvarag’ning nomi?
a. 1-son kartoteka
b. 2-son kartoteka
c. akkreditiv
d. akseptli to'lov talabnoma



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling