Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Mutolaa Sog‘lom avlod uchun | 7
Download 376.17 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutolaa Sog‘lom avlod uchun | 7
- Turk tilidan Ma’rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi.
- Nevroz – asab charchashimi
- Nevroz (nevrasteniya) qanday kasallik
- Nevroz belgilari qanday namoyon bo‘la- di
- Bemorni qanday davolashadi
- Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda Sog‘lom avlod uchun | 7
- Insomniya – surunkali uxlay olmaslik Insomniya
- ROBOTLAR OLAMI INKISHOFCHISI Sog‘lom avlod uchun | 7
Mutolaa Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 20 Haqiqiy oshiq deb sen shuni bilki, u dard bilan yashaydi; uning tili ham, dili ham, ko‘zi ham pok bo‘ladi. Ishq uni o‘z “men”idan pok qilib, hatto fano o‘tiga xashak qilgan bo‘ladi. Yuzini sariq qilib, dardini yashiradi; ko‘zini ariq qilib yosh oqizadi. Uning kasalmand, ozg‘in tani qilga o‘x- shaydi; bu qildagi har tuguni uning bo‘g‘inlari- dir. U orqasida ishqning yuz g‘amdan to‘plan- gan yukini orqalagan; har bir tugunda bitta g‘amning oyog‘i boylangan. Dard yukidan uning qaddi xam bo‘lgan, “dard” so‘zidagi “dol” harfi qaddining xuddi o‘zi. Badani os- monning badaniga o‘xshash butun dog‘; har dog‘ uning qora tundagi azobidan nishonadir. Ko‘ksining yorig‘idan chiqib turgan o‘t shom balosiga sahar bo‘lishidan nishon beradi. Ko‘ylagida parcha-parcha dog‘larning o‘rni; bebaxt chakmonining tevarak-atrofi yamoq. Ko‘nglidan boshqa odamning xayolini butun- lay chiqarib yuborgan; ko‘nglini sevgilisining xayollari bilangina to‘ldirgan. Ma’noli gaplar- ga o‘rgangan tili har qanday so‘zni ayta ber- maydi; uning ko‘nglida jononining g‘amidan boshqa g‘am yo‘q. Yor yuzini ko‘rib, ko‘zida hayrat; yor qarashi uning ko‘nglini o‘rtantir- gan. Ko‘nglida yor g‘amini chekib, uning rash- ki tufayli har tomonga ko‘z yoshlari qon bo‘lib sochiladi. U qaysi tomonga nazar solmasin, unga yorining (go‘zal) jamoli jilva qiladi. Hatto o‘zini ham butunlay unutadi; qayoqqa ko‘z tashlamasin, ko‘ziga faqat yori ko‘rinadi. Kimki shunday ishqning qo‘lida mag‘lub bo‘lsa, bundan boshiga nima tushsa ham uni yaxshi deydi. Ishq kimning ko‘nglidan shun- day o‘rin olgan bo‘lsa, uni o‘zligidan ham fo- rig‘ etib, mast qiladi. Bunday kishiga xos yer zohidlar uyi emas; uning ko‘ngli ishq o‘tidan xalos bo‘lmagani ma’qul. Sog‘lom fikrli kishi- lar unikiga yig‘ilib, uni qiynab, malomat qilish- sa, jannatni va’da qilib ovutishsa, ko‘nglini esa ishq o‘tidan sovutishsa, (ishq yo‘lidan) aynib, yana u toat-ibodatga berilsa, shu toat bilan qanoat qilsa; ishq balosidan orttirgan yaralarini tuzatsa, mashaqqat o‘qlaridan pay- do bo‘lgan yaralarni bitirsa; tanasining qushi- ga so‘fiylik xirqasini tuzoq qilib, tasbehining donalari bilan u qushni o‘ziga rom etsa! Xil- vatda o‘tirib-o‘tirib, tomog‘i qurib, biroz havo olish uchun u dam olgani chiqsa. Ko‘chalar, xiyobonlar tomon borib, u namozgoh bilan maydon tomonga ham o‘tsa. Dasht tomonidan to‘p-to‘p otliqlar ko‘rinib, ular hammasi may- donda javlon qilishga otlangan bo‘ladi. O‘sha- larning orasida nogoh husn-u malohat mayi- dan kayf qilgan bir go‘zal ko‘rinib qoladi. May o‘tidan yuzida yuz gul ochilgan, bu gullarning bittasi dastoriga qistirib qo‘yilgan. Husni o‘ti- ning alangasi gulzor bo‘lib, bu gulzorning har tomonida gulnor ochilib yotibdi. Xoli har qanday baloni daf etuvchi; uning o‘tida ko‘z qorachug‘i yonib, hamma yoqqa isiriq bo‘yini tarqatadi. Qoshlari oy yuzining ustidagi xush- bo‘y yangi oy; uning ikkalasi ham aqlni devo- na qiladigan darajada chiroyli! Yanada to‘g‘rirog‘i, bu qoshlar oshiqlarni o‘ldirish uchun o‘zaro maslahatga o‘ltirib, boshini boshiga qo‘shgan. Husnini namoyish qilish uchun u qoshida (jingalak) tugunlar yasagan. O‘ziga zeb berish uchun “nun” har- figa o‘xshatib yasalgan bu tugunning ustidagi nuqta shamraning urug‘iga o‘xshaydi. Sunbul sochlarida tugun ustiga tugun, bu tugunlar tugun emas, halqa ustiga halqalardir. Uning zirak taqqan quloqlari safni yorib o‘tuvchi turk askarlariga o‘xshaydi; go‘yo u o‘limni o‘ylab, ustidan temir sovut kiyib olgan. Chaq- nagan ko‘zi noz bilan har tomonga boqadi; bu bilan zohidlar va taqvodorlar xirmoniga o‘t yoqadi. Bu o‘tning tutuni kipriklar safining orasi- dan o‘tganda, ularning hammasini qoraytirib qo‘yadi. Uning ko‘zlari surma qo‘ymasa ham qop-qora, fusunkor; jahon bu ko‘zlar tufayli surma rangiga kirgan. La’li labida bir qatra ter dumaloq bo‘lib turibdi; u mangulik chashma- sidan tomgan bitta jonga o‘xshaydi. Mo‘ylab tuklarining har bittasini hayot maysasi deyish mumkin: ular xizrlar turgan qorong‘i zulmat- dan o‘sib chiqqan. Kishilarga orzu bo‘lgan g‘abg‘abida qatra-qatra suvlar ko‘rinadi; bu g‘ab-g‘ab chuqurchasiga suv o‘sha chashma- dan sizib tushgan. Har mo‘yi jon tomiridan tortib, kofir zulfi esa imon tomirlarini ham yulib oladigan. Uning gul rang ipak libosdagi qomati guldor kiyimga o‘ralgan sarvga o‘x-
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 21 shaydi. Uning chopqir oti yashinday tez qadam bosadi; sayr qilib yurib, yashinday chaqnaydi. Uning oti yashin bo‘lib, ustiga mingan o‘zi quyosh bo‘lgandan keyin uni ko‘rib el-xalq kuysa, yig‘lasa, ajablanmasa ham bo‘ladi. Gul singari etagini (beliga) qa- yirgandan keyin, to‘nining etagidan uning savsan rangidagi ko‘ylagi ko‘zga tashlanadi. Ro‘molining rasmlari gul ko‘rinishida bo‘lib, savsan va gullar ustidan gul sochayotganga o‘xshaydi. Dastoriga bitta gulni qistirib qo‘ygani sarv va terakka gulni payvand qilganla- rini eslatadi. Bu qanday go‘zal manzara o‘zi, ey ko‘ngul! Bu Xalil o‘zini urgan gulistonmikan, ey ko‘ngul?! Chaqqonligi aqlni kuydiradi; nozik- ligi ruhni titratadi. Maydonda turgan kishining boshiga u to‘polonda shunc- ha balolar yetsa, tufrog‘ bo‘lib ketish- dan o‘zini saqlay olmaydi. Axir, butun zamin-u zamon ham u go‘zalning oti- ning oyog‘i ostida-ku! Uning devsifat oti qayoqqa qadam qo‘ymasin, odamlargina emas, malak- lar ham bezovta. Uning ustidagi chaqqon qotil mahbubi esa odamlarni devonavor o‘ldirishdan tinmaydi. Bu yerda agar Shibliy bo‘lsa ham, zunnun bo‘lsa ham, ular ham parishon hol bir telbaga o‘xshab qolardilar. Din ular- ning motamida oh-voh chekkan bo‘lar- di; aql piri yosh boladek og‘zini ochib qolardi. Har qanday irodali ruh unga boqqanda og‘zidan so‘lakayi oqib turib qolardi. Bu vaqtda aql ketib, xalq ham ibo- datni unutadi. “Taqvo va aql degani o‘zi nima?” – deydi hamma. U go‘zalni ko‘rmagan odamlargina bu o‘tdan omon qoladi, lekin uni ko‘rib, kul bo‘lish ham yomon emas. Nimaiki iflos bo‘lsa, o‘tga tushib toza bo‘ladi, poklar esa bu o‘tda yana ham pokroq bo‘ladi- lar. Bunday kuyishni kim odat qilgan bo‘lsa, u dunyo, bu dunyo saodat unga yordir.
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi. Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard. Ming yil o‘qisam-u, mendan "nimani bilding", deb so‘rasalar, "haddimni bildim" deyman. Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. De- dimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf? Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo murdaning yuragidir. Ey, yor! Biz ishq uzumining shingillari edik-ku! Boshqa shishalarga sharob bo‘libmiz, boshqa xa- yollarda xarob bo‘libmiz. Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir. Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat olganing nimasi?! Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla. Hojat emas, hammasini so‘zla bayon qilmoqqa, bir boqmoq ming so‘zdan yaxshidir anglaganga. O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’- ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha. Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil. Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kul- gani bilan saviyasini namoyon qiladi. Shamdek yosh to‘k, ko‘ngil uying charog‘on bo‘lsin. Biz sevsak gar, yer bo‘lamiz, biz sevsak gar, sel bo‘lamiz. Biz sevsak gar, lol bo‘lamiz, biz sevsak gar, jon bo‘lamiz. Modomiki, hammaning gunohini bekitolmay- san, o‘z ko‘zingni yumib qo‘ya qol. Turk tilidan Ma’rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi. Mavlono Jaloliddin Rumiy hikmatlari
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 22 Nevroz albatta kasallik. Uning belgilari xulq-atvor buzilishlari bilan namoyon bo‘lgan- ligi uchun ham uni yomon xarakterning bir turi deyishadi. “Nevroz” atamasi 1776-yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan taklif qilingan. Biroq nevroz kasalligi juda qadim- dan ma’lum. Bu kasallikni tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ham mukammal o‘rgangan. O‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif be- rilgan: bu kasallikda tana harorati ko‘taril- maydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar bo‘lmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan bo‘ladi. Nevroz – asab charchashimi? Nevroz – asab tizimining funksional kasal- ligi bo‘lib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak, nevroz asab kasalligidir. Nevroz bel- gilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan qat’i nazar, butunlay tuzaladigan kasallik. Bi- roq bu davolash jarayoni bir oy, ba’zida undan ham ko‘p davom etadi. Nevrozning 3 turi farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nev- roz), isteriya va miyadan ketmaydigan fikrlar.
Nevroz asabning ortiqcha zo‘riqishidan ke lib chiqadi. Asabi tor odamlar nevrozga tez cha linishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo‘lish, oila va ishxona- dagi kelishmovchiliklar, qo‘rquv va xavotirda yurish nevrozga sababchi bo‘ladi. Nevrozning oila a’zolarida uchrashi uning rivojlanishida nasliy omillarning ahamiyatini ham ko‘rsatib beradi. Yosh bolalarda nevrozning rivojlani- shiga uni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar sababchi bo‘ladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari ham bundan mustasno emas. Nevroz nafaqat jahldor odamlar, balki o‘ta andishali odamlarda ham rivojlanishi mum- kin. Ayniqsa, andishali odam janjalli voqealar ro‘y berganda hissiyotga izn bermaslikka, o‘zini boshqarib turishga harakat qiladi, bi- rovning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymay deydi. Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, su- runkali va og‘ir kasalliklar ham nevrozga olib keladi.
Nevroz belgilari qanday namoyon bo‘la- di? Nevroz belgilari turli-tuman bo‘lib, ular i chida tez-tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, umu- miy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxo- tirlik, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatining pasayishi kabi simptomlar ko‘p kuzatiladi.
Davolash tibbiy psixolog, neyropsixolog va nevropatologlar tomonidan olib boriladi. Asab buzilishi bilan bog‘liq bu kasallik tibbiy- psixologik muolajalardan so‘ng samarali da- volanadi. Davolash muddati va natijasi ko‘proq uning to‘g‘ri olib borilishiga bog‘liq. Dastavval nevrozga olib keluvchi sabablar aniqlanadi va iloji boricha bartaraf etiladi. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi hollarda nevrozning sababini aniqlash va ularni yo‘qotish ancha mushkul. Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharo- iti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi. Nevrozni davolash uchun juda ko‘p dori-darmonlar mavjud. Biroq ular- ni ko‘p qo‘llash kerak emas. Vrach tomonidan eng zarur dori tanlab olinadi va bemorga tav- siya etiladi. Bemorlarni davolashda ishlatila- digan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga ega bo‘lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bo‘lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past bo‘ladi. Bunday paytlarda nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan NEVROZ – KASALLIKMI YOKI YOMON XARAKTER? Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 23 Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda dorilardan foydalaniladi. Psixosomatik sind- romlarni davolashda ishlatiladigan psixoana- liz usuli nevroz belgilarini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, umumiy mas- saj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbi- ya va sportning o‘ziga maqbul turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta foyda- lidir.
UyqU bUzIlIshlarI Uyqu buzilishlari sabablari va turlari ko‘p bo‘lib, ularning ko‘p uchraydigan 2 xil turi bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz. Bular narko- lepsiya va insomniyadir. Narkolepsiya ko‘p uxlash demakdir Narkolepsiya. Narkolepsiya – kunduz kun- lari bir necha kunlab uyquga ketish bilan na- moyon bo‘ladigan patologik holat. Bunday bemorlar kunduz kuni to‘satdan uyquga keta- di va 2–3 kun va undan ham uzoq muddat uxlab yotaveradi. Sabablari. O‘tkir stress holatlari va ruhiy kasalliklardir. Ba’zida bosh miyaning yallig‘- lanish kasalliklari (ensefalit) va bosh miya ja- rohatlari ushbu kasallik sababchisidir. Belgisi va kechishi. Kunduz kunlari to‘- satdan uyquga ketib bir necha kunlar uxlab yotish, tungi uyqu rejimining buzilishi, alahsi- rashlar, xotira buzilishlari, ba’zida tutqanoq xurujlari, qotib qolishlar, xulq-atvor buzilish- lari.
Davosi. Narkolepsiya bilan kasallangan bemorlarni psixiatrlar davolashlari kerak. Bu- ning uchun ushbu bemorda narkolepsiyami yoki uyqu buzilishining boshqa turimi, uni aniqlash lozim.
lishi bilan na moyon bo‘luvchi surunkali kasal- lik. Insomniya bilan 10 % aholi (ba’zi rivojlan- gan davlatlarda 20 %) aziyat chekadi. Sabablari. O‘tkazilgan o‘t kir stress, dep- ressiya, parkinsonizm, migren, ensefalit (bosh miyaning yallig‘lanishi) va bosh miya jarohat- lari uyqu yo‘qolishining asosiy sabablaridir. Bir-ikki kunga uxlay olmaslik barchamizda kuzatiladigan odatiy holdir. Bunday holatlar, ayniqsa, nevroz bilan kasallanganlarda ko‘p uchraydi. Biroq insomniya uzoq yil lar uyqu yo‘qolishi bilan namoyon bo‘ladigan kasallik bo‘ lib, jiddiy davolanishni talab qiladi. Belgisi va kechishi. Asosiy belgisi bir ne- cha oylar va yillar mobaynida uxlay olmaslik. Boshqa belgilar kuzatilmaydi. Insomniya bi- lan kasallangan odamlar boshqa odamlar kabi ishga ham qatnayveradi, aqliy va jismoniy faolligi ham boshqalarnikidan farq qilmaydi. Ular tunlari yaxshi asarlar yozishadi, ixtirolar qilishadi. Masalan, insomniya bilan kasallan- gan bir advokat zo‘r yuridik qonunlarini tunda o‘ylab topgan va amaliyotga tadbiq qilgan. Agarda insomniya bilan kasallangan bemorda boshqa bir nevrologik buzilishlar aniqlansa, unda bu bemorda jiddiy nevrologik va neyro- psixologik kasalliklar aniqlanishi mumkin. Davosi. Avvalambor kasallik sabablari bartaraf etili shi kerak. Jismoniy mehnat va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish ke- rak. Uxlatuvchi dorilar 10 kun mobaynida ta’sir qilmasa, ularni qabul qilishni to‘xtatish lozim. Nevropatolog yoki neyropsixologga uchrab, ularning maslahatlari bilan ish tuting. zarifboy IBODULLAYEV, Tibbiyot fanlari doktori, professor.
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 24 Ilm-fan ufqlari Ilm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlar- dan tashqarida, oddiy xalq orasida ham keng yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. Chunki jamiyat hayotining ajralmas va eng ustuvor qismi bo‘lgan ilm-fan sohasiga taal- luqli ma’lumotlar ham qiziqarli hamda kun- dalik turmushda as qotadigan ahamiyatga ega. Ayniqsa, ommabop-ma’rifiy, ilmiy asarlar vositasida yosh avlodni ilmiy sohalarga qiziq- tirish, iste’dodli yoshlarni tegishli ilm yo‘na- lishlariga jalb etish borasida ulkan muvaffaqi- yatlarga erishish mumkin. Bunday muddao- ning natijasini hayotda ko‘rish, ilmiy masalalar mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq tilda bayon qilish uchun har davrda iqtidorli yo- zuvchilar maydonga chiqishadi. Ilmiy-omma- bop va fantastik asar ijod qilganlar orasida eng mashhuri va ta’bir joiz bo‘lsa, janr Sheks- piri – atoqli Amerika yozuvchisi, biokimyogar mutaxassis, fan doktori – Ayzek Azimov sa- naladi. Ushbu maqolamizda eng yetuk fantast yozuvchi bo‘lmish Azimov hayoti va ijodi haqida so‘z yuritamiz. XX asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik adabiyotining yorqin namoyondasi, Amerika yozuvchisi Ayzek Azimov 1920-yil 2-yanvar sanasida Rossiyaning Mogilyov guberniyasi (hozirda Smolensk viloyati), Petrovich shahri- da, tegirmonchi oilasida tug‘ilgan. Unga ona tomondan bobosining xotirasi uchun bobosi- ning ismini qo‘yishgan ekan. 1923-yilda Azi- movlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi. U o‘zi haqida hazil aralash “Ota-onam meni chamadonda olib kelishgan”, der edi. Ular Bruklinga joylashib, qandolatchilik do‘koni ochishadi. Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford- Stayvesant maktabiga o‘qishga boradi. 1935- yili 15 yoshli Azimov maktabni tamomlab, Set-Lou kollejiga o‘qishga kiradi. Lekin u o‘qishga kirganidan keyingi bir yil ichida mazkur kollej butunlay yopiladi va u o‘qishni boshqa ta’lim muassasasida – Kolumbiya universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakulte- tida davom ettirishga qaror qiladi. 1939-yilda u mazkur universitet kimyo fakultetining ba- kalavr, 1941-yilda esa magistrlik diplomini qo‘lga kiritgan. Kimyo bo‘yicha ilmiy ishlarini davom ettirish uchun aspiranturaga qabul qi- lingan Ayzek Azimov, 1942-yilda Filadelfiya- dagi harbiy kemasozlik korxonasida kimyogar mutaxassis sifatida ish boshlaydi. 1945-yilda esa uni AQSH armiyasiga harbiy xizmatga chaqirishdi. 1946-yilning iyuligacha armiya safida bo‘lgan Azimov, shu yili xizmatni o‘tab, Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani davom ettiradi. 1948-yilda u aspiranturani muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo dok- tori (PhD) darajasiga erishgan. 1979-yilda Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti profes- sori maqomini egalladi. Ayzek Azimov ijod olamiga juda erta kirib kelgan. Uning ilk asari kichik bir shaharchada yashovchi bolakayning sarguzashtlari haqida bo‘lib, bu vaqtda atigi 11 yoshda bo‘lgan bo‘lajak yozuvchi, kitobni 8-bobgacha yozib, so‘ngra tashlab yuboradi. Lekin undagi voqe- alarni o‘rtog‘iga gapirib berganida, o‘rtog‘i bunga qattiq qiziqib qolib, davomini yozib berishini so‘raydi. Ayzek Azimov keyinchalik o‘sha daqiqa uning uchun o‘zida yozuvchilik iste’dodi borligini anglashga turtki berganligi- ni ko‘p eslagan. Azimovning matbuotda qilgan ilk chiqishi “Amazing Stories” oynomasining 1939-yil yanvar sonida nashr etilgan “Vestaning chan- galida” nomli hikoyasi bo‘lgan edi. Yozuvchi- ga haqiqiy shuhrat keltirgan ijod mahsuli esa “Tun kirishi” nomi ostida 1941-yil e’lon qilin- gan fantastik hikoya, unda oltita yulduzga ega sayyoralar tizimida aylanuvchi va faqat har 2049 yildagina tun og‘ushiga kiradigan sayyo- ra haqida yozilgan edi. Ushbu hikoya okean ortida juda katta shov-shuvga sabab bo‘lib, turli antalogiyalarda 20 marotaba qayta-qayta chop etilgan va ikki bora ekranlashtirilgan. Azimov mazkur hikoyasini o‘zining ijodga kirib kelishidagi “muqaddima” sifatida baho- lagan edi. Umuman olganda, Ayzek Azimovning ilk ishlari ilmiy-fantastika janriga taalluqli bo‘l- gan. Xususan, u o‘zga sayyoralardagi hayot yoki fikrlay oladigan robotlar haqida ko‘plab
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 25 fantastik hikoyalar yozgan edi. Aytilganidek, uning fantastikasi ishonarsiz oldi-qochdi su- jetlardan xoli ekanligi bilan va zamona ilm- fanining real holatiga tayanib bayon qilinishi tufayli ajralib turar edi. 1939-yilda u o‘zining robotlarga bag‘ishlangan ilk hikoyalarini yoza boshlaydi. Chunonchi, “Robbi” (1939), “Yol- g‘onchi” (1941) asarlari bilan amalda robot texnikasi va robotshunoslik sohalariga asos solgan. Uning mazkur asarlardan boshlab shakllantirib borgan fikrlari, robot texnikasi uchun o‘ziga xos qonuniyatlar sifatida yoyila boshlagan. “Yolg‘onchi” hikoyasi odam fikrini o‘qiy oladigan robot haqida bo‘lib, u zamona- viy yolg‘on detektorlari va sun’iy intellekt so- halari paydo bo‘lmasidan ancha avval, ushbu sohalar taraqqiyotidan insoniyat uchun kuti- layotgan naf va zarar haqida ma’lumotlar bergan edi. Ayzek Azimovning o‘z mamlakati chegaralaridan tash qarida, butun dunyoda katta shuhrat qozoni shiga sabab bo‘lgan asari ham aynan robotlar haqida bo‘lgan. “Men- Robot” deb nomlangan ushbu asar, undan avvalgi, boshqa yozuvchilar qalamiga mansub bo‘lgan robotlar haqidagi asarlardan tubdan tafovut qilib, Azimov robotlarni odamzotning yaqin yordamchilari, og‘irini yengil qiluvchi ko‘makchilari sifatida tasvirlaydi va robot texnikasi bilan shug‘ullanuvchilarga ko‘plab amaliy g‘oyalar ulashadi. Azimov asarlaridagi robotlar, aytish mumkinki, ba’zi o‘rinlarda o‘z xo‘jayinlaridan ko‘ra insonparvar va oda- miyroq bo‘lishadi. Barchamiz sevib tomosha qilgan “Ikki yuz yoshli odam” filmi ham Azi- movning shu nomli asari asosida suratga olingan. Ilmiy-fantastika janrida anchayin barakali ijod qilgan Ayzek Azimov 1958-yildan bosh- lab asosiy e’tiborini ilmiy-ommabop yo‘nalish- ga qaratadi. U o‘z professional sohasi bo‘lmish kimyoga oid “Uglerod dunyosi”, “Azot dun- yosi”, “Kimyoning qisqacha rivojlanish tarixi” kabi ilmiy-ommabop asarlarni, shuningdek, astronomiya, dinshunoslik, tarix, geografiya, atamashunoslik, genetika, biologiya va ilm- fanning juda turli-tuman yo‘nalishlariga oid bir necha kitoblarni yozib nashr ettiradi. Ayzek Azimov jami bo‘lib 500 dan ziyod turli nomdagi asarlarning muallifidir. U ilmiy- fantastika va ilmiy-ommabop adabiyotlar vo- sitasida, zamonaviy dunyodagi insonparvarlik va bag‘rikenglik masalalariga urg‘u berib, odamlar, millatlar, xalqlar va mamlakatlar orasida adovatni yo‘qotish, o‘zaro ishonch va do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishga chorlay- di. Yozuvchi shunday degan edi: “Insoniyat tarixi shunday nuqtaga yetib keldiki, bundan buyog‘iga odamlarning o‘zaro adovat qilishlariga mutlaqo haqqi yo‘q. Yer yuzidagi barcha insonlar o‘zaro do‘stona ya shashlari lozim. Men doimo o‘z asarlarimda shunga urg‘u berishga intilaman... Albatta, men barcha odamlarni birbirlarini yaxshi ko‘rishga majburlash mumkin deb o‘ylamay man, lekin men odamlar orasidagi hasad va adovatning butunlay yo‘qolishini istar edim. Va men o‘ta jiddiy asos bilan shunday hisob laymanki, shubhasiz ilmiyfantastika, bu – odamlarning o‘zaro birlashishi yo‘lida yordam beradigan muhim vositalardan biridir. Biz il miyfantastik asarlarda ko‘tarib chiqadigan muammolar aslida butun insoniyatning mu ammolaridir. Shu tarzda, fantastyozuvchi, fantastika mutolaachisi va fantastikaning o‘zi ham insoniyatga xizmat qiladi.” Ayzek Azimov Amerika va jahon ilmiy- fantastik va ilmiy-ommabop adabiyotiga qo‘sh- gan hissasi uchun ko‘plab mukofotlar va sov- rinlar bilan taqdirlangan. Xususan, u 6 bora “Xyugo” mukofotiga, 2 bora “Nebyull” muko- fotiga va 3 bora “Lokus” jurnali mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Uning ko‘plab asarlari asosida mashhur kinofilmlar ishlangan. Yo- zuvchining asarlari jahonning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va millionlab adadda qayta- qayta nashr etilgan. Jumladan, jahonga mash- hur ushbu fantast yozuvchining asarlari orasi- da o‘zbek tiliga tarjima qilinganlari ham bor. Uning “Koinot oqimlari” romani hamda qator hikoyalari o‘zbek fantast yozuvchisi Ozod Mo‘min tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Bundan tashqari, uznet tarmog‘ida Azimov ijodidan yana ko‘plab havaskorlar tarjimalari- ni uchratish mumkin. Ajoyib fantast va ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Ayzek Azimov 1992-yil 6-fevralda Nyu-Yorkda vafot etgan. Uning sharafiga 1981-yilda kashf etilgan kichik sayyora- (asteroid)ga Asimov nomi berilgan.
Muzaffar QOSIMOV. Download 376.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling