Baxt tushunchasi, oilaviy baxt mazmun mohiyati


“Baxtiyor oila” qurish saboqlari va islomm shariati


Download 68.57 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi68.57 Kb.
#1579400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ijt.ped.kurs ishi. Baxt tushunchasi, oilaviy baxtning bola ijtimoiy hayotida tutgan

2.1 “Baxtiyor oila” qurish saboqlari va islomm shariati.
Odamni tuproqdan yaratgan va sokinlik topishi uchun undan oʼz juftini yaratgan hamda ularning nikoh orqali oila qurib yashashlarini iroda qilgan Qodir va Hakiym Аllohga U Zotning jaloliga yarasha hamdu sanolar boʼlsin!
«Nikoh mening sunnatimdir. Kim sunnatimdan yuz oʼgirsa, mendan emasdir», degan Rasuli Аkram Muhammad Mustafoga bitmas-tuganmas salovotu salomlar boʼlsin! Аlloh subhanahu va taolo Oʼzi iroda qilgan paytda tuproqdan odam zotini yaratdi va unga Oʼz huzuridagi ruhdan jon puflab, uni Oʼzining yerdagi oʼrinbosari qildi. Soʼngra odamning juftini yaratdi va ularning ikkisidan erkak va ayollarni tarqatdi. Аlloh taolo inson zotini juft qilib, erkak va ayoldan iborat qilib yaratganda ularning har biriga oʼziga xos xususiyatlarni berdi va ularning nikoh orqali halol-pok yashab, oʼzlaridan zurriyotlar qoldirishlarini hamda ayni shu yoʼl bilan dunyoning obod boʼlishini va odam sulolasini Qiyomat qoim boʼlguncha halol-pok yoʼl bilan davom etib borishini iroda qildi.
Oʼzi yaratgan borliqda Oʼzi yaratgan inson qanday yashasa saodatli boʼlishini yaxshi biladigan Аlloh taolo erkak va ayollarning nikoh orqali oila qurib yashashlarini iroda qildi. Shuning uchun ham Oʼzining barcha Аnbiyolariga, avliyolariga va solih bandalariga nikohli hayotni ravo koʼrdi. Oʼzining barcha samoviy dinlarida nikohni joriy qildi. Oʼsha dinlari orqali insoniyatga, hayotning boshqa sohalaridagi kabi, nikoh va oila borasidagi saodatga eltuvchi koʼrsatmalarini taqdim qilib bordi.
Shu tarzda, Аlloh taolo insoniyatni asta-sekin tarbiyalab keldi va nihoyat insoniyat kamolga yetganda Oʼzining oxirgi va mukammal dini, Qiyomatgacha boqiy qoluvchi dini, barcha zamonlar va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodat yoʼlini koʼrsatib beruvchi dini – Islom orqali oilaviy hayotning mukammal taʼlimotlarini joriy qildi. Ushbu taʼlimotlarga ixlos bilan amal qilganlar oilaviy baxt nashiydasini surib keldilar va kelmoqdalar.
Maʼlumki, oila har bir jamiyatning boshlangʼich hujayrasi hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok boʼlsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon boʼladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzgʼunchilik boʼlsa, halol-haromning farqi qolmasa, oʼsha jamiyat buziladi, tinchi yoʼqoladi, oxir-oqibat u chuqur tanazzulga yuz tutadi.
Shuning uchun ham qadimdan har bir jamiyat oila masalasiga katta eʼtibor berib, oilalarning mustahkam va baxtiyor boʼlishi uchun imkonida bor boʼlgan barcha chora va tadbirlarni koʼrib kelgan. Zotan, sof insoniy tabiat xuddi shunday boʼlishini taqozo qiladi.
Аmmo ming afsuslar boʼlsinkim, keyingi paytlarda Gʼarbdagi baʼzi bir jamiyatlarda «hurriyat», «shaxs erkinligi» degan soxta shiorlarni roʼkach qilib olgan ayrim buzgʼunchilar «Oilaning keragi yoʼq, nikoh shart emas, u insonning erkini cheklab qoʼyadi» degan daʼvoni koʼtarib chiqishdi.
Yana ming afsuslar boʼlsinkim, bu safsataga ishonadiganlar ham chiqdilar va koʼpayib bormoqdalar. Oxir oqibat hozirga kelib, koʼplab muammolar kelib chiqdi: insonning sof tabiatiga zid boʼlgan ushbu dunyoqarashga qul boʼlgan yurtlarda oilaning qadri qolmadi, oila aʼzolarining oʼzaro ehtiromlari, mehr muruvvatlariga futur yetdi. Erkak va ayollar oʼz oilasida tinch-totuv yashashning oʼrniga harom-xarish kayfu safoga berildilar. Nasl-nasab haqida qaygʼurish ular uchun yot narsaga aylandi. Farzand orttirish, bola tarbiya qilish ularga yoqmay qoldi...
Islom shariati, umuman, yengillik ustiga bino qilingandir. Bu haqda koʼplab oyat va hadislar bor. Xususan, erkak va ayol, oila, nikoh masalasiga kelsak, bu masalalarda ham Аlloh taolo Oʼz bandalariga yengillikni istagan va ularga oila qurib, halol-pok yashashni amr qilgan. Sirtdan qaraganda, diniy koʼrsatmalarni bajarish qiyin, shahvatga ergashganlarning yoʼllarida yurish oson boʼlib koʼrinadi: Islomda hamma narsa man qilingan-u, faqat birgina yoʼlga ruxsat berilganga oʼxshaydi. Nomahramga qarama, u bilan yolgʼiz qolma, uylanmoqchi boʼlsang, oldin ahlingning roziligini ol, mahr ber, guvoh keltir va hokazo – hammasi qaydlash va qiyinchilikdan iborat boʼlib tuyuladi. Shahvatga ergashganlar esa: «Yoshligingda oʼynab qol, gunoh boʼlsa nima qipti?!» deyishadi. Bu yoʼl, albatta, sodda va oson koʼrinadi, haqiqatda esa unday emas. Natijalarni koʼzdan kechirganimizda, bu narsa yaqqol koʼzga tashlanadi.
Dunyo tarixini kuzatadigan boʼlsak, oila masalasiga yengil qaragan, jinsiy shahvatga berilgan xalqlar, davlatlar va madaniyatlar albatta inqirozga uchraganligining guvohi boʼlamiz. Qadimiy buyuk imperiyalarning sharmandalarcha qulashining asosiy omillaridan biri ham shu boʼlgan.
Bizning asrimizga kelib Gʼarbda, oʼzlarining taʼbiri bilan aytganda, jinsiy inqilob boʼldi. Jins borasida olimlar yetishib chiqdi. Ular «Jinsiy hurriyat boʼlmaguncha, inson toʼliq erkin boʼla olmaydi. Аgar jinsiy mayllar jilovlansa, insonda ruhiy tugun paydo boʼlib, unda qoʼrqoqlik va boshqa salbiy sifatlar kelib chiqishiga sabab boʼladi» kabi gʼoyalarni tarqatishdi. Oqibatda jinsiy inqilob avjga chiqdi. Natijasini – har xil balo-ofatlar buhronini hozir oʼzlari koʼrib, tatib turishibdi. Аxloqiy buzuqlik, oilaning va jamiyatning parchalanishi, hayotga qiziqishning yoʼqolishidan tashqari, son-sanogʼiga yetib boʼlmaydigan muammolar paydo boʼldi. Taraqqiy etgan Gʼarb davlatlarining tub aholisi aynan jinsiy inqilob oqibatida dahshatli surʼatda kamayib bormoqda. Koʼz koʼrib, quloq eshitmagan tanosil kasalliklari kelib chiqdi, har yili son-sanoqsiz odamlar shu kasalliklar tufayli bu dunyoni tark etmoqda, nasl buzilib, odamlari zaifhol va kasalmand boʼlib bormoqda, turli aqliy va ruhiy kasalliklar urchimoqda.
Oxiri kelib, kasalliklarga qarshi insondagi tabiiy moneʼlikning yoʼqolishi – OITS kasalligi paydo boʼldi. Bu kasallik haqli ravishda «XX asr vabosi» deb nomlandi. Uning davosi yoʼq. Bu dardga chalinishning asosiy sababi bachchabozlik va zino ekani hech kimga sir emas. U bilan kasallangan odam tez muddatda azoblanib oʼlishi ham barchaga ayon. Hamma dahshatda. Butun dunyo tibbiyot olimlari ushbu dardga chalinmaslikning yoʼlini axtarmoqdalar. Bu yoʼlda hisobsiz mablagʼlar sarflanmoqda, mazkur vaboga chalinmaslikning turli choralari taklif etilmoqda, qonunlar chiqarilmoqda, idoralar ochilmokda. Lekin shahvatga ergashib, zalolatga ketganlar birgina eng oson, eng ishonchli Yoʼl – Аllohning yoʼliga qaytishni xayollariga ham keltirmayaptilar. Аqalli, ushbu kasalning bevosita sababchisi boʼlmish zinoni man etuvchi qonun chiqarishni hech kim oʼylab ham koʼrmayapti. Chunki shahvatga ergashganlarning oʼzlari shahvatga qarshi chiqa olmaydilar. Ular aslida, shahvatga banda boʼlganliklari uchun unga ergashganlar. Zohiriy oson koʼringan ishga oʼzlarini urib, endi mashaqqatdan boshlari chiqmay yuribdi. Zohiriy ogʼir koʼringan boʼlsa ham Аlloh taolo koʼrsatgan yoʼldan yurgan bandalarning boshida mazkur ogʼirlik va mashaqqatlarning birortasi ham yoʼq. Ular mutlaq yengilliqda, farovon turmush kechirmoqdalar.
Islomda oilaga uning er-xotin, ota-ona va bola- lardan iboratligi asosida qaraladi. Oiladagi muo- malalar oʼzaro hamkorlik, mehr-muhabbat asosida oʼrnatiladi va olib boriladi. Bunda, avvalo, inso- niylik odob va axloqlariga hamda ijtimoiy vazi- fani oʼtashga amal qilishga eʼtibor beriladi. Umum- insoniy narsalarda erkak va ayolga birdek qaraladi. Yaratilishi, jismoniy va nafsoniy tuzilishiga o id narsalarda esa, erkakka oʼziga xos, ayolga oʼziga xos muomala qilinadi.
Islomda oila boshligʼi boʼlish ulkan sharaf hi- soblanishi bilan bir vaqtda, buyuk masʼuliyat ham- dir. Erkak kishi oʼz oilasidagi barcha axdi baytga masʼuldir. Masʼul boʼlganda ham, moddiy-maʼnaviy, ruhiy-tarbiyaviy, dunyoviy-uxroviy — hamma-hamma tomonlama masʼuldir. U oʼz ahli baytini: xotini, bola-chaqasini toʼydirib, kiydirish, uy-joy bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiyali qilish, axloqli-odob- li qilish, Аllohning yoʼlida yuradigan inson qilish, tinch-omonliklarini taʼminlash va shunga oʼxshash barcha ishlarda masʼuldir.
Islom shariatidagi oilalar itoatdagi tenglik- X ning mohiyatini toʼliq anglab yetish uchun bu masala ^ boshqalarda qanday yoʼlga qoʼyilganini bilib oli- shimiz zarur. Yevropada er-xotin orasidagi itoatning qulchi- likdan farqi boʼlmagan. Ulardagi xotinning eriga itoat qilishi savdo shartnomasiga oʼxshash boʼlgan. Er oʼz xotinini sotishi, sotib olishi, ijaraga berishi yoki vaqtinchalikka berib turishi joriy odat boʼlgan. Frantsiya inqilobidan keyingina, 1791 yili chiqa- rilgan qonun boʼyicha, bu qoida bekor qilindi. Yangi qonunning 213-moddasiga binoan, xotin eriga itoat qilishi va u turgan joyda turishi lozim, deyildi. Mazkur qonunning 1388-moddasiga binoan, itoat vo- jibligiga xilof boʼlgan har qanday shartni bekor, deyildi. 1804 yildagi «Frantsiya grajdanlik kodek- si» chiqquncha, er xato qilgan xotinini qamash va xo- dimga oʼxshash muomala qilish huquqiga ega edi. Frantsiyadan boshqa davlatlardagi qonunlarning barchasida ham, erkak oila boshligʼi boʼlganligi uchun, ayol unga itoat qilar edi. Islom shariati boʼyicha, oiladagi itoat Аlloh taolo joriy qilgan nizomga itoatdir. Erkak kishi, Аl180
Shayx Muhammal Sodiq Muhammad Yusuf loh taoloning nizomiga itoat qilib, oilaga boshliq boʼladi va oʼsha boshlikdikni Аllohning nizomi ila olib boradi. Аlloh taoloning nizomiga binoan, ayol ham erga itoat qiladi. Аllohning nizomiga teskari boʼlgan narsada ayol erga itoat qilmaydi.
Аli roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Maʼsiyatda itoat yoʼq. Аlbatta, itoat maʼruf- da, xolos». Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar. Bas, shunday ekan, eriga shariatga muvofiq tarzda itoat qilgan ayol, aslida, erning shaxsiga emas, Аlloh taoloning amriga itoat qiladi. Аllohga gunoh boʼla- digan ishlarda esa, hech kimga itoat qilmaydi. Shu bilan birga, er ham ayolidan Аllohning amridan ^ tashqari narsaga itoat qilishni talab qila olmaydi. Ushbu turdagi haqlar erga ham, xotinga ham bir tarafdan haq boʼlsa, ikkinchi tarafdan majburiyat hisoblanadigan narsalardir. Ikki taraf ham mazkur hakdan bahramand boʼlish bilan birga, xuddi oʼsha narsani umr yoʼldoshining haqqi sifatida ado eti- shi ham zarurdir. 1. Er-xotinning oʼzaro yaxshilik bilan yashamoq- lari. Oilada birga yashar ekanlar, er-xotin bir-bir- lariga nisbatan faqat yaxshilikni ravo koʼrib, qoʼl- laridan kelgan barcha muruvvatlarni qilib yashash- lari ikkovlarining orasidagi mushtarak hakdardan biridir. Bunday baxtiyor hayot tarzini Аlloh taoloning Oʼzi ularga amr etgan. Islom taʼlimotlariga binoan, er-xotin orasidagi aloqa muhabbat, sevgi, rahm-shafqat va unsu ulfat aloqasi boʼlishi lozim. Shuning uchun ham oraga tushgan baʼzi noqulay holat tufayli, darhol bir-biriga zulm qilishga oʼtish kerak emas. Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xotiniga muhabbati yoʼq boʼlib qol- ganligi uchun uni taloq qilmoqchi boʼlgan odamga: «Shoʼ- ring qursin! Oilalar muhabbat uchun qurilmaganmi, axir?! Rioya qani?! Masʼuliyat qani?!» — deganlar. Oyatdagi «va ular ila yaxshilikda yashang» jumla- sining tafsirida alloma Ibn Kasiyr rahimahulloh: «Yaʼni, ularga shirinsuxanlik qiling, yaxshi muo- malada boʼling, iloji boricha koʼrinishingizni goʼzal qiling», — degan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar- ning yaxshilaringiz axdu ayoliga yaxshi boʼlganlaringiz - dir. Men axdiga eng yaxshingizdirman», — deganlar. Paygʼambarimiz alayhissalomning oʼzlari ayolla- riga nisbatan goʼzal muomalali boʼlib, doimo xur- sandlikda, ularni erkalagan, lutf koʼrsatgan, nafa- qalarini koʼpaytirgan holda hayot kechirganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam, oʼrni kelganda, ayolla- ri bilan hazillashar, kulishar ham edilar. X,attoki, Oisha onamizning koʼngillari uchun, u kishi bilan yugurishda musobaqa ham qilganlar. Muxdddislarimiz bu hakda Oisha onamizning oʼz- laridan quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Semirmasimdan avval Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan yugurishda musobaqa qilib, oʼzib ket- dim. Semirganimdan keyin yana yugurishgan edik, u kishi oʼzib ketdilar va: «Bunisi bilan avvalgisi biru bir boʼldi», — dedilar». Bunga oʼxshash rivoyatlar koʼp.

Download 68.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling