Bibliografiya lat p65


Bosma nashrlarni va bibliografik qo‘llanmalarni


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Bosma nashrlarni va bibliografik qo‘llanmalarni
o‘rganish metodikasi
Òajriba shuni ko‘rsatadiki, matbuot asarini mukammal bil-
masdan turib, kitobxonlar o‘qishiga rahbarlik qilish, yakka va
ommaviy ishlarni olib borish, bunda yordam beradigan biblio-
grafik mahsulotlarni tayyorlash juda qiyin. Bizning kutubxona
xodimlarida matbuot asarini tushunish, bilish, tahlil qilish,
mustaqil baho berish, bibliografik qo‘llanmalardan mustaqil
foydalanish ko‘nikmasi yetarli emas. Shuning uchun, avvalo,
kutubxona xodimining o‘qish doirasini kengaytirish muhim
vazifa hisoblanadi. N. A. Rubakin o‘zi va begonalar o‘qishi uchun
kitob tanlash ham san’atdir, deb ta’kidlagan edi. Demak, har
bir kutubxona xodimi bu san’atni egallagan, adabiyotni yaxshi
biladigan, kitobxon bilan ishlash jarayonida nafaqat bibliografik
qo‘llanmadagi, balki mavjud kitobni, uning ichidagi bobni,
tavsiya eta oladigan darajada bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu
esa kundalik ish jarayonida amalga oshadi. Kutubxonachi qo‘liga


171
kelgan yangi adabiyotni ko‘rib chiqishi, so‘zboshi, mundarijasi,
bibliografik ma’lumotlar, qo‘llanmalar va ma’lumotnomalar, shu
nashr haqidagi taqrizlar yordamida kitob haqidagi bilimini
oshirib borishi zarur. Zamonaviy kutubxona xodimining o‘qish
doirasiga ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, barcha bilim sohalariga oid
ilmiy-ommabop adabiyotlar, kasbiga oid yangi adabiyotlar,
badiiy asarlar kirishi kerak. Muntazam ravishda kundalik vaqtli
matbuot nashrlarini ham ko‘zdan kechirib borishi zarur. Ish
jarayonida kitobxonlar uchun tavsiya qilish mumkin bo‘lgan
asarlarni tanlab boradi, u haqda biror-bir tadbir o‘tkazishga,
tavsiya ro‘yxatlariga kiritishga, ko‘rsatkichlarini tuzishga tay-
yorgarlik ko‘radi. Adabiyotlarni ko‘rib chiqish nashrlarning keng
doirasi bilan tanishish imkonini beradi. Òezlik bilan kitobning
qiymatini aniqlash, uning kitobxonlar qiziqishi va so‘rog‘iga
mosligini belgilab olish muhim ahamiyatga ega, shu maqsadda
nashrning sarvaraqlari, uning orqa tomoni, ularda berilgan
ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. Keyin nashriyot tomonidan
berilgan annotatsiya o‘rganiladi, asar matni tezda ko‘zdan
kechiriladi, qaysi kitobxonlar guruhiga va qay uslubda yozilgani
aniqlanadi.
Ilmiy ma’lumot apparatida kitob haqidagi zarur ma’lumotlar
beriladi. Mundarija faqatgina asar mavzusi haqida ma’lumot beribgina
qolmaydi, balki asar tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi,
zarur boblarni, mavzularni, bo‘limlarni, paragraflarni qaysi
sahifadan topish kerakligini ko‘rsatadi. Yordamchi ko‘rsatkichlar
kitobxonni qiziqtirgan masalani qidirishda yordam beradi. So‘zboshi
kitobxonni asarda yoritilgan masalalar, muammolar bilan ta-
nishtiradi, asarning yaratilish tarixi, manbalari, boshqa asarlardan
farqi, qayta nashr bo‘lsa, avvalgi nashridan farqi, yangiligi
haqida ma’lumot beradi. Kirish qismi esa muallifning hayoti, ijod
yo‘li haqida ma’lumot beradi, mazmunni tushunishga yordam
beradi. So‘nggi so‘z muallif tomonidan yoki muallifni yaqindan
bilgan, uning hayoti va ijodini chuqur o‘rgangan tanqidchi,
mutaxassis tomonidan yoziladi va asar g‘oyasiga yaqin yoki uning
asosiga olingan voqea va hodisalar, asar qahramonlarining
prototiðlari, ularning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beriladi.
Ba’zan nashrlarda izohlar ham beriladi. Ular kitobxonga asar
mazmunining murakkab bo‘lgan qismini to‘la tushunishga yordam
beradi, yana asarning yaratilish tarixi, asar haqida zamon-
doshlarning fikrlari, asarda yoritilgan voqea va hodisalar haqida


172
ma’lumot beriladi. Eslatmalar asarning ayrim joylariga taalluqli
aniqlovchi va to‘ldiruvchi, tuzatuvchi ma’lumotlardan iborat. Ular
ko‘proq nashriyot tomonidan tuzilib, kitob oxirida yoki sahifaning
pastida beriladi. Nashriyot eslatmalari chet el so‘zlarining tarjimasi,
fikrlar, asarda nomi keltirilgan shaxs haqida qisqa ma’lumot,
muallif hayotiga oid qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Asar mazmunini yoritishda unda berilgan illustrativ materiallar
muhim. Ular turli-tuman bo‘lib, asar g‘oyasiga mazmunan mos,
asar g‘oyasini, maqsadini kengroq tushunib olishga yordam
beradi, kitobxonning estetik didini tarbiyalaydi, asar reklamasini
kuchaytiradi, kitobxonni jalb qiladi, iste’molchida qiziqish
uyg‘otadi, asarning qiymatini oshiradi. Kutubxonachi o‘rganib
chiqqan asari haqida alohida daftarda yoki kartochkada mu-
lohazalarini yozib borsa, kelgusi ishida yordam beradi. Kutubxona
xodimi bibliografik qo‘llanmalar bilan muntazam ishlash zarur.
Bu unga shu yo‘nalishda kengroq ma’lumotga, bilimga ega bo‘lishga
yordam beradi, bibliografik qo‘llanmalarni tuzish qoidasi bilan
tanishtiradi va o‘rgatadi, kitobxonga adabiyotni to‘g‘ri tavsiya
qilishga yordam beradi, kutubxonachilik-bibliografik xizmat
ko‘rsatish sifatini oshiradi. Shuning uchun kitobni o‘rganishdan
bibliografik qo‘llanmani o‘rganish ancha farq qiladi. Bibliografik
qo‘llanmani o‘rganish sarvaraq va so‘zboshi bilan tanishuvdan
boshlanadi. Sarvarag‘ida asar nomi, unga taalluqli va to‘ldiruvchi
boshqa ma’lumotlar, tashkilot nomi, uni nashr etuvchi ayrim
shaxs, tuzuvchi yoki jamoa nomi, chiqish ma’lumotlari beriladi.
Ko‘pincha, bibliografik ko‘rsatkich nomi uning mavzusini ochib
beradi, sarlavhasi yoki sarlavhaga taalluqli ma’lumotlar maqsadini
va tiðini yoritib beradi. Ilmiy-yordamchi ko‘rsatkichlarning
sarvarag‘ida unda aks etgan adabiyotlarning xronologik chegarasi
ko‘rsatiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling