Bibliografiya lat p65


Bibliografik kartotekalarni tuzish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik kartotekalarni tuzish
Kartotekalar MBAning tarkibiy qismi bo‘lib, aniq bir tizimga
ega holda tashkil etiladi. Umumiy (universal) bibliografik
kartotekalar maqolalarning sistemali kartotekasi bo‘lib, vaqtli
matbuot nashrlari, davomli nashrlar va to‘plamlardan olingan
materiallarni, hujjatlarni bibliografiyalashning tanlangan qoidasiga
amal qilgan holda aks ettirilgan bibliografik kartotekadir. Bu
kartotekalar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayoti, iqtisodi,
madaniyati va san’ati, kashfiyotlar, ixtirolar, buyuk olimlari va
mashhur kishilari, davlat va jamoat arboblari va kitobxonlarni
qiziqtiruvchi mavzularga oid tashkil etiladi. Ularda badiiy asarlar
haqidagi tanqidiy materiallar va taqrizlar ham bo‘ladi, agar
ularda nishonlanadigan bayramlar, sanalar, unutilmas voqealar
haqidagi materiallar, turli xil tadbirlarni tayyorlash, kinofilmlar
va telepostanovkalar, teatr tomoshalari haqidagi materiallar berib
borilsa, yana ham unumli bo‘ladi.
Kartoteka bir necha yillik davrni o‘z ichiga oladi. Yozuvlar
sistemali va ichki alifbo tartibida beriladi. Kartoteka bilan mun-
tazam va rejali ish olib boriladi.Uni tahrir qilib borish zarur.
Buni bosh bibliograf bajaradi. Yangi bo‘limchalar kiritish,
o‘zgarishlar berish, mavzular nomini o‘zgartirish, nokeraklarini
olib tashlash mumkin. Ammo bu haqda eslatma yoki pasport
yozib boriladi. Bu rubrikator deb ataladi. Ayrim kutubxonalarda


175
umumiy kartoteka vazifasini Bosh axborot kartotekasi bajaradi.
U kitobxonlar asosiy guruhlarining axborotga bo‘lgan talablari
asosida tashkil etiladi. U predmet-mavzuli kartoteka bo‘lib, bo‘limlar
alifbo tartibida joylashtiriladi. Bu kartoteka muntazam tahlil qilib
boriladi va keyingi 10 yil davomidagi materiallar kiritiladi. Avval
rasmiy hujjatlar, to‘plamlardagi materiallar, vaqtli matbuot
nashrlaridan olingan maqolalar teskari xronologik tartibda
joylashtiriladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling