Bibliografiya lat p65


O‘lkashunoslik kartotekalari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

O‘lkashunoslik kartotekalari
Bu mazmunan aniq olingan bir hudud (viloyat, tuman,
shahar va b.)ga oid bo‘lgan materiallarning bibliografik kartote-
kasidir. Unga shu joyning iqtisodi, ekologiyasi, madaniyati,
san’ati, adabiyoti, tarixi, tabiiy boyliklari, milliy qadriyatlari,
adabiy hayoti va boshqa masalalarga oid materiallar kiritiladi.
Buning uchun barcha manbalar o‘rganiladi va hujjatlar yig‘iladi.
Kartoteka tashkil etishning muhim jarayoni uning sxemasini
ishlab chiqishdir (rubrikator). Bunda asosiy bo‘limlar quyi-
dagicha tashkil etilishi mumkin: umuman, o‘lka haqida, o‘lka
tarixi, tabiati, tabiiy boyliklari, iqtisodi, ekologiyasi, sog‘liqni
saqlash, tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti,
madaniy va ilmiy hayoti, maorif va boshqalar. Har bir bo‘lim
umumiydan xususiyga qarab joylashtiriladi. Bibliografik yozuvlar
annotatsiyalar, qisqa sharhlar bilan to‘ldiriladi. Kichik tuman va
shahar kutubxonalarida „O‘lkamiz hayotidan“, „Chirchiqlik
ijodkorlar“, „Bizning qahramonlarimiz“, „Shahrimiz shoirlari“
kabi mavzularda kartoteka tashkil etadilar.
Kartotekalarning boshqa turlari
Yangi kitoblar kartotekasi — kutubxonalar faoliyatiga zamo-
naviy axborot texnologiyasining kirib kelishi bilan elektron
kataloglar tashkil etila boshlandi. Bu yangi adabiyotlar kar-
totekasini tashkil etib borishga chek qo‘ydi. Hali an’anaviy xizmat
ko‘rsatish bilan band kutubxonalarda, elektron katalog tuzish
imkoniyati bo‘lmagan kutubxonalarda bu kartotekani tashkil
etish davom etmoqda. Maqsadi barcha bilim sohasi bo‘yicha
kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqida
ma’lumot berishdan iborat. Uni turli xil ko‘rinishda va joyda
tashkil etish mumkin. Sistemali katalogning bir qismi sifatida
tashkil etilsa, alohida nom bilan ajratiladi. Ma’lum bir vaqtdan


176
so‘ng kartochkalar olib asosiy katalogning tegishli bo‘limiga
joylashtiriladi, o‘rniga yangi adabiyotlar haqidagi kartochkalar
qo‘yib boriladi. Alohida „Yangi kitoblar“ nomi bilan kartoteka
tashkil etish mumkin. Bu alohida katalog qutisiga joylashtiriladi
va kitobxon uchun qulay joyga qo‘yiladi.
Yangi badiiy asarlar kartotekasi ham mustaqil yoki sistemali
katalogning bir qismi sifatida tashkil etiladi. Maqsadi kitobxonlarni
tezkorlik bilan mamlakatimizda, qo‘shni davlatlarda va xorijda
nashr etilayotgan, o‘zbek tiliga tarjima qilingan yangi badiiy
asarlar bilan tanishtirb borish. Kartochkalar xronologik yoki
alifbo tartibida joylashtirilishi mumkin.
Bibliografik qo‘llanmalar kartotekasi, asosan, xizmat
kartotekasi va kutubxona xodimlariga bibliografik xizmat ko‘rsa-
tish jarayonida yordam beradi. Bunda alohida bibliografik
qo‘llanmalar bilan birgalikda jurnal ichi, kitob ichi ro‘yxatlari,
gazetalarda berilayotgan ro‘yxatlar ham yig‘ib boriladi. Qoidaga
ko‘ra undagi kartochkalar 5 yilgacha saqlanadi. Materiallar bilim
sohalari bo‘yicha, ichki xronologik yoki alifbo tartibida
joylashtiriladi.
Notali nashrlar kartotekasi musiqa bo‘limi mavjud yoki
musiqa kutubxonalarida tashkil etiladi. Bunda kutubxona fondida
mavjud notali nashrlarning bibliografik yozuvlari yig‘ib boriladi.
Bu maxsus kartotekalar turiga kiradi.
Òaqrizlar kartotekasida vaqtli matbuot va davomli nashrlarda
adabiy, badiiy va boshqa bilim sohalariga oid asarlarga berilgan
taqrizlar aks etadi. Bu mustaqil yoki sistemali katalogning bir
qismi sifatida tashkil etiladi. Kartochkadagi bibliografik yozuv 2
qismdan iborat bo‘ladi: taqriz berilayotgan asarning tavsifi va
taqriz uchun tavsif. Taqriz berilayotgan asarlar mualliflari alifbo
tartibida joylashtiriladi. Masalan, A. Qodiriyning „O‘tkan kunlar“
romaniga berilgan taqrizlar „Qodiriy A.“ familiyasida joylash-
tiriladi. Shu asar haqida materiallar juda ko‘p bo‘lsa, u alohida
ajratkich orqasida ichki alifbo tartibida joylashtiriladi, ba’zan
xronologik tartib ham qo‘llaniladi.
Shaxs kartotekasi alohida mashhur kishilar, tarixiy shaxslar,
siyosat va jamoat arboblari, olimlar, rassomlar, bastakorlar,
yozuvchi va shoirlar uchun tashkil etiladi. Bu asosiy katalog va
kartotekani takrorlamaydi, balki ularda bo‘lmagan shu shaxsga
oid hujjatlarni topishda yordam beradi. Bunga barcha manbalardagi
shu shaxs hayoti va ijodiga, faoliyatiga oid hujjatlar olinadi.


177

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling