Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

TAYYORLASH VA O‘TKAZISH
Mavzuning maqsadi — talabalarga bibliografik xizmat ko‘rsa-
tish va bibliografik axborot berishning bir shakli — bibliografik
sharhlar, ularning turlari, tayyorlash va o‘tkazish haqida ma’lumot
berish.
Asosiy tushunchalar — sharhlar, press reliz.
Bibliografik obzorlarning maqsadi, ahamiyati,
uni tayyorlash qoidasi
Adabiyotlar haqida axborot berish va ularni targ‘ib qilishning
eng tezkor, ko‘p qo‘llaniladigan usuli og‘zaki bibliografik
sharhlardir. Og‘zaki bibliografik sharh hujjatlar va ularning
turlari, matbuot asarlari haqidagi hikoyadan, bibliografik
axborotdan iborat. Boshqa tadbirlarga ko‘ra og‘zaki bibliografik
sharhlar o‘zining tezkorligi, dolzarbligi, hozirjavobligi, kitob-
xon ongiga tez yetib borishi va ta’sir etishi bilan farq qiladi.
Bibliografik sharhlar maqsadiga va kitobxonlar guruhiga ko‘ra
tavsiyaviy va axborot, mazmuniga ko‘ra universal, tarmoq, mav-
zuli, shaxslarga oid turlarga ajratiladi. Sharhda hikoya qilinayotgan


180
matbuot asarlarining turiga ko‘ra kitoblar sharhi, jurnallar sharhi,
ruknli nashrlar sharhiga bo‘linadi. Yangi adabiyotlar sharhida
kitobxonlar yangi kitoblar, jurnallar va axborot materiallari
bilan tanishishlari mumkin. Har qanday bibliografik sharh yagona
reja asosida tayyorlanadi: mavzuni o‘rganish, adabiyotlarni aniqlash
va tanlash, matbuot asarlarini guruhlashtirish va ta’rif berish,
sharh uchun matn yozish, matnni adabiy tahlil qilish. Mavzuni
o‘rganish unga oid barcha manbalarni o‘rganishdan boshlanadi.
Matbuot asarlarini aniqlashda katalog va kartotekalar, fondning
shu mavzuga taalluqli qismi, bibliografik hujjatlar, kasbga oid
jurnallar va gazetalarda berilayotgan ro‘yxatlar ko‘zdan kechiriladi,
mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tanlab olinadi. Har birining
mazmuni, ahamiyati ko‘rib chiqish jarayonida o‘rganiladi, buning
uchun yozilgan annotatsiyalar, so‘zboshi, kirish so‘zi, so‘nggi
so‘z, asarga berilgan tanqidiy materiallar o‘rganib chiqiladi. Sharh
uchun ajratilgan adabiyotlarning soni mavzuning mohiyatidan,
kitobxonlar guruhining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Agar sharh
tavsiya xarakterida bo‘lsa, 3 tadan 10 tagacha, axborot xarakterida
bo‘lsa, 12 — 15 ta adabiyot olinadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling