Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


Download 1.23 Mb.
bet1/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha


O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi


Biologiya
(Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


darsligi bo'yicha tuzilgan mavzulashtirilgan testlar to'plami


REPETITOR O'QITUVCHILAR VA ABITURIYENTLAR UCHUN
MAXSUS QO'LLANMA
ABITURIYENTLAR UCHUN QULAYLIKLARI
Har bir mavzudan 15 talik murakkablashtirilgan testlar
Testlar DTM testlariga yaqin qilib tuzib chiqilgan
Darslikdagi mavzu oxiridagi topshiriqlar test shakliga keltirilgan
Testlarni hammasini mukammal o'rganish darslikni mukammal takrorlab chiqish.





2020-2021-o'quv yili uchun


1-$ mavzu: Odam va uning salomatligi to'grisida umumiy tushuncha.

1. Kimning asarlaridan 14 asr davomida foydalanib kelingan?


A)Andreas Vezaliy B)Galen C)Sechenov D)Leonardo da Vinchi
2.Tibbiyot fanlari rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar va ular xizmatlarini juftlab yozing: a-Gippokrat,b-Aristotel,D-Galen,e-Vezaliy,f-Leonardo da Vinchi,g-I.M.Sechenov,h-I.I.Mechnikov,i-I.P.Pavlov; 1-oliy nerv faoliyati va shartli reflekslarni kashf etdi, 2-odam organizmi tuzilishini rasmlar orqali aniq tasvirlab bergan,3-odam mijozining to'rt xil tipini tasvirlab bergan,4-immunitetning fagotsitar nazariyasini yaratgan,5-fanga aorta tushunchasini kiritgan,6-hayvonlar ustida tajriba olib borgan,7-bosh miya reflekslarini kashf etgan,8-odam tuzilishini yorib ko'rib o'rgangan.
A)a-3,b-5,d-6,e-8,f-2,g-7,h-4,i-1 B) a-5,b-3,d-6,e-8,f-2,g-7,h-4,i-1
C) a-3,b-5,d-1,e-8,f-2,g-7,h-4,i-6 D) a-3,b-5,d-6,e-8,f-7,g-2,h-4,i-1
3.Odam va uning salomatligi fanlari va ular o'rganadigan sohalarni juftlab ko'rsating: a-anatomiya,b-fiziologiya, d-gigiyena; 1-organizmning hayotiy funksiyasi,2-odam sog'lig'iga mehnat sharoitining ta'siri,3-odam organizmining tuzilishi.
A)a-2,b-1,d-3 B) a-1,b-2,d-3 C) a-2,b-3,d-1 D) a-3,b-1,d-2
4. Quyidagi fikrlardan qaysilari noto'g'ri: 1-XIX asr oxirida Yer yuzi aholisining o'rtacha yoshi 32 yilga teng bo'lgan; 2-ikkinchi jahon urushi boshlanishi oldidan O'zbekiston aholisi 6,5 mlnni tashkil etgan; 3-2018-yilda O'zbekiston aholisi 33 mlnga yetdi; 4-Galenning asarlaridan 14 asr davomida foydalanib kelingan; 5-bosh miyaning reflektorlik xususiyatni Sechenov kashf etgan; 6-Aristotel fanga aorta tushunchasini kiritgan; 7-Galen asarlari klinik tibbiyotga asos soldi.
A)2,3,1 B)4,5 C)6 D)7
5.O'zbekistonda ixtisoslashgan jarrohlik yordami maktabining tashkilotchisi kim?
A)Zufarov B)To'raqulov C)Vohidov D)Yunusov
6.Qaysi olim izotoplardan biologiya va tibbiyotda foydalanish yo'llarini ochib bergan?
A)Zufarov B)To'raqulov C)Vohidov D)Yunusov
7.Qaysi olim oshqozonosti bezining bir qismini ko'chirib o'tkazish usulini ishlab chiqqan?
A)Zufarov B)To'raqulov C)Aripov D)Yunusov
8.O'zbekistonda birinchi bo'lib elektron mikroskopiya laboratoriyasini kim tashkil etgan?
A)Zufarov B)To'raqulov C)Vohidov D)Yunusov
9.Gerontologiyaga oid ishlari uchun qaysi olim Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan?
A)Pavlov B)Mechnikov C)Sechenov D)Andreas Vezaliy
10.Qaysi olim odam va hayvonlar organizmining yuqori haroratga moslanish xususiyatlarini ochib bergan?
A)Zufarov B)To'raqulov C)Vohidov D)Yunusov
11.Beruniyning <> asarida nechtaga yaqin hayvonlar turiga tavsif berilgan?
A)980 ga yaqin B)880 ga yaqin C)1000 dan ortiq D) t.j.yo'q
12.Quyidagi qilingan ishlardan qaysilari Aripov O'ktam Aripovichga tegishli: 1-oshqozonosti bezining bir qismi ko'chirib o'tkazish usulini ishlab chiqqan; 2-surunkali buyrak xastaliklarida bemorga sog'lom buyrakni ko'chirib o'tkazish orqali davolashni amalga oshirgan; 3-sog'lom va kasal organizmda sodir bo'ladigan jarayonlar,ularning boshqarilishini o'rgangan; 4-organlar va to'qimalarni ko'chirib o'tkazish orqali bemorlarni davolash sohasida maxsus laboratoriya tashkil etdi; 5-u o'pka,o't yo'llari,jigar, oshqozon, yurak,qon tomirlari,harakat organlari,qorin va ko'krak qafasining keng tarqalgan kasalliklarini tadqiq qilgan; 6-hujayra metabolizmi va endokrin xastaliklarini o'rgangan.
A)1,2,3 B)2,3,5 C)4,1,2 D)6,5,1
13.Odam organizmi ichki tuzilishini murdani yorib ko'rish orqali o'rganish dastlab qayerda boshlangan?
A)Yunoniston va Rimda B)Rimda va Misrda C)Markaziy Osiyo va O'rta Osiyoda D) t.j.yo'q
14.Ilk bor rasmlar orqali odam organizmining realistik tasvirini yaratib bergan?
A)Aristotel B)Leonardo da Vinchi C)Gippokrat D)Galen
15.Organizm va organlarning hayotiy funksiyalarini qaysi fan o'rganadi?
A)anatomiya B)gigiyena C)fiziologiya D)biologiya



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling