boshlang’ich ta’lim va sport – tarbiyaviy ish yo’nalishi maxsus sirtqi 3-kurs saidova naziraning «matematika o’qitish metodikasi»


Download 0.59 Mb.
bet6/6
Sana12.06.2020
Hajmi0.59 Mb.
#118127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti-fayllar.org

Mustahkamlash uchun mashqlar
  1. SHanba kuni Farrux 1 soat 45 minut, yakshanba kuni esa 2 soat 25 minut dars qildi. Farrux ikki kun davomida qancha vaqt dars qilgan?


  2. 13 m 78 sm + 54 sm 9 m 38 sm – 6 m 75 sm


5 km 300 m – 458 m 3 km 608 m + 950 m


  1. Ikki shahar orasidagi masofani mototsiklchi 35 minutda, velosipedchi esa 3 soat 10 minutda bosib o’tdi. Velosipedchi mototsiklchiga qaraganda qancha ko’p vaqt sarflagan?


  2. Mamlakatimiz bayrog’i va gerbining qabul qilinganligiga buy il necha yil to’lganini ayirish amali yordamida toping. Mamlakatimiz bayrog’i 1991 yil, gerbi esa 1992 yil qabul qilinganligini eslang.


  3. Mamlakatimiz qachon mustaqillikka erishgan? Bu yil mustaqillikka erishganimizga necha yil bo’lganini ayirish amali yordamida toping.\


  4. Otabek 7 soat 25 minut, uning singlisi 9 soat 15 minut uxladi. Singlisi Otabekdan qancha ko’p uxlagan?


4-sinf matematikasida vaqt haqida bilimlar berish davom ettirilib, vaqt, vaqt o’lchovlarining harakatlanuvchi jismlarga tatbiqi, harakatlanayotgan jismlarning bosib o’tgan masofasi, shu masofani bosib o’tish uchun ketgan vaqti, harakatlanayotgan jismning tezligini topish yo’llari ko’rsatiladi, bular haqida nazariy bilimlar beriladi, misol, masalalar bajariladi. SHu haqda beriladiga bilimlar haqida to’xtalamiz.



66. Mavzu: Tezlik. Vaqt. Masofa

Darsning maqsadi:

– tezlik, vaqt, masofa tushunchalarini esga olish;

– tezlikni masofa va vaqt orqali topish ko’nikmasiga ega bo’lish;

– harakatga doir masalalar echish malakasini mustahkamlash.




  1. Tashkiliy qism.


  2. Darsga hozirlik ko’rish.

Darsning maqsadi aytib o’tiladi.




  1. Dars tafsilotlari.

Tekis harakatda tezlik – vaqt birligi ichida bosib o’tilgan masofa ekanligi, tekis harakatning o’zi o’quvchilarga tanish tushunchalar va iboralar yordamida tushuntiriladi.

O’quvchilarning diqqati rasmga qaratiladi va rasm asosida tezlik = masofa : vaqt ekanligi tushuntiriladi. Masalaning echimi ham ko’rsatib o’tiladi. Tezlikni topishga doir hayotda uchraydigan sodda masalalardan bir nechtasini keltirish mumkin.



  1. Darsni yakunlash va baholash.

Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.



Uyga vazifa: 7- misol va 8-masala.

Tezlik. Vaqt. Masofa

Avtomobil 2 soatda 180 km, mototsikl 4 soatda 200 km masofani bosib o’tdi.

Bunda avtomobil soatiga 180 : 2 = 90 km, mototsikl esa 200 : 4 = 50 km yo’l yurgan. Demak, avtomobil mototsiklga qaraganda tez yurgan. Bu holda avtomobilning tezligi soatiga 90 km, mototsiklning tezligi esa soatiga 50 km deyiladi. Bu tezliklar qisqacha 90 km/soat, 50 km/soat tarzida yoziladi.

YAna km/s, m/s kabi tezlik birliklari ham bor.


XULOSA
I. Kurs ishi natijalari bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi
  1. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarga puxta bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish»da arifmetik amallarni chuqur o’rgatishni talab etadi.


  2. Boshlang’ich ta`limda amaliy mashqlar echishdan foydalnib, matematika darslarini tashkil qilish ilimlarning puxta o’zlashtirilishi, ta`lim jarayonining faollashuvi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.


  3. Amaliy mashqlarni echishning turli xil usullaridan foydalanish, o’quvchilarni faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi, o’quv materialini mustahkam o’zlashtirishni ta`minlaydi, hamda fikrlash qobiliyatlarini o’stirishni ta`minlaydi.


  4. Amaliy mashqlar echish jarayoni orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish ma`lum talablarga muvofiq bo’ilish, ular o’quv dasturiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq bo’lishi lozim.





II. Erishilgan asosiy natijalar ishda:

– boshlang’ich sinf o’quvchilari matematika darslarida amaliy mashqlarni bajarish usullari;

– boshlang’ich sinf matematika adsrlarida amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish bo’yicha dars ishlanmalari;

– matematika darslarida va uy vazifalarini bajarishda amaliy mashqlarni tekshirish usullari;

– boshlang’ich sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirishning o’rni va yo’llari bo’yicha tavsiyalar berilgan va dars ishlanmalari ishlab chiqilgan.

III. Talaba shaxsan erishgan natijalar:

1. Mavzu yo’nalishida mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o’rgandi va tahlil qildi, ishning dolzarbligini ko’rsatdi.

2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi sinflarda amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish bo’yicha dars ishlanmalari ishlab chiqdi.

3. Ishda berilgan mustaqil ishlarni tashkil qilish bo’yicha uy vazifalarni tekshirish, testlarni bajarish o’quvchilarning olgan matematik bilimlarini tekshirish mashqlar va masalalar echimlarini muhokama qilish asosida xulosalar chiqardi.

Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslari mashg’ulotlarda amaliy mashqlar echish orqali matematik bilimlaini oshishiga, mustaqil fikrlashining o’sishiga ijodiy faoliyatini aktivlashtirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatining o’sishga ta`sir qiluvchi omilladan hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

I. Rahbariyat adabiyotlar

1.I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”. “Sharq” nashriyot - manbaa konsierni bosh tahririyati. Toshkent 1999 y

2.I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. Toshkent. O’zbekiston 2000 y

II. Asosiy adabiyotlar

3.O.Xudayberganov. “Matematika” 1980 y.

4.R. Ibrohimov “Metematikadan mashqlar to’plami”. Toshkent 1995 y.

5. N.Hamedova, Z.Ibragimova, T.Tasetov Matematika. Toshkent 2007 y

6 Axmedov M.,Abdurahmonova N., Jumayev M. 1-sinf Matematika darsligi Toshkent, 2012.

7.Abdurahmonova N., O`rinboyeva L. 2-sinf Matematika darsligi Toshkent, 2012.

8. Xudoyorov O`, Burxonov S., Norqulova Q. 3-sinf Matematika darsligi Toshkent, 2012.

9.Bekbayeva N., Yangiboyeva E. 4-sinf Matematika darsligi Toshkent, 2012.

10..Alixonov. Matematika o’qitish metodikasi «Cho’lpon». Toshkent, 2011

11.T.Nurimov. Oily matematika asoslari. I-II qism.Samarqand, 2011

12.N.T. To’rayev . I. Azizov. Mantiq va diskret matematika.I- II jild

«Tafakkur-Bo’stoni». Toshkent-2011



13.Sh.Alimov. R.Ashurov. Matematik tahlil. I qism «Kamalak» nashriyoti. Toshkent-2012

Internet

14. www.ziyonet.uz

15. www.ref.uz

16. www.arxiv.uz


http://fayllar.org
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling