D. R. Babayeva


Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari


Download 0.9 Mb.
bet25/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivoj- lantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga ol- gan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:

  • tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;

  • o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;

  • muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;

  • suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq- dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi(1-jadval).

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.







Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida aso- san monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.

Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi.

Bola uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan mu- rakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, ting- lovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qanday- dir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qiladi.

Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bo- laga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan «noqulaylik»ni his etadi.

Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushu- narli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling