D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Toshkent moliya instituti professori D. Tojiboyevaning «Iqtisodiyot nazariyasi»


Download 0.89 Mb.
bet147/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Toshkent moliya instituti professori D. Tojiboyevaning «Iqtisodiyot nazariyasi» о ‘quv qo ‘llanmasiga TAQRIZ


So'ngra mazkur kitob yoki maqolaning ijtimoiy-iqtisodiy jihat­dan dolzarbligi, ahamiyati, uning tuzilishi, bayon etilishi uslubi.


Taqrizda matnni o'qigan kishining shaxsiy fikri, mulohazalari bayon qilinadi. Unda maqola, kitobning mazmuni, diqqat qaratil­gan muammolar, unga muallifning munosabati tahlil qilinadi. Taqriz yozuvchi tomonidan uning nuqtayi nazari bo'yicha ishning ijobiy jihatlari, kamchiliklari ko'rsatiladi. Berilgan taklif, tavsiya- laiga munosabatini bildiradi. Barcha bildirilgan fikrlar bo'yicha xu­losa chiqarilib, ish baholanadi. Taqrizda muallif tomonidan ba- holovchi fikrlar bildirilganda, masaian, «Bu kitob quyidagi jihatlari bilan yokdi (ular ko'rsatiladi). Quyidagi masalalar bo'yicha mual­lifning fikrini qo'llab-quwatlayman. Chunki, ...(taqriz yozuvchi- ning fikri asoslab beriladi). Yoki muallifning quyilagi fikrlariga qo'shilmayman. Sababi, ...( e’tibor berish kerak bo'lgan jihatlari ko'rsatiladi).

Kitob (muammo keltiriladi)ni tadqiq etishga bag'ishlangan ish-



lardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: ...

Oxirida yakunlovchi xulosa chiqariladi. Taqriz xolisona bo‘lishi, unda beg‘araz fikrlar bayon qilinishi lozim.

Bu metod, birinchidan, matnni sinchiklab o'qishga; ikkinchi- dan, taqqoslash va baholashga; uchinchidan, o‘z fikrini yozma rav­ishda bayon qilishga o'rgatadi. Bu metodni ko‘proq oliy o'quv yurtlarida qo'llagan ma’qul. Lekin, kasb-hunar kollejlarida ham soddalashtirgan taizda qo'llash mumkin. Unda o'qituvchi, kitob yoki maqola mavzusi bo'yicha yoritilishi zarur bo'lgan masala bo'yicha biron bir savol qo'yib, masalan, investitsiya masalalariga bag'ishlangan maqolada «investitsiya tarkibi qanday ko'rsatilganiga diqqat qaratib, taqriz yozing, deb topshiriq berish mumkin.



  1. §. Taqqoslash, baholashni o'rgatuvchi metodlar

T-sxema. Bu metod ikki xil ma’lumot: axborot, turli qarash- larni taqqoslashning universal grafik tarzda ifodalash bo'lib, o'quvchi-talabalarni o'rganilayotgan mavzu bo'yicha mavjud qarashlami taqqoslash, ular asosida qaror qabul qilishga o'igatadi. Ayniqsa, farqlanuvchi qarama-qarshi, xilma-xil qarashlarni, ma’lu­mot axborotlarni ma’lum bir mezonlar bo'yicha ifodalash uchun nihoyatda qulay.

Agar ana shu mezonlami talabalarning o'zi ishlab chiqsa, dars yanada samarali bo'Iadi. Odatda, T-sxema bir-biriga qarama-qarshi (antonim) fikrlar, qarashlar, ma’lumotlar, axborotlarni ifodalaydi. Ulami ha/yo‘q, tarafdor/qarshi, yuqori/ past, minimal/ maksimal kabilar orqali ko'rsatish mumkin. Bunda qo'yilayotgan maqsad o'rganilayotgan mavzu, savol yoki qarashlarni mazmuniga ko'ra, o'qituvchi taqqoslash variantlarini ishlab chiqadi.

T-sxema uncha katta bo'lmagan maydonda katta ma’noga ega bo'lgan materialni ifodalash imkonini beradi. U, ayniqsa, modul yoki ma’lum bir qarashlar mazmunini umumlashtirishda foydala- nishda juda qulay. T-sxemani mustaqil tizimi bo'yicha berilgan topshiriqlar talabalarni iqtisodiy fikrlashini rivojlantirishga juda katta ta’sir ko'rsatadi.

T-sxemaga misol sifatida yuqorida keltirilgan dars o'tish me­todlarining afzalliklari va kamchiliklarini ko'rsatishimiz mumkin. Masalan, «Aqliy hujum metodini qo'llashning afzalliklari va kam- chiliklari»ni ko'rsatish mumkin.




Metodning afzalliklari

Metodning kamchiliklari

  • talabalarga bilim, tajriba, kuza- tuvlar nuqtayi nazaridan muammo yechimiga turlicha yondashuvlar bilan tanishish imkonini beradi;

  • talabalarni tahlil qilish, xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga o'rgatadi;

va hokazolar

  1. metodni qo'llash ko‘p vaqt talab qiladi;

  2. katta guruhlarda qo'llash qiyin;

va hokazolar


Yoki jahon mamlakatlarida aholini turmush darajasi, taraqqiyot darajasi haqida to'xtalganda mana shunday jadvaldan foydalanish mumkin:



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling