Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet72/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Allel genlar. Monoduragay chatishtirishda nasldan naslga o'tish qonuni -yatlari to'g'risida yuqorida ko'rib chiqilgan material genetikani yanada chu-qurroq o'rganishga doir ba'zi tushunchalarni ta'riflash uchun imkon beradi. Bir-birini istisno etadigan belgilarning rivojlanishini aniqlab beruvchi genlar juftlarni hosil qilishini no'xat, namozshomgul va boshqa obyektlardagi nasldan naslga o'tish misolida ko'rish mumkin. Masalan, no'xat donlari rangining sariq bilan yashil rangini belgilovchi geni, gul rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi geni va boshqalar ana shunday juftlardir. Juft genlar allel genlar deb ataladi. Demak, no'xat donlari rangining sariq va yashil rangini belgilovchi genlari allel genlar (allellar)dir. Allel genlar gomologik, ya'ni juft xromosomalardan joy oladi, shunga ko'ra meyoz jarayonida ular har xil gametalarga o'tib qoladiGametalar sofligi gipotezasi. Mendel fikricha irsiy omillar, duragaylar hosil bo'lishida ajralib ketmaydi, balki o'zgarmagan holda saqlanadi. Qarama-qarshi belgilarga ega bo'lgan ota-ona organizmlarni chatishtirishdan hosil bo'lgan Fj duragay o'zida har ikkala muqobil: dominant va retsessiv belgilarni mujassam qiladi. Jinsiy ko'payishda avlodlar o'rtasidagi bog'lanish jinsiy hu­jayralar — gametalar orqali amalga oshadi. Har bir gameta juft irsiy omil-lardan faqat bittasiga ega bo'ladi. Urug'lanish jarayonida ikkita retsessiv belgiga ega bo'lgan gametaning qo'shilishidan retsessiv belgilar fenotipdanamoyon bo'ladi. Dominant belgilarni o'zida mujassam qilgan yoki har ikki gameta, biri dominant, ikkinchisi retsessiv belgilarga ega bo'lgan gametalarning qo'shilishidan dominant belgili organizm rivojlanishiga sabab bo'ladi. Shunday qilib F2 bo'g'inda retsessiv belgili organizmning namoyon bo'lishi quyidagi ikki shartlarga amal qilinganda paydo bo'ladi: 1) agar duragaylarda irsiy omil o'zgarmagan holda saqlangan bo'lsa; 2) agar jinsiy hujayra (gameta)lar allellar juftidan faqat bittasiga ega bo'lsa. Mendel geterozigota organizmlarni o'zaro chatishtirganda belgilarning ajralishini genetik jihatdan gametalar sofligi va ular allel genlardan faqat bittasini o'zida saqlashi orqali tushuntirib berdi.
Gametalar sofligi gipotezasini quyidagicha izohlash mumkin: jinsiy hu­jayralarning hosil bo'lishida har bir gametalar juft genlardan faqat bittasiga ega bo'ladi.Bu qanday amalga oshadi?
Gametalar hosil bo'lishida duragaylardagi gomologik xromosomalar bi­rinchi meyoz bo'linish natijasida har xil hujayralarga o'tadi.Bu organizm ikki xil gameta hosil qiladi. Gametalar sofligi gipotezasi ajralish qonuni turli genlarga ega bo'lgan gametalarning tasodifan qo'shilib qolishi natijasidir: AA, Aa, aa.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling