Davlat moliyasini boshqarish va uning zamoviy muammolari


Download 291 Kb.
bet7/10
Sana05.01.2023
Hajmi291 Kb.
#1079867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish va uning zamoviy muammolari

2012 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat budjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlar banklar tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-, 23407-, 23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobraqamlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi.

Moliya vazirligi G’aznachiligi davlat moliyasini samarali boshqarish uchun ham, undan oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun ham mustahkam zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, g’aznachilik davlat budjetining ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromad va barcha harajatlarni yagona g’azna hisobraqamidan amalga oshiradi. Mab­lag’­larning Yagona g’azna hisobraqamiga soliq va soliq bo’lmagan daromadlar ko’ri­nishida kelib tushishi moliyaviy resurslarni operativ boshqarish va davlat budjeti xarajatlarini o’z vaqtida to’lash uchun barqaror asos yaratadi.
Ikkinchidan, dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi, ya’ni majburiyatlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi, bunda budjet tashkiloti tomonidan smetada ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish bo’yicha majburiyatlar g’aznachilik organlarida ro’yxatdan o’tkaziladi va shu asosda mablag’larning maqsadli harakatini ta’minlash uchun zamin yaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda davlat moliyasi tizimini isloh qilish jarayonida amal­ga oshirilayotgan har bir o’zgarishlar natijasida pirovard maqsad ko’z­lanib ish yuritilmoqda.
G’aznachilik faoliyat ko’rsatishi uchun uning quyidagi tashkiliy elementlari mavjud bo’lishi va o’zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur. Ular:

  1. G’aznachilikning yagona hisobraqami;

  2. G’aznachilikning bosh kitobi;

  3. G’aznachilik organlari;

  4. G’aznachilikning axborot tizimi;

  5. G’aznachilikda budjet mablag’larini boshqarish.


Download 291 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling