Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari
Sharq davlatlarining xususiyatlari
Download 0.51 Mb.
|
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari
Sharq davlatlarining xususiyatlari
Turli davrdagi davlatlarni tavsiflashga kirishishdan oldin «Sharq tipi» dagi davlatlarning xususiyatlariga qisqacha tо`xtab о`tish lozim. Mazkur davlat tipining tarixda ilk tip bо`lganligini alohida ta`kidlash kerak. Ilk davlatlar bundan 5 ming yillar muqaddam sо`g`oriladigan dehqonchilik mintaqalari (Misr, Hind va Xitoy)da paydo bо`lgan, Ularning paydo bо`lishiga sabab, sо`g`orish tizimlari qurilishi natijasida mehnat unumdorligining tez sur`atlar bilan oshib borishi bо`lgan qishloq xо`jalik ishlab chiqarishining bunday tabiati jamoaning saqlanib qolishiga olib kelgan. Oilaning bir о`zi suv inshootlari tizimini qurish va undan foydalanishning uddasidan chika olmagan. Shu bois Sharq mamlakatlarida yerga xususiy mulkchilik paydo bо`lmagan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi sinflar ham vujudga kelmagan. Davlatning kelib chiqish jarayonida piramida kabi qurilgan jamiyat paydo bо`lgan eng yuqorida yagona hokimiyat egasi podshoh, fir`avn, shoh, xon о`rtada uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari — vazirlar, quyida pastroq rutbada amaldorlar joylashgan. Piramidaning asosini esa qishloq xо`jalik jamoalari tashkil ettan. Ushbu jamoalar ijtimoiy mahsulotning anchagina kismini soliq tarzida davlat mahkamasiga tо`laydigan ekspluatatsiya obyekti bо`lgan. Albatta, Sharq mamlakatlarida umuman xususiy mulk mavjud bо`lmagan, deb aytish mumkin emas. Xususiy mulk shoxlarning qasrlari, qullari, qimmatbaho mulklari tarzida, savdogarlar va hunarmandlarning bir qismida esa kapital va moddiy boyliklar tarzida mavjud bо`lgan. Biroq xususiy mulk Sharq jamiyatida ijtimoiy ishlab chiqarshda muhim mavqega ega bо`lmagan. Ijtimoiy boylikning asosiy hissasi davlat va saroy mulkidagi erkin jamoa a`zolari yoki qо`llar tomonidan barpo etilgan. Qullar faqat davlat va saroy mulkidagina mavjud bо`lgan. Shunday qilib, yagona davlat mulki mavjud bо`lgan, davlat podshoh shaxsida «barcha narsa»ga egalik qilgan. Jumladan, u barcha aholining hatto, о`ziga eng yaqin bо`lganlarning hayoti va mulkiga ham hо`jayinlik qilgan. Sharq jamiyati tub о`zgarishlarga uchramaydigan barqaror tabiatga ega bо`lgan. Jumladan, qadimgi Misrda davlat eramizdan avvalgi IV—III ming yilliklarda paydo bо`lib, 30 asrdan kо`proq vaqt davomida faoliyat kо`rsatgan. 50 asrcha muddat davomida Xitoy davlati amal qilgan va u qariyb XIX asr oxirlarigacha о`zgarmay kelgan. Fap6 davlatlari Sharq davlatlaridan ancha keyin paydo bо`lgan, biroq ular tez rivojlanib ketgan. Aynan Yevropada ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (va davlat tiplari)ning tezroq almashuvi yuz bergan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling