MDH davlatlarining ta’lim tizimi va o’ziga xos xususiyatlari. Jahonda masofaviy ta’limning rivojlanishi. Tayyorladi : 403-guruh talabasi Mengnorova Rayhon MDHning tashkil topishi - Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini (MDH) tashkil etish to'g'risidagi bitimni imzolash, 1991 yil 8 dekabr avgustdagi muvaffaqiyatsiz to'ntarish voqealaridan so'ng SSSR respublikalari navbatdagi to'ntarishdan qo'rqib o'z mustaqilligini e'lon qilishdi.
- 21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDHga a’zo bo‘lib kirdi
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi
-Yevroosiyo bozorini shakllantirish;
-bojxona siyosatini birga olib borish;
-transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-iqtisodiy islohot o‘tkazish;
ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash.
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
Jahonda masofaviy ta’limning olib borilishirivojlanishi - Masofaviy o‘qitish yangi va ancha progressiv bo‘lgan o‘qitish shaklidir. Bu usulni turli ta’lim muassasalariga, xususan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarga tatbiqi o‘quvchi-talaba va o‘qituvchi (pedagog)larning dunyoning ilg‘or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o‘quv uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so‘nggi axborotlaridan, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini beradi.
Masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud: -
- 1.O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi (pedagog) ilm beradi, o‘quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o‘qitish asosida esa o‘quvchi-talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini rag‘batlantiradi.
- 2. Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‘zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin.
- 3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Masofaviy ta’lim tizimi tamoyillari va qoidalari. - ta’lim xizmatlarida aholining ehtiyojini amalga oshirish;
- - sifatli tayyorlangan mutaxassislar bilan davlat ehtiyojlarini qondirish;
- - aholining ijtimoiy va kasbiy oshirish;
- - tadbirkorlik va ijtimoiy faolligi, o‘zligini anglashi tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlarni kengaytirish;
- - davlatimizning oliy maktablarida yig‘ilgan bilimlar hamda kadrlarning moddiy salohiyatini saqlash va ko‘paytirish;
- - Rossiya, MDH, Butunjahon Hamjamiyati chegarasida ta’lim fazasining har bir nuqtasida nostrifikatsiyalangan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashni o‘z ichiga olgan yaxlit ta’lim fazosini rivojlantirish;
Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: - Dars jadvalni qulayligi. O`quvchi o`ziga ma'qul bo`lgan vaqtda o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.
- Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.
- Qulay o`qish tempi. Ta'lim, o`quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o`tkaziladi.
- Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin.
- Ma'lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash va undan foydalanish imkoniyati.
- Kurgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to`lik foydalanish imkoniyati.
- Malakali o`qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.
Ammo masofaviy ta'limda salbiy tomonlari ham borligi haqida aytish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin Elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta'lim turlarida o`qish istagida bo`lishadi. - Davlat masofaviy ta'lim standartlari yo`qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan ko`pgina masofaviy ta'lim kurslari bitiruvchilariga faqat ushbu kursni bitirganligi haqida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi.
- Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta'lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |