Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti osiyo mamlakatlar tarixi fanidan


Eng qadimgi davr va uning bosqich lari


Download 325.43 Kb.
bet6/13
Sana08.06.2023
Hajmi325.43 Kb.
#1462633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Markaziy Osiyo svilizatsiyasi

1. 3. Eng qadimgi davr va uning bosqich lari .
Eng qadimgi davr (ibtidoiy jamoa tuzumi) tarixiy va arxeologik jihatdan davrlarga bo'linadi. Tarixiy davrlashtirishning o'ziga xos xususiyati, uning tadqiqot manbaidan kelib chiqadi. Unda ma'lum bir davrga xos bo'lgan umumiy rivojlanish xususiyatlari asos qilib olinadi.
Eng qadimgi davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: "ibtidoiyto'da" va "urug'chilik jamoasi davri"ga bo'linadi. O'z navbatida urug'chilik jamoasi 2 bosqichga: matriarxat (ona urug'i) va patriarxat (ota urug'i) ga bo'linadi.
Eng qadimgi davr arxeologik jihatdan, mehnat qurollari nimadan yasalganligiga qarab, quyidagi bosqichlarga bo'linadi: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davri.
Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan davr hisoblanadi.
U 3 mln yillikdan 12 ming yillikgacha davom etgan va uch bosqichda rivojlangan.
Ilk paleolit davri (3 mln yillik-100 ming yillik) insonning tabiatda yashashi
uchun qulay davr bo'lgan. Havo issiq bo'lib, tabiatdagi tayѐr mahsulotlarni eb
haѐt kechirgan. Ilk mehnat quroli-qo'l cho'qmorini ishlatgan. Sinantrop odami
olovdan foydalanishni o'rgangan. O'zbekiston xududidan sinantron turiga
mansub, ferganatrop odam suyagi Farg'onaning Selungur makonidan topilgan.
Makon dastlab 1958 yilda A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan. 1980 –
1988 yillarda arxeolog O'.Islomov tadqiqot ishlarini olib borgan. Makonda
5 ta madaniy qatlam aniqlangan, u erdan toshdan yasalgan mehnat qurollari: qo'l
Eng qadimgi davr Ibtidoyi to'da urug'chilik jamoasi Ilk paleolit 3 mln.-100 ming yillik O'rtapaleolit 100-40 ming yillik Matriarxat Patriarxat So'nggi paleolit 40-12 ming
Yillik Mezolit 12-7 ming yillik Neolit 6-4 ming yillik Bronza 3-2 ming yillik Ilk
Temir 1 ming yillik Eneolit 4-3 ming yillik cho'qmori, to'mtoq boltalar, pichoqsimon qurollar topilgan. Odam suyaklari 3 – va 2-qatlamlardan topilgan. Selungur odami o'ziga xos tuzilishga ega bo'lganligi uchun unga ferganatrop deb nom berishgan.
Havoning soviy boshlashi, ya'ni muzlik davrining boshlanishi insonning yashab qolishi uchun ko'plab izlanishni taqozo etgan. Bu davrda, ya'ni o'rta paleolit davrida (100 – 40 ming yilliklarda) yashagan neandertal odami g'orlarni o'zlashtirgan.
Sun'iy olov chiqarish yo'llarini ixtiro qilgan. Shuningdek, hayvonlarni ovlash uchun nayza ixtiro qilgan. Sovuqdan himoyanish uchun hayvon terisidan kiyim qilib kiygan. O'zaro muloqat uchun ba'zi bir tovushlarni chiqargan. Odamlar hayvonlardan himoyalanish va ularni ovlash uchun to'da-to'da bo'lib yurishgan.
O'rta paleolit davri ѐdgorligi O'zbekistonda dastlab 1938 -yildaTeshiktoshda topilgan. Hozirgi kunda esa O'rta Osiyohududi bo'yicha ularning soni 300 dan ortgan. Lekin hozirgacha Teshiktosh makoni o'zining qadimiyligi va arxeologik materiallarga boyligi bilan ajralib turadi4.
Teshiktosh g'or–makoni Surxondaryo viloyatida Boysun tog'i hududidan
topilgan. Uni 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov o'rgangan. U erdan toshdan
yasalgan mehnat qurollari, o'tkir uchli tosh nayzalar, tosh pichoqlar, paraqalar,
sixcha, qirg'ich, kurakchalar va odam suyagi qoldiqlari topilgan. Ibtidoyi odam
chalqanchasiga ѐtqizilib, ustiga qizil oxra sepilgan va uning atrofida arhar
shohlari terilgan. Uni antropolog g.Gerasimov, uni o'rganib, 9 ѐshli neandertal
bola deb xulosa bergan. Teshiktoshliklar ovchilik, termachilik bilan shug'ullanishgan.
Obirahmat g'or makoni Toshkent shahridan 100 km shimoli—Sharqda joylashgan. G'or–makonda 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan 30 mingdan ortiq toshdan yasalgan turli mehnat qurollari topilgan. 16- qatlamdan 70 ming yil oldin yashagan odam suyaklari topilgan. Obiraxmat odamida neandertal va xomo sapines (zamonaviy odam) odamidagi xususiyatlar omuxtalashgan.
O'zbekistonda keyingi davrlarda o'rta paleolit davriga oid ko'plab makonlar
topib tadqiq qilingan. Boysun tog'i mintaqasidan Teshiktosh g'or–makoni, Amir
Temur g'ori, Toshkent vohasidan Obiraxmat, Xo'jakent, Bo'zsuv, Ko'lbuloq
makonlari, Farg'ona vodiysidan Jarqo'ton, Bo'ribuloq, Tomchisuv manzilgohlari,
Zarafshon vohasidan Omonqo'ton, Go'rdara, Qo'tirbuloq, Zirabuloq makonlaridir.
Ilk va o'rta paleolit davri insoniyatning ibtidoyi to'da davri bo'lib, so'nggi
paleolit davridan (40-12 ming yillik) urug'chilik jamoasi davri boshlangan.
Urug'chilik jamoasini ayollar boshqarganligi sababli, bu davrdan matriarxat
(ona urug`i) davri boshlanadi. So`nggi palеolit davrida hozirgi zamon turidagi
odam shakllangan. Ilk diniy tasavvurlar- animizm,fеtishizm, totеmizm vujudga
kеlgan. Bu esa san'atning paydo bo`lishiga asos bo`lgan. Ibtidoyi odamlar o`z
e'tiqod anjomlar – haykalchalarni yasaganlar. Qoya toshlarga turli suratlar
solib, uni qaqt tarzi bilan bog`laganlar. O`zbekiston ning 100 ortiq joyidan
shunday qoyatosh suratlari topilgan. Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy,
Qorachorvoqsoy, Xo`jakеnt va boshqalar. Ular mеzolit nеolit, bronza davrlariga
oiddir.So`nggi palеolit davrida еvropoid, nеgroid, mongoloid – irqlari
shakllangan. Pichoqlar paydo bo`lgan. Suyakdan garpun, igna, bigiz ishlaganlar.
Ibtidoiy odamlar o`zlari uchun chayla, yarim еrto`la va еrto`lalarni ?urib yashay
boshlaganlar.
Hozirgi kunda so`nggi palеolit davriga oid O`rta Osiqdan 30 ortiq
yodgorlik topib o`rganilgan bo`lsa, shulardan 10 tasi O`zbekiston dan topilgan.
Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, Siyobcha, Xo`jamazgil makonlari
yaxshi o`rganilgan.Samarqand makoni –– Samarqand shahridagi qadimgi Siyobcha soyi qasidan 1939 yilda gеolog N.G.Qarlamov tomonidan topildi. Makondan xilma
xil Qurollar, hayvon suyaklari, chayla ustunlari, kromanon odamlarning
suyak qoldiqlari topilgan. Chayla soy bo`yida bo`lib, maydoni 100 kv m, to`g`ri
to`rtburchak shaklida qurilgan5.
G`o`lbuloq makoni –Toshkеnt viloyatidagi Angrеn sha?ridan 10-12 km G`aarbda joylashgan. Bu makon 1963 yilda topilgan.
Ko`lbuloq ochiq tarzdagi ko`p qatlamli makon bo`lib, ilk, o`rta va so`nggi palеolit davriga oid 49 ta madaniy qatlam aniqlangan. Madaniy qatlamlardan 8300 dan ortiq tosh qurollari topilgan. Tog` echkisi, ayiq, arxar va boshqa hayvonlarning suyak
parchalari, kul va gulxan qoldiqlari topilgan.



Download 325.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling