Dilerlik shartnomasi


Aksiyador, Dilerning Ishtirokchisi


Download 379.6 Kb.
bet3/81
Sana20.06.2023
Hajmi379.6 Kb.
#1627714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
dilerlik shartnomasi

Aksiyador, Dilerning Ishtirokchisi-Dilerning ustav kapitalidagi aktsiyalar yoki ulushlarga ega bo'lgan shaxs, uning asoschisi yoki 3-ilovada (Dilerlik kompaniyasining Parametrlari/xususiyatlari) ko'rsatilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi ishtirokchi, Kompaniya Shartnoma tuzishda va uning majburiyatlarini bajarishda uning kafolatlariga tayanadi.
Dilerlik faoliyati-Shartnomada nazarda tutilgan, barcha faoliyat, ehtiyot qismlar va sotishdan keyingi Xizmatlar, Avtomobillar savdosi va reklamasi, Diler ishtirokida Kompaniya bilan bog'liq barcha tadbirlar; Kompaniya tomonidan Avtomobillarga xizmat ko'rsatish uchun tavsiya etilgan dasturlar; Diler tomonidan to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita olib boriladigan moliyaviy va sug'urta operatsiyalari.
Chaqirib olish kampaniyasi (Avtomobilni chaqirib olish) – ishlab chiqarish xarakteridagi nuqson va/yoki avtomobilning ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan boshqa jiddiy texnik muammolar mavjud bo'lganda avtomobilning xavfsiz ishlashi bilan bog'liq nosozliklar ehtimolini aniqlash, tuzatish va bartaraf etish maqsadida Kompaniya ko'rsatmasi bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar.
Fors-Major holatlari-ta'sirlangan Tomon oldindan ko'ra olmaydigan yoki oldini ololmaydigan, Kompaniya yoki Diler nazorat qilolmaydigan yengib bo’lmas favqulodda vaziyatlar.
Avtomobillarni Yetkazib berish va Sotish bo'yicha yillik reja – bu Kompaniya tomonidan yetkazib berilishi va Diler tomonidan Xaridorga belgilangan vaqt ichida sotilishi kerak bo'lgan Avtomobillarning minimal soni .
Dilerni Avtomobillarga buyurtmasi-Diler tomonidan Xaridorning Buyurtmasi (avtomobil etkazib berish bo'yicha shartnoma tuzish) asosida tayyorlangan va Kompaniyaga o'z vaqtida topshirilgan ma'lumotlar.
Ehtiyot Qismlarni Sotib olishning Yillik Rejasi-belgilangan vaqt ichida Diler tomonidan Kompaniyadan sotib
olinishi kerak bo'lgan Firma Ehtiyot Qismlarining minimal soni.
Ehtiyot qismlarning minimal ombor qoldig'i-kafolat muddati davomida Xaridorning so'roviga zudlik bilan javob berish va sotishdan keyingi Xizmatlarni bajarish uchun Dilerning omborida bo'lishi kerak bo'lgan ehtiyot qismlarning ma'lum bir minimal zaxirasi.
Chakana narxlar-Diler tomonidan Xaridorlarga sotish uchun Kompaniyaning buyrug'i bilan tasdiqlangan Avtomobillarning yagona narxi.

Download 379.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling