Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet16/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Islamofobiya. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlarga ko`ra, 1$1atorNo’1a atamasi 1997 yilda britaYiyalik tadqiqotchi Runnmed Trast (Kipputes)ning «Islamofobiya — barcha uchun chaqiriq» deb nomlangan ma’ruzasi nashr etilgandan so`ng keng qo`llana boshlagan. Boshqa manbalarda «islamofobiya» atama-si Frantsiyada yashovchi eronlik musulmon faollari tomonidan muomalaga kiritilgani qayd etiladi.
Islamofobiya bilan bog’liq muammolarni tadqiq etish loyi-h’asiga rah’barlik qilgan Sasseks universiteti professori Gor-don Konvey (Sogyop Soph’ueu) fikricha, islamofobiya islomni qoloq tsivilizatsiya, musulmon madaniyatini qotib qolgan va o`zgarmas deb bilishga, o`zgacha fikrlar va munozaraga dushmanlik ko`zi bilan qaraydigan, ayollarni kamsitadigan, aqidaparast va boshqa madaniyatlarga xavf-xatar tug’dirish saloh’iyatiga ega ma-daniyat sifatida bah’olashga asoslangan. Bu fikrni britaniyalik tadqiqotchi Runnmed Trast qisqacha qilib «Islom sherik emas, dushman» degan g’oyada ifodalab bergan edi.
Umuman olganda, islamofobiya islom dinini tanqid qilish, unga bo`lgan nafrat, yoqtirmaslik ruh’idagi qarashlar va musul-monlarga nisbatan kamsitish, tazyiq o`tkazishga asoslangan h’arakatlarni ifodalaydi.
2001 yil 11 sentabr terakti bunday aksilislomiy qarash-larning yangi to`lqinini keltirib chiqardi va yuqorida aytilgan «aksioma»ni tasdikdadi desak bo`ladi.
Mutaxassislar Er yuziningturli nuqtalarida diniy ekstre-mistik tashkilotlar tomonidan qo`poruvchilik h’arakatlari da-vom ettirilayotgan bir paytda islamofobiyaning bundan keyin h’am o`sishi xavfi borligini qayd qilmokdalar. Bunday xavf mavjudligini quyidagi raqamlarda ko`rish mumkin. «Evrobaro-metr» ma’lumotlariga ko`ra, shvetsiyaliklarning 18, italiyalik-larning 30, niderlandiyaliklarning 31, britaniyaliklarning 32, frantsuzlarning 48 foizi boshqa din va madaniyat vakillarini butunlay yoqtirmasliklarini ta’kidlaydilar.
Umuman olganda, bugungi kunda islamofobiya rivojiga ta’-sir qilayotgan bir qator omillarni ko`rsatish mumkin. Birinchidan, amalga oshirilayotgan teraktlarni bilib-bilmay islom bi-lan bog’lash bunga zamin yaratayotganini qayd etish zarur.
Ikkinchidan, ommaviy axborot vositalari va rasmiy doira-lar tomonidan terrorchilarga nisbatan «shah’id», «shah’id belbog’i», «mujoh’id», «Alloh’ lashkarlari» kabi so`zlarning ishlatilishi h’am islom va musulmonlar to`g’risida noto`g’ri tasavvurlarning shakllanishiga olib kelmoqtsa.
Uchinchvdan, islomiy dunyoqarash va urf-odatlarni buzibko`rsa-tish h’am bu jarayonda o`z ifodasini topmokda.
Islomning obro`-e’tiborini tiklash uchun kurashib, g’alaba qozonish oson ish emas. Buning uchun barcha ilmiy muassasalar, diniy tashkilotlar, oliy o`quv yurtlari va ommaviy axborot vo-sitalari bilan samarali h’amkorliktizimini ishlab chiqish ta-lab etiladi. Bunda ma’rifiy islomni targ’ib qilish, uni noto`g’-ri talqinlardan h’imoya qilishningta’sirchan yo`llarini yaratishda zamonaviy imkoniyatlardan kengfoydalanish muh’im ah’amiyat kasb etishi tabiiy.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, konfessiyalararo nizo-urush qayta-qayta ta’kidlanayotganidek, to`qib chiqarilgan, sun’iy xrdisa bo`lib, xalqaro maydonda yoki mamlakat ichidagi siyosiy kelish-movchiliklar va nizolarni axborot yo`li bilan diniy darajaga ko`tarishdan boshqa narsa emas. Shunday ekan, qaerda yashashi, qaysi dingae’tiqod qilishidan qat’i nazar, kishilarda diniy bag’ri-kenglik madaniyatini shakllantirish bugungi kun va yaqin istiq-bolningdolzarb vazifalaridan biri bo`lib qolaveradi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling