Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet1/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari


Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari fanidan maruza matnlari


1-mavzu. Davlat va din. O`zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati


Reja:
1. E’tiqod tushunchasi.
2. Dinning bag’rikenglik moh’iyati.
3. Dunyoviy davlat va din.


E’tiqod (arabcha «i’taqada» fe’lidan) ishonch, imonlli bo`lish ma’noarini anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo`l-yo`riq va mo`ljal bo`lib xizmat qiluvchi, akl, xis va iroda vositasida anglangan bilim, g’oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini h’amda ularning to`g’riligiga ishonch bilan bog’liq bo`lgan psixo-logik h’olatni ifodalaydi. Bilim va g’oyalar insonning h’am akli, h’am qalbi bilan o`zlashtirib olinganidagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda, e’tiqod shaxs, guruh’ va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy h’ayotning faol a’zosiga aylantiruvchi omil h’isoblanadi.
E’tiqod inson voyaga etishi bilan bog’liq h’olda to`plangan bilimlar, o`ziga xos eh’tiyoj va manfaatlar, h’ayotiy tajriba asosida shakllanib, mustah’kamlanib boradi va shaxs faoliyatining izchil, mantiqiy, maqsadli bo`lishiga olib keladi.
Ijtimoiy jih’atdan e’tiqod insonning faoliyati bilan bog’-liqbo`ladi. Zero, e’tiqod faqat amaliy faoliyat jarayonida o`zli-gini namoyon qiladi.
Yuqoridagi sifatiy xususiyatlar bilan bir qatorda jur’at-sizlik, qat’iyatsizlik va befarqlik kabi h’olatlar h’am mavjud-ligi va ular e’tiqodning zaifligini ko`rsatishini ta’kidlash zarur. Bunday kishilar ko`pincha boshqalarga ergashib yoki taqlid qilib yashaydilar. Sharoitga qarab goh’ u, goh’ bu tomonga og’adilar. Bunday e’tiqodiy zaiflik, bo`shlik shaxs kamolotiga sal-biy ta’sir ko`rsatadi.
Agar e’tiqod mutaassib, irqiy, millatchilik, tor siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan cheklangan bo`lsa, bunday h’olda u buzg’unchilik, beqarorlikka xizmat qiladi, rivojlanishga to`siq bo`ladi. Taraqqiyot, h’urlikka etaklovchi ishonch va e’tiqod bilan buzg’unchi, aldamchi, adashtiruvchi, yolg’on «e’tiqod»ni farqlash juda muh’im.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, sog’lom e’tiqod shaxs dunyoqarashi tizimida muh’im o`rinni egallaydi. Uning ah’amiyati birinchidan, shaxs dunyoqarashidagi barqarorlikni belgilovchi h’alqa-sifatida chiqishida, ikkinchidan, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklardan cho`chimaslikka, ularga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo`llarini izlashga, uchinchidan, xulqidagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta’minlashga xizmat qilishida ko`rinadi.

Shuning uchun, kishilarda ijtimoiy qadriyatlar, buyuk kelajak, taraqqiyotga bo`lgan ishonchni, ozod va obod Vatan, erkin va farovon h’ayot barpo etishga bo`lgan e’tiqodni shakllantirish dolzarb vazifa bo`lib qolmokda.


Din e’tiqodning o`ziga xos ko`rinishi sifatida. Har qanday e’tiqod diniy bo`lavermaydi. Ammo din h’am e’tiqodning o`ziga xos ko`rinishi sifatida jipslashtiruvchi xususiyatga ega. Diniy e’tiqod bu — inson irodasidan yuqori turgan zotga imon keltirish, undan madad olish, asotiriy voqea-h’odisalarning takror sodir bo`lishi va unga daxldorlik h’amda muayyan tasavvur, aqida, muqaddas kitob, payg’ambar, avliyo va h’okazolarga ishonch demakdir.
Diniy e’tiqodda muayyan timsollar (buyum, h’arakat, so`z, matnlar) diniy ma’no va mazmun kasb etadi. Ularning majmui diniy yo`nalishning shakllanishi va faoliyat ko`rsatishini ta’minlaydi. Har bir din yoki diniy konfessiya (yo`nalish)ning sobit aqidalari mavjud.
Islom dinida imoni mufassal quyidagi aqidani - Alloh’, Uning farishtalari, muqaddas kitoblari, payg’ambarlari, oxirat kuni, takdir (yaxshilik va yomonlik Alloh’ning irodasi bilan bo`lishi)ga va o`lgandan keyin tirilishga ishonishni o`z ichiga oladi.
Dinning bag’rikeiglik moh’iyati. Insonning aqliy va h’issiy qobiliyatlaridan tashqari barcha dinlarning zamirida uchinchi cheksizlikni idrok qilish qobiliyati h’am bor. Insoniyat dinga e’tiqodga muh’toj. Zero, h’ammaga ideal kerak. Dinlarning kelib chiqishi bir, ammo bashariyat turli dinlarga e’tiqod qiladi, h’atto bir xalq, millat h’am turli diniy ta’limotlarga ergashadigan h’ollar mavjud. Barcha dinlarda ezgulik g’oyalari ustuvor, «yaxshilik qil, yomonlik qilma» demagan birorta diniy ta’limot yo`q. Barcha dinlarni, h’atto eng qadimgilarini h’am bag’rikenglik ruh’ida o`rganmoqzarur.
Diniy mavzuni yoritishda bag’rikenglik (tolerantlik), sabr-toqatlilik, inson, jamiyat, dunyo h’aqidagi qarashlarning o`zaro muboh’asasi usulidan foydalanish maqsadga muvofiq. Diniy va nodiniy dunyoqarash shakllarining o`zaro o`xshash tomonlariga urg’u berish darkor.
Bugun O`zbekiston diniy bag’rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo`lmoqda. Bu h’akda Moskva va Butunrus patriarxi Aleksiy II, Xillari Klinton va Madlen Olbrayt, Iordaniya shah’zodasi Hasan bin Tallol kabi dunyo miqyosida katta obro` va nufuzga ega insonlar yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o`tdilar.
Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo`lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
IX asrdan boshlab h’ozirgi O`zbekiston h’ududida islom dini sunna yo`nalishining h’anafiy (Imom A’zam) mazh’abi qaror topdi. Hanafiylik o`zga dinlar va maqalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazh’ablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga etkazgan vatandoshlarimiz — Abu Mansur Moturidiy, Abulmu’in Nasafiy va Burh’oniddin Marg’inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g’oyaviy tarafkashlikka barh’am berish, islom dinining «ah’li sunna val jamoa» yo`li barqaror bo`lib qolishiga katta h’issa qo`shdilar. Buyuk islom ulamolari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo h’ukmdorlari h’am bu yo`lda kurashdilar.
X asr o`rtalarida islom dunyosida shia yo`nalishi (Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda — fotimiy-lar, Yamanda — zaydiylar va h’atto abbosiylar poytaxti Bag’dodda — buvayh’iylar) ustunlikka erishgan bir paytda Markaziy Osiyoda toh’iriy, somoniy, g’aznaviy va qoraxoniy h’okimlari «ah’li sunna val-jamoa» aqidasini qat’iyatbilan h’imoya qildilar.
Xususan, o`z davrining ramzi bo`lgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ah’amiyatini to`g’ri idrok etgan. Sharafid-din Ali Yazdiy Soh’ibqironni h’aqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muh’imi, Amir Temur «axli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qarshi qat’iy bo`lgan, islom dinini mutaassiblikdan xoli, er-kin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish h’isobiga bo`lmagan va shu jih’atdan h’am, u nafaqat o`z asri, balki h’ozirgi zamon kishisi uchun h’am namunadir.
Mustaqilliktufayli o`zligimizni anglash, ma’naviy qadri-yatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan h’ozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo`lib kelgan islomga munosabat tubdan o`zgardi. Bu soh’adagi yutuklarni sanab o`tirishga h’ojat yo`q. Ularni ko`rmaslik mumkin emas, ko`rolmaslik mum-kindir, balki. Ammo masalaning boshqa tomoniga e’tiborni jalb qilish muh’im. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatlarda yuz bergani kabi bizning mamlakatda h’am ta’lim yo`nalishi mazmun-moh’iyatiningo`zgarishi, davlattili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiborning ortishi, bularning h’ammasi, diniy omil Jamiyatiga davlatning munosabatini ko`rsatadi.
Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga h’am duch kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbashariy muammoga aylandi. Uning echimibir mamlakatning qo`lida emas, balki xalqaro miqyosdagi sa’y h’arakatlarni talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda h’am, O`zbekiston h’ukumatr diniy bag’rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikada islom bilan bir qatorda boshqa noislomiy konfessiyalar h’am eminerkin faoliyat ko`rsatmokda. Fuqarolarga millati, irqi dinidan qat’i nazar, teng h’uqukdar qonun orqali kafolatlan gan. Buni diyorimizga ochiq qalb bilan kelayotgan h’ar bir meh’ mon o`z ko`zi bilan ko`rmokda va e’tirof etmokda.
Dunyoviy davlat va din. Mustaqillik ijtimoiy h’ayotning barcha soh’alarida, jumladan, ma’naviy h’ayotdagi yangilanish jarayonini, tub o`zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik h’ujumkorlik siyosatiga barh’am berildi, vijdon erkinlig qonun orqali kafolatlandi.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat h’aqida gap keta ekan, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyilin: uningasosini ta’kidlash zarur. Bu h’akda Konstitutsiyamiznin 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan h’amda qonun oldida tengdirlar Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Mazkur moddada muh’im qoidalar mustah’kam qo`yilgan. Avvalo diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil h’uquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Bugungi kunda respublikamizda 15 ta noislomiy konfes siyaga mansub 186 ta tashkilot emin-erkin faoliyat olib bora yotgani h’am buning amaliy ifodasidir. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi h’isoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilga bo`lsada, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar h’am jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o`z mavqeiga ega bo`ladi.
Din va jamiyat h’ayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir ta moyil — din soh’asida kechayotgan o`zgarishlarni xolis va ilmsh o`rganish, bashorat qilish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy illatarning oldini olishdir.
Davlatningdinga bo`lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir gamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga h’arakat qiladi.
I.A.Karimovniig Oliy Majlisning o`n to`rtinchi sessiyasida so`zlagan nutqida bu tamoyil o`zining yorqin ifodasini topgan: «Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yuuklari, yuksak texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o`zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo`yganmiz». Bu fikrlar h’ayotiy voqelikka aylanmokda.
Dunyoviy davlatning dinga bo`lgan munosabatida dindorlar-ning h’uquqiy maqomi va davlat tomonidan o`tkazilayotgan tad-birlarda diniy konfessiyalar h’aqidagi qonunlarning h’ayotga tatbiq etilishidek- ikki muh’im jih’at h’am bor.
Konstitutsiyamizda bu masalalar o`z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi h’uquqiy-me’yoriy talablarga to`la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va x,ech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo`yilishini ta’minlovchi Konstitutsiyaning 31-mod-dasida, jumladan, shunday deyiladi:
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Qar bir in-son xoh’lagan dinga e’tiqod qilish yoki h’ech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik h’uquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi».
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo`lgan munosaba-tini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o`z ifodasini topgan:
~ dindorlarning diniy tuyg’ularini h’urmat qilish;
~ diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmala-rining xususiy ishi deb tan olish;
~ diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning h’am, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning xam h’uquqlarini teng kafo-latlash h’amda ularni ta’qib qilishga yo`l qo`ymaslik;
- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni Qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoni-yatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo`lla-Rini izlash zarurati;
- dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yi bo`lmasligini e’tirof etish.
Davlatningdinga munosabatidagi asosiy xususiyati - bu din-ning siyosatga aralashmasligi. Zero, h’ar qanday din, birinchi o`rinda ma’naviy-axloqiy jih’atni o`z ichiga oladi.
Hech qaysi din o`zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosi( va madaniy jih’atlarining barchasini qamrab olishga da’vogar-lik qilmaydi. Aks h’olda u din bo`lmay qoladi. Xuddi shu asosd; O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida di niy-siyosiy partiyalartuzish taqiklangan.
O`zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag’rikenglik barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida dsh-bilan h’amkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosid; amalga oshiriladi. Chunki konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifir davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqa-rashidan qat’i nazar, siyosiy xox.ishlarini bildirishda barch< fuqarolarningteng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida» gi Qonun
Ushbu qabul qilingan bo`lib, 1993 - yilda kiritilgan ba’zi qo`shimcha va o`zgartirishlar bilan 1998 yilga qadaramalda bo`lib keldi.
1990 yillarning boshlarida h’ukumatimiz tomonidan beril-gan imkoniyatlarningsuiste’mol qilinishi, masjid qurish kam-paniyaga aylanib ketishi oqibatida ularning soni 89 tadan 5000 tagacha etdi. Ularningaksariyati xujjatlari to`liqrasmiylash-tirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8% diniy ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo`lmagan h’olda faoliyat yurgizib, turli "peshvo"lar masjidlarni o`z uyalariga aylan tirishga h’arakat qildilar.
Ba’zi diniy tashkilotlarning rah’barlari xorijiy fuqaro-lar bo`lib, aslida h’ech qanday diniy ma’lumotga ega bo`lmay, mo-liyaviy yordam ko`rsatish h’isobiga respublika h’ududidagi dini tashkilotlarga rah’barlik qilib olib, buzg’unchilik, missioner lik faoliyati bilan shug’ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadi turli yo`l va usullar bilan o`z saflarini mah’alliy millat vakillari xisobiga kengaytirishdan iborat edi.
Davr xalablari asosida <Kiritilgan o`zgartirishlar nimalardan iborat edi?
Jumladan, Qonunning 8-moddasiga asosan, diniy tashkilotlar 18 yoshga to`lgan va respublika h’ududida doimiy yashayotgan 100 nafardan kam bo`lmagan O`zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi, muayyan konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va yo`naltirib borish uchun ular-ning respublika bo`yicha yagona markaziy boshqaruv organi tuzi-lishi mumkinligi h’aqidagi qoida mustah’kamlab qo`yildi.
Shuningdek, tegishli diniy ma’lumotga ega bo`lgan O`zbekis-ton fuqarolari diniy tashkilotlarning rah’barlari etib sayla-nishlari, bunday lavozimga istisno h’olatda xorijiy fuqarolar nomzodlari Vazirlar Mah’kamasi h’uzuridagi Din ishlari bo`yi-cha qo`mita bilan kelishib olinishi belgilab qo`yildi.
Konunning 9-moddasiga muvofiq diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruh’oniylar va o`zlariga zarur bo`lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o`quv yurtlari tuzishga h’akdidir.
Qonunning 5-moddasida bir konfessiyadagi dindorlarni bosh-qasiga kiritishga qaratilgan xatti-h’arakatlar (prozelitizm), shu-ningdek, boshqa h’ar qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
Ushbu moddaning mazmuni va ah’amiyatini tushunish uchun mis-sionerlik va prozelitizm nima ekanini bilib olish kerak. Missionerlik — bu boshqa diniy e’tiqodga ega bUlgan shaxsni o`z diniga og’dirib olishlik bo`yicha diniy tashkilotlar vakil-lari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat. Prozelit — bu o`z dinidan kechib, boshqa dinga o`tgan odam.
Qonunning 16-moddasiga asosan: «Diniy tashkilotlar uchun er ajratish h’amda ibodat binolari qurish tegishli ravishda Krra-qalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar vaTosh-kent shah’ar h’okimliklari, shuningdek, O`zbekiston Respublika-si Vazirlar Mah’kamasiningruxsati bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi».
Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo`lgan 19-moddasi Ham bir qadar o`zgartirildi: «Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo`ljallangan buyumlar, Diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot material-larini O`zbekiston Respublikasi Qonun h’ujjatlarida belgi-langan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga h’amda tarqatishga h’akdidir». Mazkur qoida O`zbekiston h’ududiga Diniy adabiyotlarning olib kirilishini tartibga soladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling