Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


-mavzu. Davlat va din. O`zbekistonda davlatning


Download 1.03 Mb.
bet2/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

2-mavzu. Davlat va din. O`zbekistonda davlatning dtsn va diniy tashkilotlar bilan munosabati


Reja:
1. O`zbekistonda diniy tashkilotlarni ro`yxatga olish tartibi.
2. O`zbekistonda faoliyat ko`rsatuvchi diniy tashkilotlar.
3. Diniy qadriyatlar va jamiyat ma’naviy h’ayoti.


Respublikamiz fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarini birgalikda ado etish maqsadi-da tuzilgan ko`ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o`quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi.
Mamlakatimizda diniy tashkilotlarni tashkil etish, davlat ro`yxatidan o`tkazish yoki faoliyatini tugatish Vazirlar Mah’ka-masining 1998 yil 20 iyundagi «O`zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi to`g’ri-sida»gi qaroriga asosan olib boriladi.
Diniy tashkilotlar, yuqorida qayd qilinganidek O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan va respublika h’ududida doimiy yashayotgan 100 nafardan kam bo`lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi mumkin. Tashkilotustavi qabul qilin-gandan keyin bir oy muddatda barcha zarur ta’sis h’ujjatlari Adliya vazirligi yoki uningjoylardagi idoralariga Taqdim etilishi zarur. Bir diniy tashkilotning a’zosi bir vaqtning o`zida boshqa diniy tashkilotning a’zosi bo`lishi mumkin emas.
Markaziy boshqaruv organi O`zbekiston Respublikasining kamida 8 ta h’ududiy tuzilmasi (viloyatlar, Toshkent shah’ri, Qoraqalpog’iston Respublikasi)da faoliyat ko`rsatayotgan tegishli konfessiyalarning ro`yxatdan o`tkazilgan diniy tashkilotlari va diniy o`quv yurtlari vakillari ta’sis konferentsiyasi tomonidan tuziladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkaziladi.
Boshqadiniytashkilotlarustavi Krraqalpog’iston Respublika-si Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shah’ar adliya boshqarma-lari tomonidan, Din ishlari bo`yicha qo`mita yoki uning joylardagi vakili bilan kelishilgan h’olda, davlat ro`yxatidan o`tkaziladi.
Taqdim etilgan h’ujjatlar bir oy muddatda ko`rib chiqiladi h’amda ustavni ro`yxatdan o`tkazish to`g’risida qaror qabul qilin-gan takdirda diniy tashkilotlarga Adliya vazirligi yoki uning joylardagi idoralari tomonidan guvoh’noma beriladi.
Tegishli h’ollarda diniy tashkilot faoliyatini tugatish va tarqatib yuborish to`g’risidagi qaror uni ro`yxatdan o`tkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi.
O`zbekistonda faoliyat ko`rsatuvchi diniy tashkilotlar. Tarixdan ma’lumki, h’ar qanday davlatning barqarorligi undagi xalq-lar, millat va elatlarning h’uquq va erkinliklari faqatgina (Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida (yangi tah’riri). O`zbe-h’ kiston Respublikasshshng Qonuni. - T.: 1998. - B. 5) qonuniy h’ujjatlarda belgilanishiga emas, balki ularning amalda darajada o`z tasdig’ini topishiga xam bog’liqdir. Shu nuqtai
nazardan qaraganda, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog’liq h’uquqlari nafaqat qonun bilan mustah’kamlab qo`yilgani, balki amaliyotda uning asosiy tamoyillariga kat’iy rioya qilinayotgani h’ayotiy dalillar bilan tasdiqlanayot-ganini ta’kidlash zarur.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda diniy tashkilotlarning soni o`sdi. 1990 yilda respubdlkada 9 ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o`quv yurti mavjud bo`lgan bo`lsa, bugungi kunda 2186 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan eng yirigi O`zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va O`rta Osiyo Eparxiyasi, Evangel xristi-an-baptistlar cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To`liq Injil xristianlari cherkovi, O`zbekiston Bibliya jamiyati. Shuningdek, 1987 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 8 ta yaxdaiy sinagogalari, 6 ta Bah’oiylar jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
O`tgan yillar davomida diniy o`quv yurtlarining ishi h’am rivojlantirildi. Mustaqillikkacha bor-yo`g’i 2 ta diniy o`quv yurti ishlagan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 13 taga etdi. Ilk marta diniy o`quv yurti talabalariga stipendiya berish ta’sis etildi.
Umuman olganda, sobiqsovet davrida diniy bilim yurtlariny jami 425_kishi-bitirgan bo`lsa, mustaqillik yillarida, respublikadagi 10 ta madrasa va Toshkent islom institutini 1991-2007 yillar oraida -1058 kishi bitirib chiqdi. Shu jumladan, imomlarning diniy ma’lumoti darajasi sezilarli oshirilishiga erishildi. Bugunga kelib, ularning 90 foizdan ziyodi maxsus diniy ma’dumotga ega.
Fuqarolarga h’aj ibodatini ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Shu o`rinda 1994 yildan h’ojilar uchun imtiyozli valuta konvertatsiyasi tashkil etilganini aloh’ida qayd etish lozim. Ushbu maqsadda o`tgan yillarda 47 milliondan ortiq AQSh dolllari ajratildi. 1991 yilda h’ajga boruvchilar soni 1500 ki- etgan bo`lsa, 1996 yildan esa bu raqam yiliga

3800 ni tashkil-etmokda. Mustaqillik davrida jami 45 mingda ortiq kishi h’aj ibodatini ado etdi.


Yuqoridagi kabi o`zgarishlarni boshqa konfessiyalar misoli-da h’am ko`rish mumkin. Xususan, 1998 yildan Pravoslav h’amda Protestantseminariyalari faoliyat ko`rsata boshladi, Rus pravo slav cherkovi Toshkent va O`rta Osiyo Eparxiyasining 125 yillip va Evangel-Lyuteran jamoasining 100 yilligi nishonlandi.
Bularning bari Xelsinki Yakunlovchi akti, Vena va Kopen gagenda qabul qilingan h’ujjatlarda qayd etilgan shaxsning vij don va din erkinligi borasidagi tamoyillarga to`la muvofsh keladi. Lekin ming afsuski, yuqorida zikr etilgan erkinlik larni suiste’mol qiladigan, ulardan o`z g’arazli maqsadlari yo`li da foydalanadiganlar h’am mavjud. Prezidentimiz ta’kidlagan laridek: «Biz din bundan buyon h’am ah’rlini eng oliy ruh’iy axloqiy va madaniy merosdan bah’ramand qilishi tarafdorimiz Lekin biz h’ech qachon diniy da’vatlar h’okimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot va qonunchilikka aralashish uchun bayroqbo`li shiga yo`l qo`ymaymiz. Chunki bu xrlni davlatimiz xavfsizligi barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb h’isoblaymiz».
1966 yil 16 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Xalqaro fuqarolik va siyosiy h’uquqlar pakti»ning 18-moddasiga muvofiqravishda, O`zbekiston Respubli-kasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risi-da»gi Krnuni 3-moddasida: «Dinga e’tiqod qilish yoki o`zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tarti-bini, boshqa fuqarolarning h’ayoti, salomatligi, axloqi, h’uquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo`lgan darajadagin; cheklanishi mumkin»ligi belgilangan12.
Mazkur qonunning 23-moddasiga ko`ra «Vijdon erkinligi diniy tashkilotlar to`g’risidagi qonun h’ujjatlarini buzishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxslar, diniy tashkilotlarning xiz-matidagilar va fuqarolar O`zbekiston Respublikasi qonun h’uj-jatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar». Bu modda qonun oldida barcha bir xil bo`lishini ta’minlaydi.
1998 yilning 1 may kuni O`zbekiston Respublikasining Ma’ muriy (184, 184-1, 201, 202-1, 240, 241-moddalar) va Jinoya (141, 145, 156, 216, 217, 229-2, 244-1-moddalar) kodekslariga h’am qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Jumladan, quyidagi
'" O`zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim tizimi. - T.: 2003. - B. 16.
" Karimov I.A. O`zbekistoi XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tah’did, barqs rorlik shartlari va taraqqiyot kafshatlari. - T.: O`zbekiston, 1997. - B. 44.
12 Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida (yangi tah’riri), O`zbekiston Respublchkasiping Qoiuii. - T.: 1998. - B. 3.
qonuniy faoliyatlar uchun solinadigan jarimalarning miqdori ko`paytirildi: jamoat joylarida ibodat liboslarida yurish (diniy tashkilotning xizmatidagilar bundan mustasno);
- diniy marosim, namoyish va boshqa urf-odatlarni bajarishda qonun-qoidalarni buzish;

  • O`zbekiston Respublikasida taqiqlangan diniy tashkilot va jamoalarning faoliyatida ishtirok etishga jalb etish;

  • prozelitizm va missionerlik faoliyatini yuritish;

- diniy ta’limotdan saboqberish tartibini buzish.
Shuningdek, jinoyat kodeksi h’am ma’muriy javobgarlikka
tortilgandan so`ng amalga oshiriladigan javobgarlik bo`yicha yangi moddalar bilan to`ldirildi.
Diniy qadriyatlar va jamiyat ma’naviy h’ayoti. Uzoq vaqt davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O`zbekiston xalqi avloddan avlodga o`tib kelgan tarixiy qadriyatlari va o`ziga xos an’anala-rini saklab qolishga muvaffaq bo`ldi. Buyuk istiqlol esa ular-ning h’ar tomonlama rivoji uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasi-ga ko`tarilgan diniy bayramlar — Ramazon va Qurbon h’ayitlari-ning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (№ 193,11.04.1991 y.; № 221, 20.06.1991 y.) bilan dam olish kuni debe’lon qilingani va ular ommaviy ravishda, emin-erkin ni-shonlana boshlanganini ta’kidlash zarur. >
Din soh’asida olamshumul ah’amiyat kasb etgan ulamolarning merosini o`rganish, ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobay-nida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebah’o ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nih’oyatda muh’im vazifa bo`lib qoldi.
Ijtimoiy h’ayotni isloh’ qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari h’am ochildi. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining soh’aga oid qator Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Mah’kamasining Qarorlari va Farmoyishlari qabul qilinishi muh’im ah’amiyat kasb etdi.
Imom Buxoriy, Bah’ouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burh’oniddin Marg’ino-niy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja Ah’ror Valiy kabi muta-Fakkirlarimizning yubileylari o`tkazildi. Ulkan va boy mada-niyati.mizning uzviy qismi bo`lmish islom nazariyasi, tarixi, Fzlsafasi, h’uquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling