Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
Afrika qit’asida islom. Arab sharqi mamlakatlaridan farq-li ravishda Afrika davlatlari turli tillarda gaplashuvchi va h’ar xil dinlarga e’tiqod qiluvchi millat, elat va qabilalardan iborat. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, qit’ad/ 850 ga yaqin et-nik va lingvistik guruh’lar mavjud. Afrika — shimol arablari va janub qora tanlilaridan tashkil topgan bo`lib, mah’alliy an’anaviy dinlar, xristianlik va islomdan iborat uchta diniy tizimni o`z ichiga oladi. Ayni paytda, asosan ingliz, frantsuz, arab va portugal tillari kengtarqalgan.
Manbalarda qayd qilinishicha, Saxroi Kabirning janubida joylashgan mamlakatlar ah’olisining 50% mah’alliy dinlarga ishonadi. Gap shundaki, ba’zi ah’oli qatlamlari islom yoki xris-tianlikni qabul qilgan bo`lsalar-da, o`zlarining mah’alliy an’-anaviy dinlariga e’tiqod qilishda davom etmoqda. Tropik Afrika mamlakatlari ah’olisiningto`rtdan bir qismi islomga e’tiqod qiladi. Ularning ichida Nigeriya islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni bo`yicha birinchi o`rinda turadi. Nigeriyada 200 dan ortiq etnik guruh’ va millatlar istiqo-mat qiladi. Nigeriya ah’olisini asosan sunniylik yo`nalishida e’tiqod qiladigan musulmonlar, xristianlar va mah’alliy an’a-naviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar kabi uchta katta konfessio-Nal guruh’ga bo`lish mumkin. Separatizm muammolarini bartaraf etish maqsadida mamlakat 19 ta shtatga bo`lingan bo`lsa-da, diniy va etnik ixtiloflar h’am uchrabturadi. Xususan, o`tgan asrning 80-yillarida shariat sudla-rini amalga kiritish masalasida mamlakatda musulmonlar va xris-tianlar o`rtasida katta tortishuvlar bo`lib o`tgan. Axrlining 80 foizini musulmonlar tashkil qiladigan Se-negalda h’am islomning jamiyat h’ayotidagi o`rni sezilarli dara-jada kuchlidir. Islom dini Senegalga XI asrda kirib kela boshlagan. Germa-niyalikolim Gerbert Goldningyozishicha, «Senegal reformatori Sengor ko`p sonli qabilalarni, uchta din — islom, xristianlik va animizm-marabutlarni, qashshokdik va dabdabali h’ayot tarzi-ni afrika ritmi bilan mustah’kamlashga urindi». Marabutlar eng boy tabaqa va o`ta dindorlar rah’namolari bo`lib, mamlakatning eng xrsildor erlarini egallab olgan edilar. Ma-rabutlar mamlakat ichki siyosiy h’ayotida muh’im o`rin tutganlar. Ular rasmiy h’ukumat ruxsatisiz, Afrikadagi ko`pgina musul-mon jamoalari bilan aloqa o`rnatganlar. Marabutlarni mamlakatdagi nufuzi va musulmon aqoliga ta’-sirini h’isobga olib, Senegal arboblari o`zaro siyosiy kurashla-rida ular yordamiga tayanganlar. Senegal h’ukumati o`z siyosatida dunyoviyliktamoyili h’aqida gapirsa-da, amalda marabutlar ora-sida mutanosiblikni qidiradi. O`tgan asrning oxirlariga kelib Oyatullo Xumayniy g’oyalari kuchayib ketdi. Musulmonlar ah’olining ko`pchiligini tashkil qiladigan dav-latlardan yana biri — Uganda xisoblanadi. Ushbu mamlakat siyosiy h’ayotida h’am din muh’im mavqe egallaydi. Ugandaning etnik tar-kibi juda murakkab. Mamlakatning markaziy va janubiy min-taqalarini ko`p sonli etnik guruh’ va millatlar tashkil etadi. Ularning ichida eng katgasi «baganda» xalqi bo`lib, umumiy ah’oli-ning 18 foizini tashkil qiladi. Shimolda lango, agoli, kara-madjo va boshqa etnik guruh’lar istiqomat qiladi. 1972 yiddan boshlab, Ugandada mamlakatning ijtimoiy-iqti-sodiy va ijtimoiy-siyosiy h’ayotini islomlashtirish rejasi tu-fayli, islomning nufuzi orta boshladi. Bugungi kunda bu jara-yon «etnik tozalashlar» bilan bir qatorda kechayotgani mamlakatni og’ir ah’volga solib qo`yayotganini ta’kidlash zarur. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling