Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arabiston yarim oroli, Shimoliy Afrika va Osiyo davlatla- rida islom.
- Saudiya Arabistonini
- Saudiya Arabistonida
- Afg’oniston
6-mavzu. Zamonaviy Musulmon olami
Reja: 1. Ah’olining ko`pchiligini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlar. 2. Afrika qit’asida Islom. 3. Janubiy Sharqiy Osiyoda Islom. Jah’onda 1,3 mil-liarddan ortiq kishi islomga e’tiqod qiladi. Musulmonlar-ning uchdan ikki qismidan ko`prog’i Osiyoda, qariyb 30 foizi Afrikada istiqomat qiladi. Dunyodagi musulmon jamoalari mav-jud bo`lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musul-monlar ah’olining ko`pchiligini tashkil qiladi. Jumladan, In-doneziyada 210 million, Pokistonda 150 million, Bangladeshda 110 million, Nigeriyada 80 million, Eron va Turkiyada 65 mil-liondan, Misrda 60 million, Marokash va Jazoirda 30 milli-ondan, Saudiya Arabistonida 17 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlarning soni 140 milliondan ortgan. Bulardan tashqari Kavkaz (Ozarbayjon) h’amda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Shimoliy Kavkaz (Checheniston, In-gushetiya, Kabardin-Balqar) kabi bir qator mintaqalari, Mar-kaziy Osiyo davlatlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Zikr qilingan mintaqalar va mamlakatlarga xos geografik va etnomadaniy xususiyatlar, ularda islom dinining o`rni va roli keng qamrovli masala bo`lgani h’amda batafsil tah’lil etish qiyinligi sababli ularga xos ayrim umumiy va xususiy jih’atlar h’aqida fikr yuritish maqsadga muvofiqh’isoblanadi. Arabiston yarim oroli, Shimoliy Afrika va Osiyo davlatla-rida islom. Mazkur mintaqada joylashgan va musulmonlar ah’oli-ning ko`pchiligini tashkil etadigan davlatlar h’ayotida islom dini muh’im mavqeni egallab kelmoqda. Tarixiy taraqqiyotning muayyan davrlarida mazkur o`rin juda kuchli, ba’zi paytlarda o`rtacha, ayrim vaqtlarda esa birmuncha past bo`lganini ko`rish mumkin. Ammo h’ar uchala sifatiy h’olatda h’am islom omili min-taqa xalq parining kundalik h’ayoti va turmush tarzida mustah’kam mavqega ega bo`lgani shubh’asiz. Bu esa, o`z navbatida, murakkab tarixiy vaziyatlarda islom omilining ijtimoiy-siyosiy sah’na-dagi faollashuviga zamin yaratib kelmoqda. Buni turli misol-larda ko`rish mumkin. Masalan, 1960 yillarda neft qazib olish va uni eksport qilish Saudiya Arabistonini boy mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. Mamlakatda ta’lim soh’asining o`sib bori-shi, sanoatning zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanishi, xo`jalik va ma’muriy ish yuritishning yangi shakllarining vu-judga kelishi, saudiyaliklarning G’arb mamlakatlariga borib tah’sil olishlari, ajnabiy mutaxassislarning mamlakatga kelib tsshlashlari, radio, televidenie va kompyuterlardan foydala-tsish Saudiya Arabistonida diniy ulamolarning ta’sirini bir-muncha kamaytirdi. Shunga qaramay, 1960 yillarda h’ukumat foy-dadan olinadigan soliqni joriy qilganda ulamolarning e’tirozlari bilan bu soliq faqat ajnabiylardan olinadigan bo`ldi. Mazkur misolni h’am din va ulamolarning jamiyat h’ayoti-dagi ta’sir kuchining isboti sifatida qarash mumkin. Shialik azaldan kuchli mavqega ega bo`lgan Eronda h’am XX asrning so`nggi choragigacha bo`lgan davrda bu ta’sir birmuncha susaygan bo`lsa-da, aslo yo`qqa chiqmadi. Shialik ruh’oniylari davlatda asosiy rah’bar kuchga aylanishiga olib kelgan 1978-79 yillardagi inqilob buni isbotlab berdi. 1979 yilning martida o`tkazilgan umumxalqreferendumi esa Eronning Islom respub-likasiga aylanishiga olib keldi. Shundan so`ng qabul qilingan yangi Konstitutsiya ruh’oniylarning qonunchilikda yakkah’okim-ligini yana qaytadan tikladi. Shu tariqa ko`pchilik shia ruh’o-niylarining diniy va dunyoviy h’okimiyatning ajralmas ekani xaqidagi g’oyalari amalda o`z ifodasini topdi. XX asrda insoniyat h’ayotida sodir bo`lgan keskin ijtimoiy o`zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti din, uning jamiyat va ki-shilar h’ayotidagi o`rni masalasida h’am o`z ifodasini topdi va ruh’rniylar orasida g’oyaviy jih’atdan an’anachilar, fundamenta-listlar va modernistlardan iborat uch yo`nalishning paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Ular orasida muayyan farqlar borligi shub-h’asiz. Shunga qaramay, masalan, Eron ulamolari ichida bu ayniqsa yaqqol ko`rinadi, ularning h’ar uchalasiga h’am davlatni boshqa-rishda asosiy mas’uliyat ruh’oniylarning elkasida bo`lishi lo-zi.m degan qarash xosligini ta’kidlash zarur. Shunday bo`lsa-da, zamonaviy iloh’iyotchilar orasida diniy va siyosiy h’okimiyat ru-h’oniylarning qo`lida jamlanishi shart emas, eng asosiysi, biri ikkinchisiga tazyiq o`tkazmasligi uchun diniy institutlar va h’ukumat orasida h’okimiyatni qat’iy tarzda taqsimlab berish lo-zim, degan qarashlarni h’am uchratish mumkin. Mintaqa davlatlari h’ayotida islomning o`rni h’aqida gap ke-tar ekan, h’ozirgi davrda uning davr o`zgarishlariga moslashuv jarayoni davom etayotganini h’am ta’kidlash zarur bo`ladi. Ma’-lumki, islom sudxo`rlikni (foiz olishni) taqiklaydi. Lekin h’ozirgi zamon iqtisodiyoti sarmoya bozorisiz faoliyat ko`rsata olmaydi. Chunki uni foyda olish tizimi boshqaradi. Shunday VDziyatda diniy talabni aylanib o`tishga xizmat qiladigan va ayni paytda, foiz vazifasini bajaradigan bank xizmati uchun badal (vznos) yig’ish tartibi o`ylab topildi. Shu bilan birga, islomni amalga oshirilayotgan ijtimoiy is-loh’otlarga h’amoh’ang talqin qilishga munosabat h’amma mamlakat-larda h’am bir xil deb bo`lmaydi. Xususan, shia nazariyotchilari, islomdagi h’ar qanday isloh’otlar o`rinsiz, deb h’isoblaydilar. Chunki ularning fikricha, islom qonunlari «yuqoridan nozil qilingan», shuninguchun h’am, ular isloh’qilinishi mumkin emas. Saudiyada 1930 yillarda asos solingan, ulamolar raqbarligida jamiyatda axloq me’yorlarini, odamlarning yurish-turishlarini nazorat qiluvchi «ijtimoiy axloq komitetlari»ning h’anuz faoliyat olib borayotganini h’am ana shu qatorga kiritish mumkin. Tarixiy tajriba iqtisodiyotda muvozanatningbuzilishi, ij-timoiy soh’ada esa kuchli tabaqalanishning yuzaga kelishi, axrli-ning qashshoklashuvi kabi omillar diniy ekstremistik h’arakat-lar paydo bo`lishiga zamin yaratishini ko`rsatadi. Shuning uchun h’am, diniy ekstremistik h’arakatlar o`z faoliyatining dastlabk davrida ijtimoiy masalalarga aloh’ida e’tibor berish orqali o`: tarafdorlarini ko`paytirishga intiladi. Keyinroq, mustah’ka oyoqqa turib olgach, ularning asosiy maqsad-muddaolari o`zini na-moyon qila boshlaydi. Bu muloh’aza yuritilayotgan mintaqaga h’am bevosita daxldordir. Masalan, Misrda tashkil topgan «Musulmon birodarlar» h’am ilk davrda kambag’allarga yordam berish, bepul maktab ochish va tibbiy yordam ko`rsatish ishlari bilan shug’ullan-gan va bunday tadbirlar tashkilot a’zolarining ko`payishiga h’amda uning omma orasida obro`sining oshishiga olib kelgan edi. Bugungi kunda keng ijtimoiy tayanchga va o`z g’oyalarini tash-viqot qilish uchun katta nashr imkoniyatlariga ega diniy ekst-remistik h’arakatlar Saudiya Arabistoni uchun h’am jiddiy tash-vishga aylanganini ta’kidlash zarur. Mintaqa dinning siyosiy omilga aylanishi, diniy ekstremis-tik h’arakatlar salbiy oqibatlarining yorqin misolini berish bilan bir qatorda ular bilan murosa qilishga intilish nimalar-ga olib kelishi mumkinligining h’am yaqqol namunasini beradi deyish mumkin. Xususan, Misr Prezidenti Anvar Sadat kommu-nistik g’oyalar va dah’riylikka qarshi kurashda foydalanish uchun 1971 yilning yozida «Musulmon birodarlar» bilan aloqa o`rnatdi va ushbu tashkilotning asoschisi Hasan al-Banno bilan faxrlani-shini e’lon qildi. Berilgan imkoniyatlar ekstremistlar tomoni-dan yangidan-yangi talablarning qo`yilishga zamin yaratdi. Bu o`z navbatida diniy tashkilotlar faoliyatining davlat tomonidan yangidan qat’iy nazorat ostiga olinishiga, diniy ma’ruzalar us-tidan tsenzura o`rnatilishiga olib keldi. Oqibatda Anvar Sadat o`z raqiblariga qarshi kurashda foydalanishga intilgan islomiy gu-ruxlar tomonidan o`limga mah’kum etildi. Islom omili mintaqa mam, 1ak;gglariningtashqi siyosatida muh’im o`rinni egallaydi. Xususan Falastin muammosini h’dd qilishda davlatlar islom odatlari bilan h’isoblashishga majbur bo`lmokda. Anvar Sadatning 1 Afg’onistonda sho`ro qo`shinlarigaiga qarshi olib borilgan xara-katningushbu mintaqa mamlakatlari tomonidan mujoh’idlarning islom uchun «ateizm» va qarshi olib borayogan kurashi deb qaralgani va qo`llab-quvvatlanganini h’am islom omilining ushbu mamlakatlar tashqi siyosatiga ta’sirini ko`rsatuvchi misol sifatida qarash mumkin. Ayni paytda, ushbu mamlakatlarning o`zaro munosabatida h’am Mintaqa, arab dunyosi va musulmon olamida yo`lboshchilik qilishi uchun kurash h’am muh’im ah’amiyat kasb etayotganini ta’kidlash zarurur. Saudiya—Misr, Saudiya- Eron Saudiya—Liviya munosabatlarida bunday ziddiyatlarni yaqqol ko`rish mumkin. Bunday ziddiyatlar Eron—Iroq, Iroq— urushi davrida ayniqsa yaqol namoyon bo`lgan edi. Payg’ambar Muh’ammad va, , ikki buyuk muqaddas makon — Makka va Madinaning Saudiya Araabistoni erlarida joylashgan ushbu mamlakat rah’barlarining musulmon olamida o`z mavqelarini mustaqkamlash va Arab sharqida yo`lboshchilik vazifaoini o`tashga intilishiga zamin yashamokda. Ma’lumki, h’ozirgi kunda h’am Saudiya Arabistonida Qur’on asosiy qonun vazifasin bajarmokda. Shariat sudlarida islommningbarcha yo`l-yo`riqlarI va qoidalariga amal qilinadi. |uu/|dan kelib chiqib, Saudiya ron doiralari o`zlarini musulmon olaminingbarcha mintaqarida islom asoslarini va muqaddas joylarni qo`riqlovchtslar Deb ko`rsatish qamda «musulmon birdamligi» g’oyasini targ’ib qiLish yo`lidagi h’arakatlarini bir zumga bo`lsa qam to`xtatmayotganlilarini ta’kidlash zarur. Islom omilyning o`rni va unga xos xususiyatlar h’aqida gap ketar ekan, yana bir jih’at, ya’ni ushbu mamlakatlarda turli maz-h’ablarga e’tiqod qiluvchi musulmonlarning mavqei masalasiga alo-h’ida e’tibor qaratish lozim. Buni Iroq va Saudiya Arabistonida shia musulmonlarga bo`lgan munosabat misolida h’am ko`rish mum-kin. Yaqingacha Iroqda shialar turli darajadagi bosim ostida yashab kelgan bo`lsalar, saudiyaliklarning shialarni kam maosh to`lanadigan ishlarda ishlatishlari, h’attoki, shariat sudlarida shialar tomonidan beriladigan ma’lumotlar e’tiborga olinmas-ligi bunday munosabatni yaqqol namoyish etadi. Yukrridagilar bilan bir qatorda islom omili amaldagi siyosiy partiyalar mafkuraviy dasturlarda h’am muh’im o`rin egallaganini qayd etish lozim. Masalan, Misrdagi 12 ta partiyadan 7 tasining, jumladan, h’okim «Milliy demokratik partiya»ningtamoyillari-da «Islom shariati — qonunchilikning asosiy manbai», deb rasman qayd etilgani, qolgan 5 ta partiyaningtamoyillari h’am shariatga muvofiqravishdatuzilgani buning isboti bo`la oladi. Islomning jamiyat h’ayotidagi o`rnining o`zgarishi masalasi-ni ah’olisining ko`pchiligini musulmonlar tashkil qiladigan Turkiya misolida h’am ko`rish mumkin. O`z davrida musulmon olamining madaniy-diniy, iqtisodiy-siyosiy markazi bo`lib kelgan Usmonli turklar imperiyasining vorisi bo`lgan Turkiya Respublikasi murakkab taraqqiyot yo`lini bosib o`tdi. O`zining G’arbga moyilligi, demokratiya va dunyoviy-lik ustuvorligini ta’minlashga h’arakat qilishini namoyon eta-yotgan bugungi Turkyyaning shakllanishida XX asr boshlarida amal-ga oshirilgan jarayonlar muh’im ah’amiyat kasb etdi. Mustafo Kamol Otaturk va uning safdoshlari islomni dunyo-viy davlat qurishdek maqsadlariga erishishda asosiy to`siq bo`ladi deb h’isoblab, uni ijtimoiy-siyosiy minbardan siqib chiqarish va mamlakatda din ustidan to`liq nazorat o`rnatishga h’arakat qil-dilar. 1922 yil 1 noyabrda Otaturk va uning do`stlari sultonlik-ni yo`q qildilar. 1923 yil 29 oktabrda davlat tuzumi Respubli-ka deb e’lon qilindi. Shariat va vaqf ishlari boshqarmasi o`rniga Din ishlari bo`yicha vazirliktashkil etildi. Barcha mak-tablar maorif vazirligi tasarrufiga o`tkazildi. 1926 yil 1 yan-vardan boshlab Turkiya Grigorian kalendariga o`tdi. 1928 yil 10 aprelda mamlakat Konstitutsiyasidan «Turkiya Respublikasi dini — islomdir» degan ibora olib tashlandi. 1934 yilga kelib, an’-anaviy ismlar va titullar h’am bekor qilindi. Ayni shunday h’arakatlar natijasida Turkiya dunyoviy davlat tizimini qabul qildi. Bu islomning siyosiy jarayonlarga ta’- sirini birmuncha susaytirdi. Shunday bo`lsa-da, saylovchilar-ning ishonchini qozonish maqsadida ba’zi konservativ partiya-lar Otaturkning din borasidagi siyosatidan uzoklasha boshladi-lar. Otaturkning o`limidanso`ngesa, Respublikaxalqpartiyasining ko`zga ko`ringan a’zolari h’am islomni keragidan ortiqsiqib chi-qaribmiz, degan fikrni ayta boshladilar. Biroz vaqt o`tib, imomlar tayyorlaydigan oliy diniy maktabtashkil qilindi. Shundan keyin, asta-sekin islomiy tashkilotlar soni h’am ko`paya bordi. Ular kam ta’minlangan talabalarga moddiy va mo-liyaviy yordam ko`rsatmb, o`z ta’sirlarini maorif soh’asiga h’am o`tkaza boshladilar. Pirovard natijada bugungi kunda Turkiyada dunyoviy tizimni qo`llab-quvvatlaydigan, an’anaviy islomiy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash tarafdori bo`lganlar va radikal oqimdagi musulmonlardan iborat uch toifa shakllandi. Bu uch toifaning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri turlicha bo`lsa-da, ularning h’ar birining jamiyatda o`z o`rni va mavqei borligini va o`z tarafdorlariga ega ekanini qayd qilish zarur. Islomning jamiyat h’ayotidagi o`rni va mavqeini Afg’oniston misolida h’am ko`rish mumkin. Ma’lumotlarga ko`ra, mamlakat ah’olisining 50 foizini push-tunlar, 25 foizini tojiklar, qariyb 20 foizini o`zbeklar tash-kil etadi. Keyingi o`rinlarni h’azoriylar, jamshidlar, feruz-kuxi, taymoni va temuri kabi qabilalarni o`& ichiga oladigan chor-aymoklar h’amda turkmanlar, Pomir guruh’iga kiruvchi ni-ristoniy, lag’mon, vaxaniy, shug’nonlar kabi elatlar egallaydi. Mamlakatda juda kam sonli bo`lsa-da, beluj, h’ind va qirg’iz millatlari vakillari h’am yashaydi. Juda oz mikdordagi h’indlar, sikxlar va yah’udiylarni inobatga olmaganda, mamlakat ah’olisi to`laligicha islomga e’tiqod qiladi. Ularning ko`pchiligini sunniy-h’anafiylar, taxminan 13 foizini ja’fariy va 2 foizini ismoiliy shialartashkil etadi. Afg’onistonda islom dini jamiyat h’ayotida doimo yuqori va mustah’kam mavqega ega bo`lib kelgan. Hatto Omonulloq Xon o`tkaz-gan isloh’otlar, Savr inqilobi davrida h’am uning ta’sir dara-jasi nisbatan barqaror bo`lib keldi. Sho`ro qo`shinlarining mamlakatga kiritilishi esa islomiy h’arakatlarning kuchayishiga sabab bo`ldi. «Afg’oniston islom h’ara-kati», «Ittih’odu islomiy», «Xizb islomiy xolis», «Haraka-tul inqilobil islomiy», «Maxozi milliy islomiy», «Jab-Hayi najoti milliy» kabi diniy-siyosiy h’arakatlar va partiyalar yuzaga keldi. Sho`ro qo`shindari Afg’onistonni tark etganidan so`ng, mam-lakat istiqbolini belgilashga turlicha yondashuvlar, etnik va diniy mazxabchilikdagi kelishmovchiliklar o`zaro nizo va to`qna-shuvlar kelib chiqishiga zamin yaratdi. Islomiy guruxlar o`rtasidagi ko`p yillikto`qnashuvlarga bar-h’am berilib, 1992 yilda o`zaro kelishuv imzolangan bo`lsa-da, ziddiyatlarning saklanib qolishi va ayrim davlatlar o`zlarining g’arazli maqsadlaridan kelib chiqib qo`llab-quvvatlashlari nati-jasida 1996-2001 yillarda mamlakatda «Tolibon» radikal h’ara-katining ustuvor bo`lishiga h’amda mutaassiblik qarashlari va ama-liyotining joriy etilishiga olib keldi. Mamlakatda ilm-fan, madaniyat, ma’rifat, teatr, kino, musiqa, radio va televidenie tanazzulga yuz tutdi. Ma’naviy va ma’rifiy h’ayotning qashshokla-shuvi, diniy ekstremistik kuchlarning faollashuvi va jangari-lar tayyorlaydigan markazlarning ko`payishi sodir bo`ldi. 2001 yil 11 sentabr voqealaridan so`ng boshlangan aksilterror operatsiya-si «Tolibon» h’arakatining yo`q qilinishiga yo`l ochdi. Bugungi kunda Homed Karzay boshchiligidagi h’ukumat tomo-nidan olib borilayotgan siyosatda h’am islom omilining kuchli ta’sirini ko`rish mumkin. Shunday bo`lsa-da, diniy ekstremis-tik h’arakatlar tomonidan sodir etilayotgan terrorchilik xuruj-lari mamlakatda barqarorlik yuzaga kelishini ta’minlash uchun uzoq kurash olib borish zarurligini ko`rsatadi. Mamlakat ah’olisining asosiy qismini (56%) panjoblik-lar, qolgan qismini patani, balaki, muvojari, pushtun, be-lujlar h’amda boshqa millat va elat vakillari tashkil qiladi-gan Pokiston qam ko`p millatli va ayni paytda, eng yirik musulmon mamlakatlaridan biridir. Mamlakatah’olisining97% islomga e’tiqod qilgan h’olda, mutlaq ko`pchilik sunniylik-ning h’anafiy mazh’abida, 1,1% ja’fariy va 1,1% ismoiliy shialar h’isoblanadi. Pokiston diniy ekstremistik qarashlar va h’arakatlar kuchli mavqega ega bo`lgan mamlakatlardan biri deyish mumkin. Ular-ning ichida 1941 yilda tashkil etilgan «Jamoati islomiya» eng kattasi va kuchlisi h’isoblanadi. Partiya o`zining g’oyalari va fa-oliyati jih’atidan «Musulmon birodarlar» h’arakatiga yaqindir. «Jamoati islomiya»ning asosiy maqsadi mamlakatda islom tar-tibini o`rnatishdir. Bu tashkilotningta’siri talabalar orasida ayniqsa kuchlidir. Ayni paytda, mamlakatda xalq va ayniqsa, yoshlar orasida ta’sir doirasi kuchli bo`lgan «Tablig’» h’arakati bilan bir qatorda «Jaysh-e Muh’ammad», «h’arakatul mujoh’idin», «Sipoh’-e sah’o- ba», «Jamoat-e ulamo-e islomiy» kabi guruxlar xam mavjudli-gini qayd etish lozim. Bunday h’arakatlar tabiiy ravishda nafa-qat mamlakat, balki mintaqa davlatlari xavfsizligi va barqa-rorligiga h’am jiddiy taxdid solayotganini ta’kidlash zarur. Buni islom rasmiy din h’isoblanadigan va ah’olisining 88,3% h’anafiy mazh’abiga e’tiqod qiladigan Bangladeshda h’am Pokis-tondagi «Jamoati islomiya»ning sho`’basi xisoblangan Bangla-desh «Jamoati islomiya» tashkiloti keng faoliyat yuritayotganida h’am ko`rish mumkin. Hozirgi paytda a’zolar sonining ko`payishi va mamlakat-ning barcha h’ududlariga tarqalishi natijasida bu tashkilot h’uku-mat boshqaruv organlariga h’am o`z ta’sirini o`tkazmoqda. Mazkur tashkilot oxirgi paytlarda mamlakat siyosiy partiyalari tarki-bidan o`rin oldi. Hukumat h’amda parlamentning boshqa a’zolari bu tashkilotning ta’sir doirasining kengayishiga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish yo`lida h’ar xil qonunlar qabul qilmoq-dalar. Biroqtashkilot nafaqat siyosatda, balki ta’lim, madani-yat, sport, ommaviy axborot vositalari, din va boshqa soh’alarda h’am sezilarli darajada ta’sir kuchiga egaligi tufayli bunday chora-tadbirlardeyarli samarasiz qolmokda. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling