Akkumulatorlar batareyasining nosozliklari va ularning yuzaga kelish sabablari


Download 42.48 Kb.
bet1/4
Sana20.01.2023
Hajmi42.48 Kb.
#1104615
  1   2   3   4
Bog'liq
Akkumulatorlar batareyasining nosozliklari va ularning yuzaga kelish sabablari


Akkumulatorlar batareyasining nosozliklari va ularning yuzaga kelish sabablari
Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimining qoniqarsiz ishlashida ko‘p hollarda akkumulatorlar batareyasining nosozligi sabab bo‘lishi mumkin. Lekin akkumulatorlarning ba’zi dast- labki nosozliklari ishga tushirish tizimiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. Odatda, ishga tushirish tizimi ishining yomonla- shuvi akkumulatorlarda qaytmas jarayonlar sodir bo‘lgandan so‘ng namoyon bo‘la boshlaydi. Bunday nosozliklardan biri akkumula- torning uzoq muddat davomida o‘ta zaryadlanish sharoitida ishlashidir.
Akkumulatorlar batareyasining o ‘ta zaryadlanishi. Akku­mulatorning o‘ta zaryadlanishi elektrolit tarkibidagi suvning elek- trolizi (ya’ni, suvning kislorod va vodorodga parchalanishi)ni kuchaytiradi va oqibatda elektrolit tarkibidagi sulfat kislotaning miqdori oshadi. Suvning parchalanishi natijasida elektrolit qi- ziydi. Elektrolit haroratining ko‘tarilishi esa, o‘z navbatida, suvning bug‘lanishini oshiradi va sulfat kislotaning konsentratsiyasi yanada ortadi. Elektrolitdagi suvning jadal kamayishi plastinalarning yuqori qismining ochilib qolishiga va u yerda sulfatlanish sodir bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, elektrolit haroratining or- tishi plastinalarning mayishishiga, separatorlarning shikastla- nishi va qisqa tutashuvlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Mus- bat plastinalar atrofida to‘planadigan kislorod pufakchalari plas- tina panjarasi tarkibidagi qo‘rg‘oshinni oksidlaydi. Bu hol pan- jaralarning asta-sekin yemirilishiga olib keladi. Oksidlangan musbat plastinaning hajmi ortadi va qisqa tutashuv sodir bo‘lishi uchun yana bir sabab bo‘ladi.
O‘ta zaryadlanish natijasida chiqayotgan gaz pufakchalariga ilashib chiqqan elektrolit zarrachalari banka qopqoqlariga va uning atrofidagi detallar yuzasiga o‘tiradi. Batareya yuzasining namla- nishi, uni mahkamlovchi detallarning korroziyalanishi, elektr o‘t- kazgichlarning uchliklari va ularni qotirish boltlarining yemirilishi ham o‘ta zaryadlanishning belgisidir. Ba’zida bu belgilar elek­trolit sathi me’yordan yuqori bo‘lganda ham kuzatilishi mumkin.
O‘ta zaryadlanish hodisasining yuzaga kelishining asosiy sa- babi avtomobilning elektr ta’minoti tizimidagi kuchlanishning me’yoridan yuqori bo‘lishidadir. Bunday hollarda kuchlanish rost- lagichining me’yorida ishlayotganligini tekshirish va zarurat bo‘- yicha uni rostlash yoki almashtirish kerak. Akkumulator banka- larining birortasida qisqa tutashuv bo‘lsa, qolgan bankalarda, al- batta, o‘ta zaryadlanish hodisasi sodir bo‘la boshlaydi.

Download 42.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling