Akkumulatorlar batareyasining nosozliklari va ularning yuzaga kelish sabablari


Download 42.48 Kb.
bet3/4
Sana20.01.2023
Hajmi42.48 Kb.
#1104615
1   2   3   4
Bog'liq
Akkumulatorlar batareyasining nosozliklari va ularning yuzaga kelish sabablari

Qisqa tutashuv. Akkumulatorlar batareyasining bankalarida qisqa tutashuv, asosan, quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: plastinalarning qayishishi, separatorlarning shikastlanishi, plas- tinalar yuzasida o‘simtalarning hosil bo‘lishi, plastina aktiv mod- dalarining to‘kilishi natijasida bankaning pastki qismida to‘pla- nishi va qarama-qarshi qutbli plastinalar orasida tok o‘tkazuvchi ko‘prikchalarning shakllanishi va h.k.
Akkumulatorning elektr yurituvchi kuchining pasayib ketishi unda qisqa tutashuv mavjudligining asosiy belgisidir. Akkumu­lator e.y.k.ni yuklama ulanmagan holda voltmetr yordamida o‘lchash mumkin. Zaryadlash jarayonida qisqa tutashuv sodir bo‘- layotgan bankadagi elektrolit zichligi boshqa bankalarga nisbatan sekinroq ortadi.
Me’yordan ortiq o‘z-o‘zidan razryadlanish. Akkumulatorlar batareyasi sig‘imining bir sutka davomida o‘z-o‘zidan razryadla- nish oqibatida 2 % dan ortiq yo‘qotishi nosozlik hisoblanadi. Me’yor­dan ortiq o‘z-o‘zidan razryadlanish hodisasi batareyaning ustki qismining ifloslanishi, namlanishi yoki elektrolit sachrashi oqiba- tida har xil ishorali qisqichlari orasida elektr o‘tkazuvchi ko‘p- rikchalarning hosil bo‘lishi oqibatida yuz berishi mumkin. Elek­trolitning ifloslanishi yoki tarkibida yot aralashmalarning mav- judligi ham o‘z-o‘zidan razryadlanishga olib keladi. Shu sababli akkumulatorlar batareyasiga xizmat ko‘rsatilganda (distillangan suv quyilganda, elektrolit zichligi o‘lchanganda va h.k.) yuqori darajadagi tozalikka rioya qilish zarur. Agar akkumulatorda me’yor­dan ortiq o‘z-o‘zidan razryadlanish hodisasi yuz berayotganligi aniqlansa, batareyaning ustki yuzasi ifloslik va namlikdan yaxshilab tozalanadi, ehtiyotkorlik bilan undagi elektrolit to‘kiladi. Shundan keyin akkumulator bankalari distillangan suv bilan bir necha bor yaxshilab yuviladi, so‘ngra unga zichligi to‘kilgan elektrolit zich- ligiga teng bo‘lgan yangi elektrolit quyiladi.
Plastinadagi aktiv moddalarning uqalanib tushishi. Plastina yuzalaridan aktiv moddalarning uqalanib tushishi ham panjara- ning korroziyalanishi singari muqarrar sodir bo‘luvchi jarayondir. Akkumulatorlar batareyasini zaryadlangan holda tutish bu jara- yonni sekinlashtiradi. Chuqur razryadlanish va zaryadlash ja- rayonlarining ketma-ket va ko‘p marta sodir bo‘lishi plastinadagi aktiv moddalarning to‘kilishini tezlatadi. Plastinalardagi aktiv moddalarning to‘kilishi akkumulator sig‘imini kamaytiradi.




Download 42.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling