Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Islomning G’arb dunyosida tarqalishi


Download 1.03 Mb.
bet12/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Islomning G’arb dunyosida tarqalishi. Islom dunyodagi eng yosh dinlardan biri bo`lsa-da, unga e’tiqod qiluvchilarning soni yil sayin o`sib borishi barobarida u tarqalgan xududlar h’am kengayib bormoqda. Buni ah’olisining asosiy qismi musulmon bo`lmagan o`lkalarda h’am islomga e’tiqod qiluvchilar soni or-tib borayotganida ko`rish mumkin. Masalan, h’ozir AQShda qariyb 10 million, Frantsiyada 6 million, Germaniyada 3,5 million, Buyuk Britaniyada 1,5, Italiyada 1 milliondan ortiq, Gollan-diyada 1 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmokda. Evropa Ittifoqi bo`yicha jami dinga e’tiqod qiluvchilarning 15 millioni musulmonlardan iborat. Ma’lumotlarga ko`ra, 2015 yilga kelib ularning soni 40 milliongacha o`sishi bashorat qilinmokda.
Amerika Qo`shma Shtatlarida, statistik ma’lumotlarga ko`ra, mamlakatfuqarolarining 56 foizini protestantlar, 28 foizi-ni katoliklar va 7,5 foiz o`zini h’ech qanday dinga e’tiqod qil-maydigan - dinsiz deb h’isoblaydiganlar h’amda 3,5 foizini mu-sulmonlar tashkil qiladi.
Amerikada ilk musulmonlarning paydo bo`lishi 1530—1851 yillar orasida G’arbiy Afrikadan qul savdosining yo`lga qo`yi-lishi bilan bog’liq. Qullikuchun zo`rlab olib kelinayotgan ming-lab G’arbiy Afrikaliklarning 14—20 foizini musulmonlar tash-kil etgan. Bu musulmonlarningavlodlari o`z dinlarini unutib, asta-sekin xristianlikni qabul qilganlar.
Keyingi ko`psonli va bugungi kunda h’am o`zligini saqlab qolgan musulmon jamoalarining paydo bo`lishi XX asrning bosh-lariga to`g’ri keladi. Zero, aynan shu davrda Livan, Suriya, Us-monlilar imperiyasi va boshqa davlatlardan ko`chib kelgan mu-sulmonlar AQShda muqim yashay boshlaganlar. Ikkinchi jah’on urushidan so`ng bir necha bosqichni qamrab olgan va musulmon olamining deyarli barcha mintaqalaridan kelgan emigrantlar-ning uchinchi katta oqimi kuzatilgan. Xususan, ma’lumotlariga ko`ra, 1980—1996 yillarda mamlakatga Erondan 234,2, Pokis-tondan 131,8, Livandan 71,5, Iordaniyadan 57,6, Bangladeshdan 50,6, Irokdan 46,4, Afg’onistondan 40,2, Suriyadan 37,2, Tur-kiyadan 36,6 ming, sobiq ittifoqning musulmon respublikala-ridan 50 (jami 756,1) ming kishi ko`chib kelgan. AQShga doi-miy yashash uchun kelgan 59,3 ming misrliklarning deyarli yarmi, 498,2 ming h’indistonliklarning chorak qismi h’amda 73,2 ming nigeriyalik va 59,2 efiopiyalikning aksariyatini musulmonlar tashkil etgan.
Shu bilan birga, AQShda jami musulmonlar sonini aniq-lashda ba’zi tafovutlar mavjudligini h’am ta’kidlash zarur. Bu-ning asosiy sababi - ba’zi diniy tashkilotlarning o`z izdosh-lari sonini ko`paytirib ko`rsatishga h’arakat qilishidadir. Jumladan, AQShdagi musulmonlar soni Shimoliy Amerika is-lom jamiyati ma’lumotiga ko`ra, 2000 yilda 7 million, Ameri-ka oliy islom kengashi ta’kidlashicha 15 million, Britaniya ensiklopediyasi ma’lumotlariga ko`ra, 4,1 million kishini tash-kil qilgan.
Umuman olganda, musulmonlarning soni bo`yicha tafovutlar barcha mamlakatlarga xosligini ta’kidlash zarur. Shuning uchun h’am, G’arb dunyosi mamlakatlarida musulmonlarning soni h’aqida yuqorida qayd etilgan raqamlar taxminiy ekanini qayd etish lozim. Buni oxirgi ma’lumotlarda AQShdagi musulmonlar soni-ning 9,7 million kishi deb ko`rsatilishi h’am tasdiqlaydi.
Jug’rofiy va etnomadaniy tavsiflari h’aqida gap ketganda, ma’lumotlarda amerikalik musulmonlarning 26,2 foizini arab-lar, 26,2 foizini arab bo`lmaganlar (turk, eron va boshqalar), 23,8 foizini afroamerikaliklar, 24,7 foizini Janubiy Osiyo-liklar, 6,4 foizini Sharqiy Osiyoliklar, 11,6 foizini boshqa mintaqalardan ko`chib kelganlar tashkil qilishi qayd etilishi-ni ta’kidlash zarur21.
AKSh musulmonlarining mamlakat h’ayotidagi o`rni va mavqei mustah’kamlanib borayotganini ularning umumiy ma’lumot darajasi o`sib, moddiy-moliyaviy ah’voli yaxshilanib borayotganida h’am ko`rish mumkin. Manbalarda ularning 44 foizi oliy, 32 foizi tugallanma- . gan oliy ma’lumotga egaligi, 52 foizi o`zini o`rta sinfga mansub, 28 foizi esa boy deb h’isoblashi h’am buni tasdiklaydi22.
Amerika jamiyatida musulmonlar soni va mavqeining ortib borayotganini Ramazon ro`zasining ijtimoiy h’odisaga aylangani-da h’am ko`rish mumkin. 1990 yillar oxirida Kongress, Pentagon va Davlatdepartamenti xodimlari «iftorlik»lar uyushtirishni yo`lga qo`ygan bo`lsalar, 1996 yilda ilk bor «Iyd al-Fitr» bay-ram tadbiri o`tkazilishi orqali bunday an’ana Oquyga h’am o`tdi.
1998 yilda Dengiz qurolli kuchlarining Norfolkdagi baza-sida h’arbiylar uchun birinchi masjid ochildi. Xozirda AQShda 1250 ta masjid, 300 dan ortiq islom markazlari va jamiyatlarifaoliyat ko`rsatmoqda. :
1990 yillarning yarmida gumanitar fanlar bilan bir qatorda arab tili, islom ta’limoti o`qitiladigan muso`lmon maktablari ; paydo bo`ldi. Hozirgi kunda bunday maktablar Amerikada omma- ; viylashib ketdi va ularning soni 1000 taga etdi. Mutaxassislar , fikricha, buning sababi ota-onalar farzandlari islom ta’limi- , ni olishlari bilan bir qatorda, «ko`cha»ningsalbiy ta’siri (che-kish, ichish va boshqalar)dan xoli bo`lishlarini istaydilar. Ayni h’ paytda, bu jarayonda musulmonlar avvalgi davrlardagidan farqli , ravishda masjidlar qurishga emas, balki maktablar ochishga aso-siy e’tibor qaratayotganlari h’am muh’im ah’amiyat kasb etmoqda. ,,
Amerikada islomningtarqalishi o`ziga xos h’odisalarni kel- ~, tirib chiqarganini h’am ta’kidlash zarur. Islomni o`z mafkuralariga aylantirib olgan (Xudo avval oliy irq bo`lmish qora ' tanlilarni yaratgan, Iso va Muh’ammad h’am qora tanli bo`lganlar va h’.k.) qora tanli irqchi guruh’larning paydo bo`lgani bunga misol bo`la oladi. XX asrning boshlarida shakllangan bunday qarashlar va unga asoslanib faoliyat olib boradigan guruh’lar h’ozirda o`z safida 100 mingdan ortiq kishini birlashtirganini aloh’ida qayd etish lozim.
Bugungi kunda mamlakatda musulmonlarni birlashtirib tura-digan «AQSh va Kanadaning islom assotsiatsiyalari federatsiya-si», «AQSh va Kanadaning musulmon studentlari assotsiatsiyasi», «Amerika Oliy Islom kengashi», «Amerika musulmon yordami» kabi o`nlab tashkilotlar faoliyat ko`rsatmokda.
AQShda musulmonlar sonining ortishi, ma’rifiy islom-ning rivoji barobarida islom niqobi ostida h’arakat qilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar h’am asta-sekin bo`lsa-da, tar-qala boshlaganini h’am ta’kidlash zarur.
Ayni paytda, «al-Qoida», «Hizb at-tah’rir al-islomiy» kabi qator diniy ekstremistik tashkilotlar AQShdagi musulmon tash-kilotlariga o`zta’sirini kuchaytirish maqsadida faoliyat olib bormokdalar. 2001 yil 11 sentabr voqealari xam ular bu soh’ada muayyan natijalarga erishganliklarini ko`rsatib berdi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling