Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet20/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Xalqaro terrorizm. Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va xarakatlarni beqaror-lashtirishga qaratilgan siyosiy qo`poruvchilik faoliyatini ifo-dalaydi. U aloh’ida siyosiy arboblarni o`ldirish yoki ularga qasd qilish orqali xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan buz-g’unchi siyosiy h’arakatlarni ifodalash uchun h’am ishlatiladi.
Terrorchilik h’arakatlarining:

  • xalqaro xuquq h’imoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani;

  • mustaqil davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshi-rilishi;

  • a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo`lgan ekstremistik guruh’lar tomo-nidan sodir etilishi;

  • ekstremistik guruh’lar tarkibida qo`poruvchilik h’arakat-lari bo`yicha xorijlik yo`riqchilarning qatnashishi;

  • ekstremistik guruh’ a’zolarining boshqa davlatlar h’ududi-da tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rishi;

  • tayyorgarlik ko`rish va qo`poruvchilikni sodir etishda xo-rijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tusolgan noqonuniy qurol-yarog’savdosi va narkobiznesdan ke-ladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi uning xalqaro terrorchilik xuruji ekanini ko`rsatuvchi asosiy belgilardan h’isoblanadi.

Muayyan mamlakat h’ududida sodir etilgan terrorchilik xuru-jida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo`lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko`ri-lishiga olib keladi.
Terrorizmiing moliyaviy manbalari. Zamonaviy terrorizm xil-ma-xil moliyaviy manbalardan ozik.panishi h’isobiga faoliyat qamrovini kengaytirishga, moddiy-texnikbazasini mustah’kam-lashga xdrakat qilmokda. Bunda, shartli ravishda ichki va tashqi manbalarni ajratish mumkin.
Ichki manbalar sirasiga terrorchi tashkilotlarning ochiq, rasmiy faoliyat yurituvchi tuzilmalaridan keladigan daroma-dini h’amda jinoiy yo`l bilan topilgan va uyushma a’zolari-ning badal to`lashi h’isobiga olinadigan mablag’larni kiritish mumkin.
Terrorchi guruh’lar ko`pgina h’ollarda ikkinchi bir shaxs yoki tashkilotlar nomidan kapital tez aylanadigan (bank ishi, sav-do, restoranlar ochish, qurilish, transport) soh’alarda faoliyat ko`rsatuvchi korxonalar ochishga e’tibor qaratmokdalar. Jumla-dan, manbalarda «al-Qoida» tashkiloti Yaqin Sharq va Shimo-liy Afrika mamlakatlarida transport, qimmatbah’o metall qazib olish, baliqchilik kabi yo`nalishlarda daromad manbalarini shakllantirgani qayd etiladi.
Ayni paytda, terrorchi tashkilotlar daromad orttirish maq-sadida bosqinchilik, tovon undirish, giyoh’vand moddalarning noqonuniy savdosi, qimmatbah’o metall va toshlar kontrabanda-si, soxta pul va qimmatli qog’ozlar ishlab chiqish, shuningdek, foh’ishabozlik uylari va qimorxonalar ochish h’amda totalizator-lar tashkil qilish kabi jinoiy usullardan h’am keng ko`lamda foydalanishini ta’kidlash zarur.
1999 yilda Qirg’izistonga bostirib kirgan, o`zini «O`zbe-kiston islomiy h’arakati» deb ataydigan tashkilot jangarila-ri muzokara olib borish uchun kelgan vakillarni 50 ming dollar h’isobiga qo`yib yuborgani, 2003 yilning 27 martida «Sharqiy Turkiston ozodlik tashkiloti»ga mansub terrorchi-lar Qirg’izistonda 19 ta xitoylik savdogarni o`ldirib, ular-ning katta miqdordagi pulini o`zlashtirganlari bunga misol bo`la oladi23.
Shu bilan bir qatorda, BMT ma’lumotlariga ko`ra, trans-milliy jinoiy guruxlar giyoh’vand moddalar savdosidan yiliga 400 milliard dollar daromad oladi va ushbu mablag’ning bir qismi terrorchilik guruxlari ixtiyoriga o`tkaziladi.
Bundan tashqari, deyarli barcha ekstremistik tashkilotlar-ning a’zolari mikdori oylik daromadning 5-20 foizini tash-kil etadigan oylik badal («baytulmol» yoki «taborro’») to`lashi-ni h’am qayd etish lozim.
Homiy davlatlar, turli diniy, xayriya tashkilotlar va alo-h’ida shaxslar, shuningdek, Yaqin Sharq va G’arb davlatlaridagi ba’zi ijtimoiy guruh’lar tomonidan maqsadli yig’iladigan pul-larterrorchi guruxlarningtashqi moliyaviy manbai h’isoblanadi. Soh’a mutaxassislari va ayrim tadqiqotchilar fikricha, bugungi kunda faoliyat ko`rsatayotgan qariyb 150 ta noh’ukumat islomiy tashkilotlari jangarilik amaliyotlarini moliyalashtirishda gu-mon qilinmokda. Jumladan, «Al-Harameyn» jamg’armasi kabi qator noh’ukumat muassasalar ana shunday yordam ko`rsatayotganlikda ayblanmokda.
Bunga islomiy ekstremistik h’arakatlar va tashkilotlar to-monidan olg’a surilayotgan ayrim shiorlar h’am sabab bo`lmoqda. Jumladan, islomiy ekstremistlar «musulmon dunyosidagi muam-molarningbosh sababchisi - rivojlangan.G’arb davlatlaridir», degan iddaoni ilgari suradilar. Shundan kelib chiqib, G’arb dav-latlariga qarshi barcha vositalardan foydalangan h’olda kurash-moq lozim, degan xatarli da’vat ularning mafkurasida marka-ziy o`rinlardan birini egallab kelmokda. Ayrim ma’lumotlarga ko`ra, dunyo bo`ylab sodir etilayotgan terrorchilik h’odisalari-ning 80 foizi islom bayrog’i ostida amalga oshirilayotganini h’am qisman shu bilan izoxlash mumkin.
Terrorchi guruxlarga ko`rsatilayotgan moliyaviy yordam ko`lami-ni birgina MDH tarkibidagi mam-lakatlar h’ududida faoliyat yurituvchi terrorchi tashkilotlarga 60 ga yaqin diniy tashkilot-lar, 100 ga yaqin xorijiy kompaniya va o`nlab banklar h’omiylik qilayotganida h’am ko`rish mumkin. Xususan, ba’zi ekspertlar che-chen jangarilariga «Tayba», «Saar faundeyshn», «al-Ig’osa» (Sau-diya Arabistoni), «al-Qoida», «Musulmon birodarlar», «Ijtimoiy isloxrtlar jamiyati» (Kuvayt), «XAMAS», Qatar xayriya jamiyati, «Al-jamoa al-musallah’a» (Jazoir) tashkilotlari yordam beradi, deb h’isoblaydilar25.
O`z navbatida, o`zini «O`zbekiston islomiy h’arakati» deb atovchi tashkilot h’am qator h’omiylar tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Mu-taxassislar ular qatoriga «al-Qoida», «Musulmon birodarlar», «Hizbullox», «XAMAS» kabi terrorchi guruxlarni kiritadilar.
Terrorchi guruqlar h’ozirda o`z moliyaviy manbalari bilan bank tizimi imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan murakkab aloqa tizimlarini shakllantirishga xarakat qilmokda. Natijada, ushbu manbalarni aniqash va yo`q qilish tobora qiyinlashib bormokda. Jumladan, ayrim ma’-lumotlarga ko`ra, 2001 yil 11 sentabr voqealaridan so`ng, 2003 yilning noyabriga qadar 148 mamlakatdagi 300 dan ziyod tashkilotlarga tegishli 1400 ta h’isob raqami «muzlatilgan». Bundan terrorchi guruxlar 200 million dollar zarar ko`rish-ganiga qaramay, o`z moliyaviy manbalari bilan yangi aloqalar-ni shakllantirish h’isobiga jangovar qobiliyatlarini qayta tiklab olishga intilmokda.
Terrorizmning moliyaviy manbalariga barh’am berishga xalq-aro miqyosda aloh’ida ax,amiyat berilmokda. Dunyoning ko`pgina dav-latlari, jumladan, O`zbekistonda h’am terrorizmni moliyalash-tirishga qarshi kurash xaqidagi maxsus qonunlar qabul qilingan. Mazkur yo`nalish xalqaro tashkilotlarning qam diqqat markazi-daturgan vazifalardan xisoblanadi. Xususan, oxirgi yillarda Usoma bin Lodin va boshqa terrorchi shaxslar xamda tashkilot-larga tegishli dunyo banklaridagi h’isob raqamlarini «h’ibsga olish»ga bag’ishlangan BMT Xavfsizlik Kengashining 1333, 1390 va 1455-qarorlari qabul qilinib, ular deyarli barcha davlatlar tomonidan ijro etilmokda.
Ayrim davlatlar ba’zi mamlakatlarni xalqaro terrorizmni moliyaviy ta’minlashda ayblamokda. Biroqushbu masala bo`yicha dunyo davlatlari yagona fikrga ega emas. Shuning uchun h’am, AQSh-ning ba’zi davlatlarni xalqaro jarayonlardan siqib chiqarish, ular bilan h’amkorlik qilmaslik kabi da’vatlari, asosan, e’ti-
borsiz qolib ketmokda.
Nima bo`lganda h’am qayd etilgan dalillar zamonaviy terro-rizmning kengtarmoqotayotgani va o`zini o`zi ta’minlovchi orga-nizmga aylanayotganini, uni bartaraf qilish uchun izchil ishlay-digan xalqaro tizimni shakllantirish zarurligini ko`rsatadi. Terrorchi guruxlarning moliyaviy tomirlarini qirqish esa, ushbu yo`nalishdagi engdolzarb masalalardan biri h’isoblanadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling