Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


-mavzu. Musulmon dunyosining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi


Download 1.03 Mb.
bet22/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

9-mavzu. Musulmon dunyosining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi


Reja:
1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash – dolzarb vazifa.
2. Diniy ekstremizmning Musulmon dunyosi uchun h’avfi.
3. Diniy eksremistik tashkilotlar.


Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash — dolzarb vazifa. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o`zini ba-ralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, shubh’asiz, diniy ekstremizm va undan ozikdanayotgan h’amda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, mazkur xatar shu qadar keng ko`lam va xilma-xil ko`rinishlar kasb et-mokdaki, odamlar, ko`pincha, unga e’tiborsiz h’atto, loqayd bo`lib qolmokdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqa-ro terrorizm» degan tushunchalar h’ayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu — nih’oyatda achinarli h’ol, al-batga.
Xo`sh, nega bunday bo`lmoqda, degan savol tug’iladi.
Sababi - XIX asrning oxirlarida saltanat soh’iblari va dav-lat arboblariga qarshi qurolli h’ujumlar shaklida paydo bo`lgan siyosiy terrorizmni bugun h’ar qadamda uchratish mumkin. XX asr-ning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqala-ri turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o`chog’iga aylana boshladi. Ma’lumotlarga ko`ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin ter-rorchiliktashkilotlari faoliyat ko`rsatmokda. 1968—1980 yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotini sodir et-dilar. Natijada 3668 kishi h’alok bo`lib, 7474 kishi turli jaro-h’atlar olgan.,
Zamonaviy terrorizmning ikkita aloh’ida xatarli belgisini ajratib ko`rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsiz-roq g’ayriinsoniy moh’iyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig’dirish qiyin jug’rofiy ko`lamlar kasb etib bormokda. AQSh Davlat departamentining ma’lumotlariga ko`ra, h’ozirda dunyoda h’ar yili 650 dan ortiq bunday h’odisalar sodir etilmokda. Bu degani — h’ar kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo`rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko`zlagan, kamida ikkita qo`poruvchilik amalga oshirilmoqtsa. Xatarli jih’ati shun-daki, ularning soni muntazam oshib bormoqtsa. Masalan, 1992 yilda ana shunday noxush voqealarning umumiy soni 362 tani tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunga kelib 600 dan oshib ketdi.
Shiddat bilan chuqurlashib borayotgan dunyoning globallashu-vi, sodda qilib aytganda, unda kechayotgan jarayonlar deyarli bar-cha mamlakatlarni qariyb birdek qamrab olayotgani bu kabi g’ay-riinsoniy h’arakatlarning xatarli oqibatlarini jiddiy oshirmoqda. Ekstremizm vaterrorizm odamlarningertangi kunga bo`lgan ishonchiga putur etkazibgina qolmasdan, balki xalq-aro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e’tiqod vakillari bo`lgan xalqlar, h’attoki, tsivilizatsiyalar orasidagi o`zaro ishonchga soya tashlamokda, jah’on taraqqiyotiningtamal toshi bo`lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy h’amkorlikning rivojla-nishiga to`siq bo`lmokda.
Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko`rsatayotgan ter-rorchiliktashkilotlarining yuzdan oshig’i engzamonaviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo`poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o`zaro qamkor-lik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur h’ollarda, bir-birlariga h’arbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko`rsa-tadilar. Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «al-Qoida», «al-Jih’od al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra», «Hizbullox», «XAMAS» (Falastin islomiy qarshilik h’araka-ti), «Abu Sayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari ji-qod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy h’arakat» (Jazoir) kabi-larni kiritish mumkin. Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda amal qilayotgan yana bir islomiy tashkilot - «Hizb at-tah’rir al-islomiy»ning faoliyati asosli ravishda dunyoningturli mam-lakatlaridagi terrorchilik amaliyotlarni sodir etganlikda ko`rilmokda.
Masalaning yana bir taassufli jixati shundaki, diniy li-boslarga o`ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko`pchiligi muqaddas islom dinini o`ziga niqob qilib olgan.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik h’arakatlar bugun umuman kishilik jamiyati h’ayotiga jiddiy taxdid solmoq-da deyish mumkin. Shuning uchun, bugun, siyosatshunoslikda «ja-miyatning diniy xavfsizligi» degan yangi tushuncha shakllan-mokda. Mutaxassislar din niqobi ostida sodir etilayotgan terrorchilik h’arakatlarining asl moh’iyatini ifoda etuvchi il-miy mezonlarni qidirmokdalar. Xuquqiy mazmun va moh’iyatga ega ana shunday atamalardan biri sifatida «diniy-siyosiy ter-rorizm» tushunchasidan foydalanish va uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga da’vat etmokdalar.
Bayon etilganlarni nazarda tutib fikr yuritilsa, musta-h’ qillik qo`lga kiritilgandan beri mamlakatimiz va xalqi-mizning oromini buzib kelayotgan qo`poruvchilik xurujlari, jumladan, 2004 yilning mart-aprel va iyul oylarida so-dir etilgan voqealar keng ko`lamli xalqaro terrorchilik tu-zilmasining navbatdagi kirdikorlaridan biri ekaniga h’ech qanday shubh’a qolmaydi. Dunyoning eng xavfli terrorchi guruh’lari qatoriga kiritilgan, «O`zbekiston islomiy h’araka-ti»ning O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, AQSh va Isroil davlatlari elchixonalariga qarshi uyushtirilgan qo`poruvchiliklar uchun mas’uliyatni o`z zimmasiga olgani max-sus xizmatlar va keng jamoatchilikni chalg’itishga urinish-dan boshqa narsa emas. Ushbu qo`poruvchi tashkilotning bosh h’omiysi Usoma bin Lodin asos solgan «al-Qoida» nomli dun-yodagi eng yirik terrorchi tashkilot va uning sheriklari «al-Jih’od al-islomiy», «al-Muh’ojirun», «Hizbut-tah’rir» kabi diniy ekstremistiktuzilmalar ekani, xalqaro miqyosda amal-ga oshirilayotgan keng ko`lamli qo`poruvchiliklarning uzviy qismi ekaniga yana bir dalildir.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling