Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet13/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Evropada islomning tarqalishi h’aqida gap ketar ekan, eng avvalo quyidagilarni nazarda tutish lozim. Birinchidan, ushbu qit’aga birinchi musulmonlar 711 yilda Tariq ibn Ziyod davri-da kelgan edilar. Taxminan 800 yil davomida Ispaniya musul-mon mamlakati bo`lib keldi. XVII asrga kelib inkvizitsiya oqibat-lari va majburan katoliklikka o`tkazilishi natijasida musulmon jamoalari ma’lum mikdorda barh’am topdi. Ikkinchidan, alban-lar, bolgarlar (pomaklar), makedoniyaliklar (torbeshlar), bos-niyaliklar kabi Evropada azaldan yashab kelayotgan xalklar is-lomga e’tiqod qilib keladilar.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, islomning h’ozirgi davrda Evropaga kirib kelishi h’aqida fikr yuritish maqsadga muvo-fiqh’isoblanadi.
Frantsiya. Evropa mamlakatlari ichida eng ko`p sonli musul-mon jamoasi to`plangan davlatlardan biri h’isoblanadi. Ushbu jamoa shakllanishi tarixi h’am o`ziga xos xususiyatlarga ega. 1950 yillarda Frantsiya avtomobil zavodlarida ishchilarning etish-masligi tufayli Jazoir, Marokash, Tunis, Turkiya, Senegal, Mali, Livandan oila a’zolarisiz, faqat ishchilarning o`zini jalb etishga, 1970 yillarda esa ularga oilalarini olib kelish-ga ruxsat berildi. Shundan keyin Frantsiyaga nafaqat ularning xotin, bola-chaqalari, balki boshqa qarindoshlari h’am ko`chib kela boshladi. Mazkur jarayon mamlakatda katta musulmon jamoa-si shakllanishi uchun zamin yaratdi.
Mamlakatda 2000 ga yaqin masjid va ibodat uylari faoliyat olib boradi. Jumladan, Parij jo.me’ masjidi Birinchi jaxrn urushidan keyin frantsuz armiyasida jang qilgan jazoirliklar-ga minnatdorlik ramzi sifatida qurilgan va eng kattaligi bi-lan ajralib turadi. Frantsiya masjidlarida imomlik qiluvchi-larning qariyb chorakfoizini musulmonchilikni qabul qilgan ! frantsuzlar tashkil etishi Frantsiyadagi musulmon jamoasi qiyofasiga xos xususiyatlardandir.
150 taga yaqin tashkilotni birlashtirib turadigan «Frantsiya islom tashkilotlari federatsiyasi», 140 ta tashkilot faoliyati-ni muvofiklashtirib turadigan «Frantsiya musulmonlari mil-liy federatsiyasi», «Islom va G’arb» aloqalar Markazi Frantsi-yadagi eng yirik uyushmalardan h’isoblanadi. Ularning ichida «Frantsiya islom tashkilotlari federatsiyasi» aqidaparastlik va ekstremizmga moyil tashkilotlarni birlashtirib turadi.
Shu o`riida diniy ekstremistik tashkilotlar mamlakat Ichki ishlar vazirligining qat’iy nazoratiga olinganini qayd etish lozim. Ayni paytda, musulmonlarni mamlakat ijtimoiy, mada-niy va siyosiy h’ayotiga integratsiya qilish, ularda tegishli ko`nik-malarni shakllantirish masalasiga ekstremizmningoldini olish-ga xizmat qiladigan asosiy omillardan biri sifatida qaralgan xrlda, izchil ishlar olib borilayotganini h’am ta’kidlash zarur.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling