Xotin-qizlar ôrtasida ishsizlik muammosi


Download 9.64 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi9.64 Kb.
#1331720
Bog'liq
Abdulazizova 12


"Xotin-qizlar ôrtasida ishsizlik muammosi"
mavzusidagi sotsiologik tadqiqot dasturi.
Muammoning qôyilishi va uning nazariy tahlili:Hozirda xotin-qizlarni qôllab-quvvatlash ,ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash eng muhim masala hisoblanadi. Bugungi kunda juda ham kôp xotin-qizlar ishsizligi tufayli ,majburiyat yuzasidan, oila boqish umidida chet davlatlarga ishlash uchun ketishmoqda.Chet elga ishlash uchun ketayotgan xotin-qizlarning aksariyati : boquvchisini yôqotgan ayyollar ,og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yolg'iz onalar, moddiy yetishmovchilik va uy-joyga muhtoj ehtiyojmand ayyollar, hisoblanadi.Ayrim oilalarda ayyollar asosiy daromad manbai bôlib ,oilaviy ehtiyojlarni ôzlari qondirishlari zarur.Doimiy ish ôrniga ega bôlmagan ayyollar ,mavsumiy ishlarda ishlab oilasini moddiy ta'minlashga harakat qilmoqda.Lekin ,ular ishlab topgan kunlik maosh oila ehtiyojlarini tôlaqonli qondira olmaydi. Buning natijasida ular xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketishmoqda. Yolg'iz onalar chet elga ketayotganda farzandlarini qarindoshlari yoki mehribonlik uylariga tashlab ketishadi.Xotin-qizlarni kasb-hunar bilan ta'minlanmaganligi nafaqat moddiy jihatdan,balki farzandlar tarbiyasi va kelajagi uchun ham katta zarar yetkazmoqda.
Tadqiqotning gipotezasi : Mamlakatimizda kôplab xotin-qizlarning bandligi ta'minlanmagan.Bunga sabab: mehnat bozorida gender tengsizligiga yôl qôyilayotgani ,xotin -qizlarning kôpchiligi zamonaviy bilim va hunarlarga ega emasligi va yetarlicha ish ôrinlari yaratilmaganligidir. Xotin-qizlarni ijtimoiy qôllab-quvvatlash va bandligini ta'minlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan hududlarda "Ayyollar daftari "ni shakillantirish bôyicha vazifalar belgilab berildi.Bundan tashqari xotin-qizlar bandligini ta'minlash bôyicha qarorlar ham mavjud ."Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qôshimcha chora tadbirlar tôg'risida"gi PQ-376 sonli qaror bunga misol bôla oladi.


Sônggi yillarda xotin-qizlarni kasb-hunarga ôqitib ,bandligini ta'minlash yuzasidan kôplab ishlar amalga oshirilganligiga qaramay bu dolzarb muammoligicha qolmoqda.Xotin-qizlar ôrtasida ishsizlik muammosini hal qilish uchun ularni mehnat bozorida talab yuqori kasb hunarga tayyorlashni tizimli yôlga qôyish ,tadbirkorligini qôllab-quvvatlashda nafaqat davlat tashkilotlari ,balki nodavlat tashkilot va muassasalarning ham ôrni katta.
Tadqiqotning maqsadi : Ishsiz Xotin-qizlarni aniqlash va ular ôrtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni oldini olish.
Maqsaddan kelib chiqqib ,belgilab olingan vazifalar:
1.Ishsiz xotin -qizlarni kasb-hunarga yônaltirish.
2. Xotin-qizlarni tadbirkorligini rivojlantirish,bandligini ta'minlash ,kasb -hunar egallashlari uchun yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida aholini xabardor qilish.
3."Ayyollar daftari" ga kiritilgan ishiz xotin-qizlar bilan manzilli ishlash.


Dastlabki ma'lumotni tôplash metodi:sôrov metodining og'zaki shakli ,ya'ni anketa ôtkazish tanlandi.
Asosiy tushunchalarni interpretatsiya qilish : ishsizlik, gender tengsizligi, "Ayyollar daftari", mehnat bozori, yolg'iz ona,og'ir ijtimoiy vaziyat, ijtimoiy ta'minot, oila ehtiyojlari.
Tadqiqotning obyekti : Sôrov obyekti sifatida Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi xotin-qizlar.
Tadqiqotning predmeti : Ishsiz xotin-qizlar muammolarini ôrganish va tahlil qilish.
Download 9.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling