Dnk replikatsiyasi Reja: Prokariot organizmlar replikatsiyasi Eukariotlardagi replikatsiya Telomeralar Tayanch so’zlar: replikatsiya, inisiatsiyasi, elongatsiya, terminatsiya, praymer, praymaza, Okazaki fragmentlari, qoqloq zanjir


Download 0.92 Mb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1157368
1   2   3
Bog'liq
репликация. Илҳомова Муниса 19.4

Okazaki fragmentlaridan tashkil topgan zanjirni “orqada qoluvchi” deb ataladi. Bunday qisqa fragmentlarning sintezi RNK-zatravka ishtirokida davom etadi. Mazkur DNK sintezini uzilgan yoki yarim uzilgan replikatsiya deb ataladi. Ma’lum vaqtdan so’ng, RNK-zatravkalar (praymerlar) ajraladi. Bo’sh qismlar DNK-polimeraza fermentlari orqali nukleotidlar bilan to’ldiriladi, kichik fragmentlar esa, DNK ligaza fermentlari orqali “orqada qoluvchi” zanjirlar o’zaro choklanadi. Shunday qilib, nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog’lari DNK ligaza fermentlari orqali shakllanadi.
Nativ DNK bispiral holatda bo’ladi. Komplementar holatda o„z-o’zidan ko’payish uchun qo’sh spiral ikkiga ajralishi lozim. DNKning ikki zanjirga yechilishi muayyan qismlardan boshlanadi. Qo’sh zanjirni bir-biridan ajratishda ferment xelikaza - DNKga bog’liq ATF-aza bajaradi. Energiyani esa, ATFni gidroliz qilinishidan foydalanadi. Xelikaza fermenti doira shaklidagi oltita subbirlikdan tashkil topgan struktura. Mazkur ferment harakatda bo’lib, ATF ishtirokida DNKni replikativ ayriga ajratib boradi.
Bir zanjirli DNK molekulasi uzunasi bo’ylab SSB-oqsillari (Single Strend Proteins) bilan bog’langan holda bo’ladi. E.colining SSB-oqsili tetramerli (molekula massasi 88000 Da), yuqori darajadagi asimmetrik molekula bo’lib, tarkibida dikarbon aminokislotalari ko’p uchraydi. Oqsil bir zanjirili DNK molekulasi bilan kooperativ holda bog’lanadi. Xelikaza fermenti orqali qo’sh zanjirli DNKdan bir zanjirli molekulalarni hosil bo’lishida SSB-oqsillari polinukleotid zanjirlarni stabillashtirib, molekulada hosil bo’lishi mumkin bo’lgan DNKning ikkilamchi strukturasini shakllanishiga yo’l qo’ymaydi. SSB-oqsillari DNK-polimeraza fermentini faollantirib, uning ish faoliyatini aniqlashtiradi. Eukariotlarda bunday oqsillarga yadrodagi replikativ xususiyatli proteinlar kirib, ularni A (RrA) belgi bilan belgilanadi.
DNK molekulasida avtonomli replikatsiya xususiyatiga ega bo’lgan qismlar bo’lib, bu bo’lakni replikon deb ataladi. Replikon DNKning o’z-o’zidan ko’payishi uchun kerakli genlarni tutib, regulyatorlik xususiyatiga ham ega. DNKdagi replikon qismdan replikatsiya boshlansa shu joyni replikator deb ataladi. Eukariot hujayralarda replikatsiyaning boshlanishi DNKning ko’p nuqtalarida bo’lib, ularning masofasi taxminan 20 ming nukleotid qoldig’idan iborat. Eukariot xromosomalar polireplikonli tuzilishga ega. Replikatsiyaning initsiatsiyasi ma’lum nuqtadan ikki tomonlama harakat qilib, qo’shni replikativ ayrilar bir-birlari bilan qo’shilguncha davom etadi. To’liq shakllangan xromosoma kichik sintezlangan DNK zanjirlarining o’zaro qo’shilishidan shakllanadi.
Yetakchi va kechikuvchi DNK zanjirlarining koordinatsiyali sintezi. Orqada qoluvchi zanjirda tugunchalarning hosil bo‘lishi DNK-polimeraza-III fermentiga bir vaqtda ikki zanjirli DNKni sintezlashga imkon beradi (kechikuvchi zanjirda praymerning sintezidan so‘ng). (Kornberg bo‘yicha).
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling