Don va don mahsulotlari ularning ozuqaviy qiymati va taom tayyorlash. Reja: Kirish


Donlarni, unlarni va yormalarni saqlash


Download 54.54 Kb.
bet3/8
Sana05.04.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1274943
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Don va don mahsulotlari ularning ozuqaviy qiymati va taom tayyorlash

Donlarni, unlarni va yormalarni saqlash

Don, un va yorma mahsulotlarini saklash jarayonida ularda biokimiviy, fizikaviy, kimyoviy va mikro-biologik o’zgarishlar ro’y beradi va bu o’zgarishlar don va don mahsulotlarining iste’mol xossalariga katta ta’sir ko’rsatadi.
Don mahsulotlarini saklaganda boradigan jarayon-larning tezligi ulardagi namlik va haroratga, xud-di shuningdek, mahsulotlar saqlanayotgan muxitdagi havoning niyebiy namligi, haroratiga va havoning erkin tushib turishi darajasiga bog’liqsir. Don mah-sulotlarining sifatini ta’minlash uchun omborxo-nalarda ma’lum qulay nisbiy namlik va harorat bo’lishi, sanitariya-gigiyena talablariga amal qili-nishi, saqlanayotgan mahsulot doim kuzatib borili-shi talab etiladi.
Don mahsulotlarining saqlanish muddati ham har xil. Masalan, bug’doyni to’rt yilgacha sakdash mumkin. Bug’doyga nisbatan qisqaroq muddatda makkajo’xori, tariq, suli, dukkakli donlar saqlanish xususiyatiga egadir. Donga nisbatan un va yorma mahsulotlari yomon-roq saqlanadi. Un mahsulotlaridan bug’doy unining oliy va 1- navlari, javdar, guruch, arpa uni esa soya, suli, makkajo’xori unlariga nisbatan yaxshiroq va uzoq-roq saklanish muddatiga egadir.
Quruq, qizimagan, ombor zararkunandalari bilan zararlanmagan don mahsulotlari quruq, shamollatila-digan xonalarda —5°S dan +5°S gacha bo’lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 60—70% bo’lgan sharoitda yaxshi saqlanadi. Omborxonalarda havoning nisbiy nam­ligi 75 foizdan, harorat esa 10°S dan ortiq bo’lgan hollarda don mahsulotlari namlanib, mogorlab qola-di. Xuddi shuningdek, omborxonalarda haroratning kes-kin o’zgarishi ham don mahsulotlarining namlanishi-ni keltirib chiqarishi mumkin.
Don mahsulotlarining uzoq sakdanishini ta’min­lash uchun ularnig qish paytlari shamollatish yo’li bilan sovutilishi, bahor va yozda esa don mahsulotla-ri massasida past haroratning bo’lishiga erishish maq-sadga muvofiqdir.
Don mahsulotlarini sakdashning ikki xil usuli mavjud: idishlarda va idishsiz.
Don idishlarsiz saqlanadi va tashiladi. Ularni saklash uchun elevatorlar, donni tozalash uchun mo’ljal-langan mashinalar bilan ta’minlangan mexanizasiya-lashgan omborxonalar, quritish moslamalari va bosh-qalar qo’llaniladi. Donni saqlashga qo’yishdan oddin begona aralashmalardan tozalanadi, namligi standart talabidan ortiq bo’lsa quritiladi. Odatda, har bir omborxonaga sifat ko’rsatkichlari bir xil bo’lgan, bir tip va navdagi donlar joylanadi.
Un va yormalar esa paxta, jut, zig’ir tolalaridan to’qilgan sig’imi 65—70 kg bo’lgan qoplarda saqlanadi va tashiladi.
Hozirgi kunda pnevmotransport vositalarining keng qo’llanilayotganligi tufayli un va yormalarni saq-lashda, unlarni tashishda idishsiz tashish usullari-dan keng foydalanilmokda. Un kombinatlari, non za-vodlarida unlar qisqa muddat po’lat va temir-beton bunkerlarida saqlanadi. Bunkerlardan mahsulot qadoq-lash uchun maxsus qadokdash mashinalarga yoki idishsiz tashish uchun maxsus moslamali un tashish mashinasiga va konteynerlariga jo’natiladi.
Unlar va yormalar qoplarga qadoqlangandan keyin har bir qopga korxona nomi, mahsulot turi va navi, massasi, ishlab chiqarilgan kuni, standart nomeri ko’rsatilgan etiketga qog’ozi yopishtiriladi. Jo’nati-layotgan har bir partiya tovar mahsuloti qoplar soni, massasi, un namligi ko’rsatilgan hujjat bilan ta’-minlanadi.
Omborxonalarda qoplar tovar tagliklariga taxlab qo’yiladi. Taxlamaning balandligi yozda 8 katordan, kishda esa 14 qatordan oshmasligi kerak.




        1. Download 54.54 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling