Don va don mahsulotlari ularning ozuqaviy qiymati va taom tayyorlash. Reja: Kirish


Download 54.54 Kb.
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1274943
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Don va don mahsulotlari ularning ozuqaviy qiymati va taom tayyorlash

Dukkakli don ekinlari.

Bu ekinlarga no‘xat, loviya, yasmiq, soya va boshqalar kiradi. Ular oqsilga boy (20—30%), kraxmali — ko‘p (50% ga yaqin) va 2 dan 5% gacha yog‘ (soyada 22% gacha) bo‘ladi. Dukkakli ekinlar ikki urug‘palla va urug‘lik qobig‘i bilan qoplangan o‘simtadan iborat. No‘xat, loviya va yasmiq eng ko‘p tarqalgan dukkakli ekinlardir.
Po‘sti archilgan no‘xat oziq no‘xatdan, uning dag‘al, tuyimliligi kam qobig‘ini olib tashlab tayyorlanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan no‘xat quyidagi turlarga bo‘linadi: pardozlanib butun archilgan no‘xat, yanchilib va pardozlanib archilgan no‘xat. Qayd etilgan no‘xat turlari sariq yoki yashil bo‘lishi mumkin. Namligi ko‘pi bilan 15%.
Loviya qimmatbaho dukkakli ekinlardan bo‘lib, mamlakatimizning ayniqsa, janubiy rayonlarida keng tarqalgan. Loviya oqsili no‘xatdagi oqsilga qaraganda ancha yaxshi hazm bo‘ladi. Loviya oq, bir xil tusli va ola-bo‘la rangli bo‘ladi. Oq loviya bir necha turga: arpa yormasi- mon,ovalsimon, ilonchasimon, ko‘raksimon, qisqichbaqa-simonlarga bo‘linadi. Bir xil tusli loviya yashil, jigar rang, pistaqi, qizil, ola-bo‘la. Solod undirilgan javdar yoki arpa donini quritib va yanchib olinadi. Rangli loviya esa ola-bo‘la va to‘q ola-bo‘la bo‘ladi. Loviyaning barcha turlarida namlik 20 % dan oshmasligi lozim. Yasmiq — eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o‘rta hisobda 30% ga yaqin oqsil bo‘lib, ta’mi xushxo‘r, yaxshi pishadi. Uning barcha turlari ichida tarelkasimon yasmiq oziqlik
ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga qarab, u shimoliy va janubiy, rangiga qarab, yashil, och yashil va xilma- xil (qoramtir) turlarga bo‘linadi. Yashil va och yashil yasmiq sifat jihatidan eng yaxshi hisoblanadi. Yormalarning sifati uning rangi, ta’mi, hidi, namligi, yaxshi pishish-pishmasligi, aralashma va uning bor- yo‘qligiga, yaxshi sifatli yadro miqdoriga, buzilgan va uvalangan donning bor-yo‘qligiga, ombor zararkunandalari tekkan-tegmaganligi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Sarxil yorma ma’lum bir tur va navga xos bir xil tusdagi tiniq rang, normal ta’m va hidga ega bo‘ladi. Yot ta’m va hid yormaning sifatsizligidan dalolat beradi. Yormaning namligi 14—15% dan oshmasligi lozim. O‘ta nam bo‘lsa, yorma saqlanish davomida o‘z-o‘zidan qizib (bu mikroorganizmlarning rivojlanishiga imkon beradi), burqsib mog‘or bilan qoplanadi. Yormaning yirik-maydaligi ham muhim ko‘rsatkichdir. Ba’zi turdagi yormalarning yadrosi butun, yirik (yorma), boshqalarniki, aksincha, donning o‘zak qismidan olingan, mayda bo‘lishi lozim (manniy yormasi, arpa yormasi, poltavskiy yormasi va boshqalar). Ba’zi yormalar donasining yirik-maydaligiga qarab raqamlarga bo‘linadi (arpa yormasi, poltavskiy yormasi, makkajo‘xori yormasi). Barcha hollarda butun yadro yoki yorma donalarining taxminan bir xil o‘lchamda bo‘lishi talab yetiladi. Yormadagi aralashmalar (tozalanmagan, uvalangan, chirigan, mog‘orlagan, qizishdan buzilgan, maydalangan va muchelli donlar, qum, tosh, poxol, kepak, gul parchalari va h.k.) yormaning sifatini pasaytiradi. Yo‘l qo‘yiladigan har qanday aralash-malar miqdori standart bilan belgilanadi. Ko‘p yormalarning tovarlik navi yaxshi sifatli yadro miqdoriga qarab belgilanadi. Yaxshi sifatli yadro iste’molga tamomila yaroqli, shunga xos hid, ta’m va yaxshi tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan yorma donlaridir. Ombor zararkunandalari (qo‘ng‘iz, kapalak, kana yoki ularning lichinkalari) tekkan yorma savdoga chiqarilmaydi. Yorma sig‘imi 70— 75 kg lik yangi yoki avval ishlatilgan toza va pishiq qoplarga solinadi. Guruch, so‘k va manniy yormasi hech bo‘lmaganda II kategoriyali, ya’ni yamog‘i uchtadan oshmagan qoplarga, boshqa yormalarni III kategoriyali, ya’ni) yamogi beshtadan oshmagan qoplarga solish mumkin. Suli parchasi 250 g dan 1 kg gacha bo‘lgan karton yoki kog‘oz qutichalarga, talqoni esa sig‘imi 250, 300 va 350 g lik karton qutichalarga solinadi. Yorma quruq, yorug‘, toza, yaxshi shamollatiladigan omborlarda 0° dan 8°C gacha haroratda 60—70% nisbiy namlikdagi havoda saqlanadi, yormani minus temperaturada ham saqlash mumkin. Ammo temperaturaning keskin o‘zgarib turishiga sira yo‘l qo‘yilmaydi. Bug‘doy, javdar bug‘doy va arpa yormalari uzoq vaqt saqlana oladi. Tariq, suli va makkajo‘xori yormalari esa uzoq saqlana olmaydi, chunki ularda tez achiydigan yog‘ bor. Yil fasli va qayerda joylashishiga qarab yorma va dukkakli ekinlarga tabiiy kamayish normasi (0,25—0,30%) belgilangan.

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling