Donishmand cho’pon


Download 379.5 Kb.
bet21/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
22. “Xatoni topish” o’yini

Ta’lim jarayoniga didaktik o’yinlarni olib kirish darslarni jonli va qiziqarli bo’lishiga katta yordam beradi. O’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlari, dars jarayonidagi ishtiroklari, faolligi ortadi. O’quvchilar ijodiy tafakkurining o’sishida, xotirasining rivojlanishida, ularni tushuncha va hodisalarga sezgirlik bilan munosabatda bshlishlarida, hozirjavoblikka o’rganishlarida ham didaktik o’yinlarning o’rni beqiyosdir. Hozirda ta’lim jarayoniga yangidan-yangi o’yinlar kirib kelmoqda Biz o’yinlarning yangilik xususiyatidan kelib chiqib ularni innovatsion o’yinlar deb nomlayapmiz. Ana shunday o’yinlardan biri “Xatoni topish” o’yinidir. Bu o’yin turli maqsadlarda, ta’lim jarayonining turli bosqichlarida qo’llanishi mumkin. O’yinni qo’llashdan asosiy maqsad o’quvchilarda imloviy malakalarni shakllantirish, ularni hodisalarga e’tibor bilan qarashga, tanqidiy fikrlashga o’rgatishdan iborat. Bu o’yinning ba’zi ko’rinishlari 2009 yilda chop etilgan 5-sinf ona tili darsligida ham o’z ifodasini topgan. O’yinda bosh va kichik harflar imlosini mustahkamlash maqsadi ko’zda tutilgan. Quyida shular to’g’risida fikr yuritamiz.


Bu o’yindan “Leksikologiya” bo’limiga oid mavzularni o’rganishdan ham foydalanish mumkin.. O’yin o’quvchilarning shu bo’limga oid mavzularni qay darajada o’zlashtirganliklarini sinash maqsadida o’tkaziladi. Ma’lumki bu bo’limda o’quvchilar so’zning ma’nosini anglashni, so’zlarning ma’nodoshi, shakldoshi yoki antonimlarini bilishni, so’zning qaysi qatlamga mansub ekanligini aniqlashni o’rganadilar. O’yinda ana shunday ko’nikmalarni aniqlashga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq.
O’quvchilar shakldosh so’zlarni o’rganib, unga doir mashqlar bajaradilar. Shunday so’zlar ishtirokida gaplar tuzadilar, matndan ularni aniqlaydilar. Ularni shakldosh so’zlarni qanday o’zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida mazkur o’yin o’tkaziladi. O’quvchilarga shakldosh so’zlarning ma’nolari berilgan kartochkalar tarqatiladi. Ular qaysi shakldosh so’zning ma’nosi xato izohlanganligini aniqlaydilar.
1-kartochka
Berilgan so’zlar bilan tanishing, xato o’rinlarni aniqlang.
O’t. 1. Olov
2. O’simlik
3. O’tmoq fe’li, harakatni bildiradi.
Mushak - bu so’z shakldosh emas.
Tut – 1.Tutmoq, ushlamoq ma’nolarini bildiradi.
2. Mevasiz daraxtning bir turi.

2 – kartochka


So’zlarning ma’nosiga oid noto’g’ri izohlarni belgilang.
Kadr – bu so’z shakldosh emas.

Qil 1.Qilmoq fe’lining asosi, harakatni ifodalaydi.


2. Ingichka ma’nosini bildiradi

Yot 1. uzala tushib yotmoq


2.Sofdil, jasur

O’quvchilar kartochkalar bilan tanishib, xatolarni aniqlaydilar.


1.Kartochkadagi mushak so’zi xato izohlangan, chunki bu so’z shakldosh bo’la oladi, ya’ni inson mushaklari hamda maxsus moslama yordamida otiluvchi, turli ranglar hosil qiluvchi narsa ma’nosida.
2.Tut so’zining 2-ma’nosi xato izohlangan, chunki bu tut mevali daraxtning bir turidir.
2-kartochkada kadr so’zi shakldosh emas deyilgan Bu so’z filьmdagi kadr hamda biror sohaga oid mutaxassis ma’nosini (masalan, pedagogik kadrdir tayyorlash) bildiradi.
Qil fe’lining ikkinchi ma’nosi noto’g’ri izohlangan, chunki sochning qili ma’nosida qo’llanadi.
Yot so’zi ikkinchi ma’nosida begona tarzda izohlanishi kerak edi.
Bunday kartochkalar soni ko’proq bo’lishi mumkin yoki proektor orqali ekranda ko’rsatib, barcha o’quvchilarga topshiriq tarzida ham bajarishi mumkin. Shunga o’xshash ma’nodosh so’zlar, antonim so’zlar, paronimlar kabi mavzularni mustahkamlashda ham bu o’yindan foydalanish mumkin.
O’quvchilarga kartochkalar yozilgan matnlar tarqatiladi. Matnlarda imloviy va uslubiy xatolar mavjud bo’lib, ularni topish o’quvchilarga topshiriq qilib beriladi. Matn o’rganilgan va o’rganilayotgan mavzularga mos bo’lishi lozim. 5-sinfda gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari o’rganib bo’lingach, mustahkamlash darslarida shunday o’yin turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Matn quyidagicha bo’lishi mumkin.

Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling