Donishmand cho’pon


“O’zligingni angla” o’yini


Download 379.5 Kb.
bet26/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
28. “O’zligingni angla” o’yini

Bu o’yin o’rganilgan mavzuga oid bilimlarni sinash maqsadida o’tkaziladi. O’yindan tilning barcha sathlarida foydalanish mumkin. O’yinni o’tkazish uchun qog’ozga o’rganilgan tushuncha nomi yoziladi. Tushuncha yozilayotgan qog’ozga turli shakllar berish o’yinning qiziqarli bo’lishiga yordam beradi. Qog’oz toj shaklida, tillaqosh shaklida bo’lishi mumkin. Bu qog’oz boshga kiyiladigan, o’rnashadigan bo’lishi kerak. Biror o’quvchi doskaga chiqadi va uning boshiga maxsus moslama bilan toj yoki tillaqosh shaklida qog’oz kiydiriladi. O’quvchilarga tushuncha nomi ko’rinib turadi, lekin uni kiygan o’quvchiga ko’rinmaydi. Shundan so’ng o’quvchilar o’sha leksik yoki grammatik tushunchaga oid belgilarni, xususiyatlarni aytadilar. Tojni kiygan o’quvchi esa shu belgilar asosida o’ziga ko’rinmagan hodisaning nomini topishi kerak. Masalan, ma’nodosh so’zga xos quyidagi xususiyatlar o’quvchilar tomonidan aytiladi:



  1. Ular ikki va undan ortiq bo’lib, bir umumiy ma’noni ifodalaydi.

  2. Nutqni ta’sirchan qiladi.

  3. Bir tushunchaning turli nomlaridir.

  4. Ular bir-biridan salbiy yoki ijodiy ma’no bildirishiga ko’ra, harakatning tez yoki sekinligiga ko’ra bir-biridan farqlanadi.

  5. Ularni doimo almashtirib qo’llab bo’lmaydi.

O’quvchi shu belgi asosida o’zining “kimligini”, ya’ni qaysi hodisa haqida so’z yuritilayotganini anglashi va aytib berishi lozim.
Morfologiya bo’limida ham shu o’yinni qo’llash mumkin. Masalan, sifat turkumi bo’yicha mustahkamlash darsida “Sifat” yozuvi tushirilgan qog’ozni bir o’quvchi boshiga taqiladi. Qolgan o’quvchilar sifatga xos belgilarni aytadilar:

  1. Bu belgi bildiradi.

  2. Gapda otga, ba’zan fe’lga bog’lanib keladi.

  3. Qanday? so’rog’iga javob bo’ladi.

  4. Daraja ifodalaydi.

O’quvchi uning sifat ekanligini aytadi. Bu bo’limdagi qolgan mavzularni o’rganish va mustahkamlashda ham mazkur o’yindan foydalanish mumkin. “Sintaksis” bo’limida ham bu o’yin turidan shu tartibda foydalansa bo’ladi.



Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling