Qaysi javobda «Ravshan» dostoni qahramoni Hasanxon haqida fikr yuritilgan?
A.U Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon edi. U o‘g‘lini qutqarish uchun otlanadi, uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi.
B.U kunlardan bir kun o‘g‘li bilan saxiylik va baxillik haqida suhbatlashadi.
C.No‘g‘ay podsholaridan biri bo‘lib, uning Qilichxon degan laqabi bor edi, o‘sha vaqtning odamlari uni Avliyo ota der edilar.
D.U bir necha yil o‘zining o‘rniga qushbegisini qo‘yib, o‘g‘lining o‘tida kuyib, tagizaminga kirib, toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lib yotadi.
21. Kampirning «o‘lsam merosxo‘rim deb» yurgan, tutingan o‘g‘li podshoga bandi bo‘ladi. Kampirning avvalgi alamlaridan bunisi ortiqroq bo‘ladi. U tutingan o‘g‘lini qutqarish uchun astoydil harakat qiladi. Kampir yig‘lab-emranib Aynoq kalning oldiga boradi. Ushbu parchada qaysi doston voqeasi bayoni berilgan?
A.«Alpomish» B.«Ravshan» C.«Oygul bilan Baxtiyor» D.«Kuntug‘mish»
22. Qaysi javobdagi ma’lumot «Kuntug‘mish» dostoniga oid emas?
A.Doston qahramoni bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldirish shartini ado etadi.
B.Doston qahramoni dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan, e’tiqodidan kechmasligini aytadi.
C.Otasi oshiq yigitga lashkarlar ichidan qirq yigitni ayirib beradi, qirq xachirga zar ortib beradi va uni oq fotiha bilan Zangar yurtiga kuzatadi.
D.Buvraxon avval oshiq va ma’shuqani mudhish jazoga mahkum etadi, keyinroq Azbarxo‘ja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ularni afv etadi
23. Qaysi javobdagi ma’lumot «Kuntug‘mish» dostoni qahramoni Kuntug‘mish haqida?
A.U o‘zga yurtga yolg‘iz o‘zi otlanadi. Yoshligi, soddaligi tufayli osongina bandi etilib, zindonga tashlanadi.
B.U o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi. Kampir uni «o‘lsam merosxo‘rim» deya e’zozlaydi.
C.U dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan, e’tiqodidan kechmasligini aytadi.
D.U o‘n to‘rt yoshga to‘lguncha ilm-hunar o‘rganadi. 0 ‘n to‘rt yoshdan keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko‘pkari chopish kabi sipohlik hunarlarini o‘rganadi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |