E nuritdinov


Moddalar va energiya almashinuvining asosiy bosqichlari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Moddalar va energiya almashinuvining asosiy bosqichlari 
Oqsil,  yog'  va  karbonsuvlar  almashinuv  jarayonlari  o'ziga  xos  xususiyatlariga  ega. 
Lekin  shu  bilan  bir  qatorda  o'zining  umumiy  qonuniyatlari  ham  bor.  Moddalar 
almashinuvini 3 bosqichga bo'lish maqsadga muvofiqdir: 
1. Tananing hazm yo'llarida oziq moddalarning o'zlashtiriyshi. 
Oraliq almashinuv. 
Oxirgi mahsulotlar metabolizmi. 
л 
Birinchi  bosqich  me'da-ichak  yo'lida  oziq  moddalarning  tartib  bilan  kichik 
molekulyar  moddalarga  kimyoviy  yo'l  bilan  parchalanishi  va  hosil  bo'lgan  oddly 
kimyoviy  moddalarning  qon  va  limfaga  so'rilishi.  Oqsil,  yog'  va  karbonsuvlarning 
parchalanishi  o'ziga  xos  fermentlar  ta'sirida  boradi.  Oqsillar  peptidaza  fermenti 
yordamida  aminokislotalargacha,  yog'lar  lipaza  yordamida  glitserin  va  yog' 
kislotalargacha,  murakkab  karbonsuvlar  amilaza  yordamida  monosaxaridlargacha 
parchalanadi, 
Birinchi  bosqichning  ahamiyati  shundan  iboratki,  oziq  moddalarning  oddiy 
moddalargacha aylanib, keyinchalik bu organizmning energiya manbai bo'lib xizmat 
qiladi.  Bunday  moddalarga  aminokislotalar  (20  turi),  geksozalardan  -  glukoza, 
fruktoza, galaktoza, pentozalar, glitserin va yog' kislotalari kiradi. Ular qon va limfa 
suyuqligigacha oson so'rilib, qon bilan jigar to'qimalariga va tananing periferiyadagi 
to'qimalariga tashiladi va u yerda navbatdagi o'zgarishlarga uchraydi. 
Moddalar  almashinuvining  ikkinchi  bosqichi  aminokislotalar,  monosaxaridlar, 
glitserin  va  yog'  kislotalarini  hosil  bo'lishini  birlashtiradi.  Oraliq  almashinuv 
jarayonida  oqsillar,  karbonsuvlar,  yog'lar  va  ularning  kompleks  birikmalari 
sintezlanadi,  shuningdek,  aminokislotalar.  glukoza,  glitserin  va  yog'  kislotalarining 
parchalanishi yuz beradi. 
Hamma  hujayralarda  doimo  modda  almashinuvi  tufayli  hujayra  tizilmalari  va 
hujayraaro modda uzluksiz hosil bo'lib, yemirilib va yangilanib turadi. Buning sababi 
shuki,  organizmda  doimo  har  xil  kimyoviy  birikmalar,  parchalanib  va  sintezlanib 
turadi, bir xil  moddalar ikkinchi xil  moddalarga aylanadi. Moddalar parchalanganda 
asosan  issiqlik,  mexanik  va  qisman  elektr  energiyasi  kabi  kinetik  energiya  turlariga 
aylanadi. 
Oraliq  almashinuv  jarayonlarida  bitta  umumiy  modda  hosil  bo'ladi,  shuning  uchun 
buni  moddalar  almashinuvining  «umumiy  qozoni»  ham  deyiladi  (60-rasm).  Misol 
uchun,  pirouzum  kislotasini  olishimiz  mumkin.  Bu  oqsil,  yog'  va  karbonsuvlarning 
oxirgi umumiy mahsuloti hisoblanadi. 
Oraliq  almashinuv  jarayonlarida  tananing,  asosiy  qismini  tashkil  etadigan  va 
muayyan  turga  xos  oqsil,  yog'lar,  karbonsuvlar  va  ularning  komplekslari-
nukleoproteidlar,  fosfolipidlar  va  hqs,hqalar  sintez  bo'ladi.  Bundan  tashqari,  bu 
moddalar tananing asosiy energetik manbai ham hisoblanadi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling