E nuritdinov


Energiya almashinuvi. Energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

 
Energiya almashinuvi. Energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi 
 
Yuqorida 
aytilganidek, 
moddalar 
almashinuvida, 
ya'ni 
oqsillar, 
yog'lar, 
karbonsuvlarning  kislorod  bilan  oksidlanib  parchalanishi  natijasida  energiya  hosil 
bo'ladi.  Bu  energiya  organizmda  barcha  fiziologik  jarayonlarning  to'xtovsiz  davonn 


 
105 
etishi uchun sarflanadi. 
' Energiya  almashinuvida adenozintrifosfat kislotasi  (ATF)  markaziy  o'rin  egallaydi. 
Turli  makroergik  birikmalardan  hosil  bo'lgan  ATF  o'z  navbatida  ularning  sintezida 
asosiy rol o'ynaydi. 
Turli  organik  moddalarning  parchalanishi  natijasida  hosil  bo'lgan  energiya  ATF 
shaklida saqlanib, zaxira bo'lib turadi. ATF organizmning har bir hujayrasida bo'ladi. 
Uning  eng  ko'p  miqdori  skelet  mushaklardauchraydi  -  0,2-0,5%  hujayraning  har  bir 
faoliyati to'g'ridan-to'g'ri ATP ning parchalanish vaqtiga mos keladi. 
Ma'lum  bir  masofaga  yugurish  (masalan,  100  metrga)  mushaklar  faqat  ulardagi 
zaxiraviy  ATF  energiyasi  hisobidan  ishlaydi.  Parchalangan  ATP  molekulalari  yana 
boshqatan  qayta  qisqarishni  ta'minlash  uchun  qayta  tiklanishi  kerak.  Bu  jarayon 
karbonsuvlar  va  boshqa  moddalar  parchalanishi  natijasida  ajralib  chiqqan  energiya 
hisobidan amalga oshadi. 
Shunday qilib, organizm, to'qimalar, a'zolar ; va; hujayralarning funksional faoliyati 
uchun ATF yagona va universal energiya'manbai bo'Hb xizmat qiladi. Organizmning 
energiyasi moddalaiv •alrnashinuvi, mushaklarning faoliyati va ovqatningo'ziga xos-
ta'siri  uchun  sarflanadi.  Organizm  tomonidan  sarf  qilingan  energiya  miqdorini  bilib 
turib, undan tashqariga chiqariladigan issiqlik miqdorini ham aniqlash mumkin. 
Energiya  sarfini  o'lchash  usullari  (bilvosita  va  bevosita  kalorimetriya). 
Nafas koeffltsienti ' 
Organizmda  ajralgan  energiya  qaysi  ishga  sarflanmasin,  oxir-oqibat  u  issiqlik 
energiyaga  aylanadi.  Bu  issiqlikni  bilvosita  va  bevosita  kalorimetriya  usullari 
yordamida  aniqlab,  organizmdagi  energiya  alrnashinuvi  to'g'risida-tasavvur  olish 
mumkin. 
Bevosita  kalorimetriya  usulida  organizmdan  ajralib  chiqadigan  issiqlikni  sezuvchi 
maxsus  germetik  apparatlar  -  kalorimetrik  kameralardan  foydalaniladi.  Bu  usul 
organizm  faoliyati  natijasida  hosil  bo'ladigan  va  tashqariga  chiqadigan  issiqlikning 
miqdorini  aniqlash  uchun  ishlatiladi.  Odamni  maxsus  kalorimetrik  kameraga 
joylashtirib, 'unmg tanasidan muhitga beradigan issiqlik miqdorini o'lchaydi. Kamera 
ichining  yuqori  qismida  bir  nechta  naycha  o'rnatilgan  bo'lib,  ularda  suv  aylanib 
turadi.  Tajriba  o'tkazilayotgan  odam  mu'tadil  nafas  olishi  uchun  maxsus  naycha 
orqali  kislorod  ballonidan  kameraga  havb  kiritib  turiladi.  Nafas  orqali  chiqarilgan 
havo  maxsus  naycha  ofqali kamera  tashqarisida  joylashtirilgan  baklardagi  kimyoviy 
moddalardan  o'tkazilib,  undagi  karbonat  angidriddan  tozalanadt.  Kalorimetrik 
kamerasi naychalari orqali oqib o'tgan suvning miqdorini aniqlab, harorati o'lchanadi. 
Bir  kecha-kunduzda  shu  suvni  isitishga  sarflangan  issiqlik  energiyasining  miqdori 
kamerada  tajriba^  olib  borilayotgan  odamdan  ajralganligi  aniq  bo'ladi.  Bu  energiya 
miqdori kilojoullar (kDj) da ifodalandi. 
Bu  usul  ancha  murakkab  bo'lib,  undan  maxsus  ilmiy-tekshirish  institutlarida 
foydalaniladi.  Shuning  oqibatida  tibbiyot  amaliyotida  bilvosita  kalorimetriya  usuli 
qo'llanib  kelmoqda.  Buning  ma'nosi  shundaki,  dastlab  o'pka  ventilatsiya  hajmi 
aniqlanib,  so'ngra  nafas  bilan  qabul  qilingan  kislorod  va  ajralib  chiqqan  karbonat 
angdrid  miqdoriga  qarab,  organizmda  qancha  energiya  hosil  bo'lganligi  va 
sarflanganligi  aniqlanadi.  Nafasdan  chiqqan  karbonat  angidrid  hajmining  yutilgan 
kislorod  hajmiga  nisbati,  ya'ni  CO2  nafas  nisbati  nafas  koetfitsienti  deyiladi.  Nafas 
koeffitsientini  aniqlaborganizmda  oksidlanadigan  moddalar  haqida  ma'lumot  olish 


 
106 
mumkin. Nafas olish va chiqarish sarflangan kislorod va chiqarilgan karbonat angdrid 
miqdorini  aniqlash  uchun  Duglas  -  Xolden  niqob  qopidan  va  M.N.Shaternikovning 
respirasion kamerasidan foydalaniladi. 
Odam  organizmida  1  g  oqsil  oksidlanishi  va  parchalanishiga  0,97  1  kislorod 
sarflanib,  4,1  kkal  energiya  hosil  bo'ladi;  1  g  yog'  oksidlanishiga  2,03  kislorod 
sarflanib,  9,3  kkal  energiya;  1  g  uglerod  oksidlanishiga  0,81  kislorod  sarflanib,  4,1 
kkal  energiya  hosil  bo'ladi.  Demak,  Duglas  -  Xolden  niqob-qopi  yordamida  nafas 
olish  orqali  qabul:qilingan  kislorod  miqdorini  aniqlab,  bu  kislorod  yordamida 
organizmda qancha energiya hosil bo'lganligi va sarflanganligi hisoblab chiqariladi. 
Karbonsuvlar  oksidlanishida  nafas  koeffitsient  1  ga  teng,  chunki  1  molekula 
glukozaning  angdrid  gaz  va  suvgacha  oksidlanishi  uchun  6  molekula  kislorod 
sarflanib, 

molekula 
karbonat 
angidrid 
gazi 
chiqariladi: 
C6Hl2O6+6b2=6CO2+6H2O+kkal. 
Oqsil oksidlanishida nafas koeffitsienti 0,8 va yog'lar oksidlanishida nafas koeffisenti 
0,7  ga  teng.  Yog'lar  va  oqsillarda  molekulalararo  kislorod  miqdori  karrTbo'lgani 
sababli, ularning oksidlanishida ko'p kislorod zarur bo'ladi: 1 g oqsil -'0,97 1, 1 g yog' 
- 2,03 1. 
Gazlar almashinuvi - organizm bioenergetikasining ko'rsatkichi 
Organizmga  yutilgan  kislorod  oqsil,  yog'  va  karbonsuvlarning  oksidlanishiga  sarf 
bo'ladi.  Bu  moddalardan  1  g  oksidlanib  parchalanganda  har  xil  miqdorda  kislorod 
sarflanadi  va  turli  miqdorda  issiqlik  ajraladi.  1  g  karbonsuv  oksidlanganda 
organizmda  4,1  kkal  issiqlik  ajralib  chiqadi  va  buning  uchun  0,830  1  kislorod  1  g 
oqsil  oksidlanganda  ham  4,1  kkal  issiqlik  ajraladi,  lekin  bunda  kislorod  ko'proq 
sarflanadi va h.z. 
Organizmda  1  1  kislorod  sarflanganda  yuzaga  chiqadigan  issiqlik  miqdori 
kislorodning kaloriya ekvivalentligi deb ataladi. 
Shunday qilib, organizmda qaysi moddalar - oqsil, yog' va karbonsuvlar oksidlangani 
ma'lum  bo'lsa  iste'mol  qilingan  jami  kislorod  miqdoriga  qarab  qancha  energiya 
sarflanganini hisoblab chiqish mumkin. Gazlar almanishuvini tekshirish tajribalarida 
nafas koeffitsienti tanada qaysi oziq moddalar oksidlanganini ko'rsatib bera oladi. 
Karbonsuvlarning  oksidlanishida  kislorodning  kaloriya  ekvivalenti  21,13  KDJ  (5,05 
kkal), oqsillar - 20,1 KDJ (4,8 kkal), yog'lar - 19,62 (4,686 kkal)ga teng. 
Odamda  energiya  sarflanishi  quyidagicha  aniqlanadi.  Odam  og'izga  qo'yilgan 
mushtuk orqali 5 daqiqa davomida nafas oladi. Mushtuk rezinali to'qimadan yasagan 
bo'lib,  xalta  bilan  ulangan,  uning  klapanlari  orqali  odam  erkin  nafas  olib  nafas 
chiqaiadi. Soatga qarab, odamning nafas chiqarish hajmini aniqlab, gazoanaliztorning 
shkalasiga qarab nafas olish va nafas chiqarish havosi tarkibidagi kislorod va angidrid 
gazining  miqdori  aniqlanadi.  So'ngra  qabul  qilingan  kislorod  va  tashqariga 
chiqarilgan  karbonat  angidrid  gazining  hajmlarini  hisoblab,  nafas  koeffitsientini 
topadi.  Yuqorida  ko'rsatilgan  jadval  orqali,  nafas  .  koeffitsienti  ko'rsatkichiga 
kislorodning kaloriya ekvivalenti va energiyaning sarflanishini tekshiriladi. 
Asosiy almashinuv va uning ahamiyati 
Organizm  tamomila  tinch  turganda,  nahorda,  ya'ni  ovqatlanishdan  12-:; 
16    soat  keyin    va      18-20°    haroratda  sarf  qiladigan    energiyaning  rriiqdori 
asosiy almashinuv deb ataladi.  • 
Asosiy 
almashinuvni 
aniqlash 
uchun 
tekshiriladigan 
odam: 


 
107 
1)  mushaklari  tinch  turadigan  holatda  bo'lishi  (mushaklarihi  'bo'sh  qo'yib 
yotishi),  hayajonlantiruvchi  omillar  ta'sir  etmasligi;  2)  ocfTbo'lishi,,  ya'ni 
ovqat  yegandan  12-16  scat  keyin  tekshirili'sHi;  3)  komfort  harprat  -18-^0° 
S, 
ya'ni 
sovuq 
-seziltriaydigan, 
titratmaydigan 
va 
organizmni 
qizitib 
yubormaydigan sharoitda bo'lishi kerak. 
_, 
Asosiy  almanishuvni  aniqlash  uchun  bilvosita  kalorimetriya  usuli  qo'llaniladi,  ya'ni 
gazlar  almashinuvi  tekshiriladi.  Katta  yoshli  sog'lom,  kishining  asosiy  almashinuvi 
har  bir  kilogtanirn  og'irligiga  o'rta  hisob  bilan  !  soatga  1  kaloriyadan  to'g'ri  keladi. 
Masalan,  70  kg  og'irlikdagi  odamning  asosiy  almashinuvi  70x24=1680  katta 
kaloriyaga  terig  bo'ladi.  Bu  organizmning  hayot  faoliyati  uchun  sarf  bo'ladigan 
energiya miqdoridir. 
Asosiy  almashinuv  odamning  jinsiga,  yoshiga,  bo'yiga  va  og'irligiga  bog'liq. 
Erkaklarda  asosiy  almashinuv  bir  xil  og'irlikdagi  xotinlardagiga  nisbatan  ortiqroq 
bo'ladi. 
Bolalarda  tananing  1  kg  vazniga  to'g'ri  keladigan  asosiy  almashinuv  miqdori  katta 
yoshli  kishilardagiga  nisbatan  ortiqroq,  lekin  yosh  ulg'aygan  sayin  issiqlik  kamroq 
hosil  bo'la  boshlaydi.  Bu  hoi  20  yoshgacha  davom  etadi.  20  yoshdan  40  yoshgacha 
issiqlik  hosil  bo'lishi  o'zgarmaydi,  40  yoshdan  keyin  esa  issiqlik  yana  kamroq  hosil 
bo'la boshlaydi. 
Emizadigan  bolalarda  I  kg  vazniga  to'g'ri  keladigan  asosiy  almashinuv  bir  kecha-
kunduzda  209-222  KDJ  (50-53  kkal/kg)ga  teng.  Ularning,  .vazn  og'irligiga  qarab 
asosiy  almashinuv  kuchayadi.  Sog'lom  odamlar  asosiy  almashinuvining  ko'rsatkichi 
4,2 KDJ (1 kkal/soat)ni tashkil etadi. 
Uyqu  vaqtida  energiya  almashinuv  tezligi  siyraklik  davriga  nisbatan  8-10% 
kamayadi,  chunki  uyqu  vaqtida  mushaklar  maksimal  darajada  bo'shashadi.  Tana 
haroratining ko'tarilishi energiya almashinuviga ancha katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, 
odamning tana harorati 1°S ko'tarilsa, energiya sarfi o'rta hisob bilan 10-11% ortadi. 
Iqlimiy  sharoit  ta'sirida  ham  asosiy  almashinuv  miqdori  o'zgaradi:  Tropiklarda  o'rta 
geografik  kengliklardagiga  nisbatan  10-20%  kam  va  shimolda  sovuq  vaqtida  ortiq 
bo'ladi. 
kifoyalanish  noto'g'ri  bo'ladi.  Organizm  uchun  ovqatning  tarkibi,  ya'ni  oqsillar, 
yo lar va karbonsuvlarningiborligi, ularning sifati va nisbati juda muhimdir. 
Ovqat  ratsionini  tuzganda  oqsil  minimumini  emas,  balki  oqsil  optimumini,  ya'ni 
organizm  ehtiyojlarini  to'la  qondiruvchi  oqsil  miqdorini  nazarda  tutish  kerak. 
Shundagina  organizm  kayfiyati  yaxshi,  ish  qobiliyati  yuqori,  yuqumli  kasalliklarga 
chidamliligi  yetarli  darajada  bo'ladi,  bolalarning  esa 
sish  ehtiyojlari  ham 
qondiriladi. Katta yoshdagi odam bir kecha-kunduzda  rta hisob bilan 80-100g oqsil 
iste'mol  qilib  tursa,  mu'tadil  fiziologik  sharoitda  organizmning  yengil  ish 
vaqtidagi'ehtiyojlarini to'la qondiradi. 
rtacha o irlikdagi ishda qariyb 120 g, o ir jismoniy mehantda esa qariyb 150-160 
g oqsil iste'mol qilish zarur. Shundan kamida 30% i hayvon oqsillari bo'lishi zarur. 
Bolalarning  I  kg  vazniga  hisob  qilingan  oqsil  miqdori  ularning  o'sish  ehtiyojlarini 
nazarda tutib biroz oshirilishi kerak. 1-3 yoshdagi bolalarga bir kecha-kunduzda 55 g 
oqsil,  4-6  yoshdagi  bolalarga  72  g,  7-9  yoshdagi  bolalarga  89  g  oqsil  kerak,  10-15 
yoshdagi bolalar bir kecha-kunduzda 100-106 g dan oqsil iste'mol qilishi zarur. 
Ovqat rasionida kamida 60 g yog' bo'lishi zarur, chunki yog'da eruvchi vitaminlar va 


 
108 
hujayra tuzilishiga zurur lipoidlar yog'lar tarkibiga kiradi. Odam bir kecha-kunduzda 
300 kkal sarflaganda qariyb 100 g yog' iste'mol qilishi zarur. 
; Ovqatda karbonsuvlar, mineral tuzlar va yetarli miqdorda vitaminlar bo'lishi kerak. 
Odam  ovqatdagi  karbonsuvlarning  bir  kecha-kunduzlik  miqdori  400-500  g  bo'lishi 
kerak. Mineral tuzlarning o'rta hisob bilan 60-80% o'zlashtiriladi. Aralash ovqatning 
82-90% o'zlashtiriladi. 
Ovqat ratsionini tuzish 
Ovqat  ratsionini  tuzganda,  unda  yetarli  miqdorda  oqsil,  karbonsuv  va  yog'lar 
bo'lishini  nazarda  tutish  lozim.  Bu  bilan  birga  bu  moddalarning  bir  qismi  hayvon 
mahsulotlaridan bo'lishi kerak. 
Ovqat moddalari oksidlanganda ajralib chiqadigan kaloriyalar miqdori organizmning 
sarf qilgan issiqligini qoplashi lozim. 
Ovqatda 
yangi 
sabzovot 
yoki 
mevalar 
bo'lishi 
shart. 
Bular 
asosiy 
vitamin manbalaridir. 
. • .; 
Ovqatning o'zlashtirilishi va shu kabilar hisobga olinishi lozim.; 
Ovqat  mazali  qilib  tayyorlanishi  kerak.  Ozoda  qilib,  chiroyli  dasturxon  yasash, 
ovqatni  o'xshatib  tayyorlash  ishtahani  ochadi,  hazm  a'zolarining  ishini  kuchaytiradi 
va  ovqatning  yaxshiroq  hazm  bo'lishiga,  binobarin,  yaxshiroq  o'zlashtirilishga 
yordam beradi. 
Odam odatda aralash ovqatlarni iste'mol qiladi. Sunday ovqatlarda oziq moddalar va 
ovqatga maza kiritadigan ekstraktiv moddalar bo'ladi. 
Ovqatga bunday maza kirituvchi moddalar go'shtda va boshqa ba'zi bir mahsulotlarda 
ko'p  bo'ladi, shuning  uchun  ham  go'sht  sho'rvasi  va  suyuq  osh  hazm  bezlariga  ta'sir 
etib, ularning zo'r berib ishlashiga sabab bo'ladi. 
Ovqat  ratsionini  to'g'ri  tuzish  uchun  muayyan  mahsulotlardagi  oqsillar,  yog'lar-va 
karbonsuvlarning  miqdorini  va  kaloriya  qimmatini  bilish  kerak.  15-javdal  turli 
mahsulotlarning tarkibi va kaloriya qimmati haqida tasavvur beradi. 
Ko'pchilik  kishilar  me'daga  ovqat  kirganda  kelib  chiqadigan  to'yish  sezgisiga 
ahamiyat beradilar. Me'da oziq moddalari kam, lekin katta hajmli ovqat bilan to'lsa, 
odam  o'zini  to'ydim  deb  his  qilishi  murnkin.  15-jadvalda  keltirilgan  ma'lumotlarni 
hisobga olib, ilmiy asosda rasion tuzish mumkin. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling