E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Vitaminlar almashinuvi 
Vitaminlar  (lot.vita-hayot)  deb  organizm  uchun  zarur  bo'lgan  va  nisbatan  oz 
miqdorda  uchraydigan  kimyoviy  organik  birikinalarga  aytiladi.  Bu  moddalar 
ko'pincha  odam  va  hayvonlar  organizmiga  ovqat  bilan  kiradi,  ba'zilari  esa 
organizmning o'zida sintezlanadi, Ular organizmning o'sishiga, modda almashinuviga 
ta'sir ko'rsatib, organizmning turli fiziologik jarayonlarida ishtirok etadi. 
Vitaminlarning  asosiy  manbai-o'simliklar  hisoblanadi,  ularga  vitaminlar  yoki 
organizmda  vitaminlarga  aylanuvchi  moddalar,  ya'ni  pro  vitaminlar  sinte/.Sanadi. 
Odamga vitaminlar o'simlik yoki hayvon mahsulotlari orqali kirib keladi. 
Vitaminlarni  1880  yilda  rus  olimi  N.I.Lunin  kashf  etgan.  Keyinchalik  bu  muhim 
moddalarni  1912  yilda  K.Funk  tomonidan  vitamin  deb  nomlangan.  Uning  fikricha 
organizmdagi  normal  fiziologik  holatning  kechishi  uchun  ovqat  bilan  oqsil,  yog', 
karbonsuvlar,1  mineral  tuzli-lr  bilan  birga  vitaminlar  ham  kirib  turishi  kerak  (6l-
rasm). 
Turli  vitaminlarning  kimyoviy  tuzilishi  vd  biologik  ta'siri  har  xil.  Vitaminlar 
organizmda fermentlarning faol (prostetik) guruhlari vazifasini bajaradi. 
Organizmda biror vitamin umuman etishmasa, avitaminoz deb nomlangan patologik 
holat ro'y beradi, ovqat tarkibida biroz vitamin yetishmaganda, gipovitaminoz paydo 
bo'ladi  va  vitaminning  miqdori  me'yordan  oshib  ketganda  esa  gipervitaminoz 
kuzatiladi.61-rasm.  Ovqat  tarkibidagi  turli  vitaminlarning  mavjudligi.  А,  В,  С,  D 
guruhlar vitaminlari. 
Turli  avitaminozlar  va  gipovitaminozlar  (masalan,  polinevrit,  raxit,  pellagra,  lavsha 
va boshqalar) klinik belgilari bilan farq qiladi va butunlay boshqa-boshqa kasalliklar 
hisoblanadi. Shuning uchun organizmga yetishmaydigan u yoki bu vitaminni kiritish 
yo'li  bilan  tegishli  avitaminoz  yoki  gipovitaminoz  kasalliklarining  oldini  olish  yoki 
tuzatish mumkin. 
Vitaminlarni  lotin  alifbosi  harflari  bilan  ko'rsatiladi  va  kimyoviy  yoki  fiziologik 
nomlari bilan alashadi (fiziologik nomi vitaminning ta'siriga qarab beriladi). 
Hamma  vitaminlar  ikkita  kata  guruhga  bo'linadi:  1)  suvda  eriydigan  vitaminlar;  2) 
yog'da eriydigan vitaminlar
Suvda eriydigan vitaminlarga vitamin В guruhiga kiruvchi katia guruh, vitamin С va 
vitamin  P  lar  kiradi.  Vitamin  В  guruhiga:  vitamin  B,  (tiamin),  vitamin  B2 
(riboflavin),  vitamin  Be  (piridoksin),  vitamin  B12  (siankobalamin),  vitamin  PP 
(nikotinamid),  pantoten  kislota,  biotin,  fol  kislotasi,  xolin  va  boshqa  ba'zi  moddalar 
kiradi. 
Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, (retinol) bilan vitamin A2 (degidroretinol), 
D guruh vitaminlariga (ergokalsiferol), vitamin E (tokoferol), vitamin  К (filloxinon) 
lar  kiradi.  Ko'pchilik  vitaminlar  odam  organizmida  tez  parchalanib  ketadi  va 
organizmda  to'planmaydi,  shuning  uchun  ular  odam  organizmiga  doim  ovqat  bilan 
kirib turishi kerak. Ayniqsa A, D, B,, B2, PP va С vitaminlar shular jumlasiga kiradi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling