Ekologik ong va madaniyatni tarbiyalash ekologik tarbiya asosidir


I BОB. EKOLOGIK ONGNING ETNOMADANIYAT BILAN UYG‘UNLIGI


Download 73.34 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1522801
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik ong va madaniyatni tarbiyalash ekologik tarbiya asosidir

I BОB. EKOLOGIK ONGNING ETNOMADANIYAT BILAN UYG‘UNLIGI
1.1 . Ijtimoiy ekologiya jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini
o‘rganuvchi fan

Ekologik vaziyat hozirgi vaqtda uni mushohada qilish jarayonida ham o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashni talab qiladi. Bu eng avvalo ijtimoiy ongning muhim shakllaridan bo‘lmish fanda o‘zining bevosita ifodasini topadi. Bizning ko‘z o‘ngimizda yangi fan – ijtimoiy ekologiya fani yuzaga kelib, rivojlanmoqda. Mazkur fan asosan inson, jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi fan sifatida rivojlanmoqda. Faqat ijtimoiy ekologiya fanigina jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini sifat jihatidan yangi tizim darajasida o‘rganishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi.


Ekologik tanglik tabiatda, odamlar o‘rtasida, odam organizmida, muomala madaniyatida, axloqda ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi kundagi ekologik tanglik faqat atrof-muhitning shunchaki buzilishi va ifloslanishi bo‘lmay, balki siyosatdagi, axloqdagi buzilishlar hamda sisiy madaniyatsizlikning ham achinarli ko‘rinishidir. Ekologik muammolarni tushuntirish, ularni hal etishga intilish hozirgi kun ma’naviy faoliyatimizning eng muhim yo‘naliga aylanib bormoqda.
Jonli tabiatning ajralmas qismi, bo‘lmish odamzot bugungi kunga kelib achinarli holatga tushib qoldi.
Odam texnika kuchi bilan tog‘larning bag‘rini tilmoqda, qirlarni joyidan qo‘zg‘atmoqda, asriy cho‘llarni tekislab boh-rohlarga aylantirmoqda. Natijada ona-yer bag‘ri ilma-teshik bo‘lib, zahar-zaqqumga to‘lib ketdi. Zamin o‘z arovatini, tabiiy iqlimini o‘zgartirdi, uning yuzlarini tuz qoplamoqda.
Hozirgi vaziyat har bir kishining ekologik ongini o‘stirish va uni e’tiqod darajasiga ko‘tarishni taqozo etmoqda.
Ekologik ong – ijtimoiy ongning bir ko‘rinishi bo‘lib, ekologik ongda insonning tabiat va jamiyatga munosabatlari uyg‘unlashib keladi.Ekologik ongda bioijtimoiy ekologik tanglik, ya’ni ekologik halokat to‘g‘risidagi tasavvurlar, tushunchalar o‘z ifodasini topadi.
Insonlarning muayyan tabiiy-geografik yashash joylari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, e’tiqod shakllari, etnografik xususiyatlari bilan bog‘liq milliy ekologik madaniyat vujudga kelgan va rivojlangan. Hozirgi davrga kelib insoniyat tabiatga ongli munosabatda bo‘lish, tabiat insonning kelajagini belgilab beruvchi asosi omil ekanligini anglay boshladi. Shu asosda “tabiat-jamiyat-inson” munosabatlarini tabiat foydasiga isloh qilish, unga madaniy munosabatda bo‘lish jarayoni ketmoqda. Madaniyat shakllarining ekologik ehtiyojlar doirasida integratsiyalashuvi natijasida ekologik-axloqiy madaniyat, ekologik-huquqiy madaniyat, ekologik-iqtisodiy madaniyat va shu kabi boshqa ekologik madaniyat yo‘nalishlari vujudga kelib, o‘z mazmuni va vazifalarini kengaytirmoqda.
Ekologik madaniyat maxsus ijtimoiy madaniyat sifatida inson va jamiyatning tabiatga nisbatan amaliy munosabatlarini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradi.
Tabiiy atrof-muhit muhofazasining olamshumul muammoga aylanishi va keskinlashib ketayotganligi ijtimoiy hayotda ekologik madaniyatning ustivorlashib borshi qonuniyati vujudga keldi.
Inson ixtiyoridagi tabiatga ta’sir etish vositalari qanchalik taraqqiyo etsa, agar ular aql-idrok bilan boshqarilmasa, u shunchalik og‘ir, salbiy oqibatlarga olib keladi. Demak, tabiatda bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar nafaqat aniq bir millat, balki umuminsoniyatning ekologik ongining qay darajada shakllanganligi, ya’ni ekologik madaniyatning rivojlanganligiga bog‘liqdir. Tabiatga bo‘lgan axloqiy-ma’naviy munosabatni shakllantirish uchun eng avvalo insoniyat tomonidan yaratilgan ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan, chunonchi, ekologik tafakkurni rivojlantirishga yordam beradigan xalq og‘zaki ijodidan, etnopedagogikadan, diniy e’tiqoddan, yozma ma’naviy merosimiz namunalaridan keng ko‘lamda foydalanishimiz o‘ta muhimdir.
Albatta, biz tabiatga mehr-shafqat bilan yo‘g‘rilgan urf-odatlarga, axloqiy qarashlarga, diniy e’tiqodimiz bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy an’analarga egamiz. Ota-bobolarimiz bu an’analarni muqaddas bilib, ularga qat’iy amal qilib kelganlar. Bu esa tabiat va inson o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlab kelgan, uning daxlsizligini ta’min etgan. Afsuski, keyingi 60-70 yil ichida ilgari muqaddas sanalgan azaliy an’analar unutib qo‘yilganligi bois insoniyatning tabiatga tajovvuzi nihoyatda kuchayib ketdi. Masalan, bugungi kunda 5 mln. 800 ming kvadrat kilometr tropik o‘rmonlar kesib olingan; 6 mln. 800 ming kvadrat kilometr maydonda chorva mollari haddan ziyod ko‘p boqilgan; 1 mln. 370 ming kvadrat kilometr maydondagi daraxtlar o‘tin uchun kesilgan; 1 mln. 95 ming kvadrat kilometr yer esa irrigatsiya va melioratsiya ishlarida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli degradatsiyaga uchrab, ziroatchilik, oziq-ovqat yetishtirish uchun yaroqsiz holga kelgan.
Hozirgi vaziyatda aholi tez o‘sib, sanoat beqiyos darajada rivojlanayotgani emas, balki odamlar ruhiyatidagi o‘zgarishlar, loqaydlik, ma’naviy yemirilishlar ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Argumentы i faktы” gazetasining sharhlovchisi Vyacheslav Kostikov millatning ma’naviy inqirozi, ruhiyat olami yemirilishi haqida kuyinib, “Bugun Rossiya aholisining 70 % jamiyatning ma’naviy inqirozidan norozi. Odamlar jamiyatdagi odob-axloq va madaniyat tanazzuli jinoyatchilik urchishiga sabab bo‘layapti. Hatto Xristian dini ruhiyati ham ana shu yo‘qotilayotgan ma’naviy tanazzulning oldini olishga yaramay qoldi. Bu din o‘z qavmlarini riyokorlikdan, bag‘ritoshlikdan saqlab qola olmayotir, Kam xarajat qilib, ko‘p daromad olishga mukkasidan ketish va mo‘may daromad ortidan quvish kishilarni odamgarchilikdan chiqarmoqda. Va qizig‘i, bu hol hammaning ko‘z oldida sodir bo‘lmoqda”, deb yozadi.
Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra sayyoramizning har besh kishisidan biri biror bir ruhiy kasallikka chalingan. Bu hol turmushning og‘irligi, turli bo‘hronlar va inqirozlar, uy-joy muammosi yoki boylik orttirish hoyu havasi bilan emas, balki televideniening zo‘rovonlik, vahshiylik va qotillikni uzluksiz targ‘ib qilishi bilan sodir bo‘lmoqda. Chunki bu tomoshabin asabiga ta’sir etadi, ruhiy holatini muvozanatdan chiqaradi.
Hali deyarli ko‘pchilik odamlar ekologik ahvolning yildan-yilga tang holatga kelayotganligini anglab yetganlari yo‘q. Ko‘pchiligimiz esa tabiatning imkoniyatlari cheklanganligini, inson umri qush uyg‘uchi kabi qisqa ekanligini bilsak-da, parvo qilmaymiz.Na tabiatning va na o‘z umrimizning qadriga yetamiz.Bunday beqarqlik va beg‘amlikning bir necha sabablari bor, albatta. Shulardan biri tabiatni, odamlarni, bir-birimizni asrash, avaylash, hurmat qilish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning chinakam axloqiy me’yorga, kundalik turmushimiz madaniyatining tarkibiga aylanmaganligidir.
Qadim ajdodlarimizdan bizna meros sifatida o‘tib kelayotgan axloqiy me’yorlardan biri – bu ekologik axloqdir. Ekologik axloqning uzoq yillar davomida shakllangan qonun-qoidalari, an’analari mavjuddir. Ammo keyingi paytlarga kelib shu axloqiy qoidalar va me’yorlar buzildi, ularga amal qilinmay qo‘yildi. Bu esa qator ko‘ngilsizliklarga olib kelmoqda. Demak, hozirgi asosiy vazifalardan bir - ana shu yo‘qolib borayotgan ekologik axloq qoidalari va me’yorlarini qayta shakllantirish va tiklashdan, kishilar ongiga singdirishdan iboratdir. Shundagina kishilarda tabiatga nisbatan ongli munosabat paydo bo‘ladi, ekologik madaniyati rivojlanadi. O‘tmish faylasuflardan biri ta’kidlaganidek, agar insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyat stixiyali rivojlansa, ongli ravishda boshqarilmasa, o‘zidan keyin cho‘lu biyobonni qoldiradi.
Orol muammosi bugun yoki o‘n yil oldin paydo bo‘lmagan. Sobiq sho‘rolar davrida paxta yetishtirish masalasining yildan-yilga oshib borishi, oxir-oqibat orol muammosini vujudga keltirdi. Bu davrda faoliyat yuritgan ko‘pgina rahbarlar ekologik axloq me’yorlarini istaganchabuzdilar, oyoq osti qildilar. (SSSR paxtachilik ministri Po‘latzodaning fikri.)
Aslida taiatning o‘zi tarbiya manbai. Undagi hayvonot olami, o‘simliklar dunyosi odamga katta ruhiy ta’sir ko‘rsatib kelgan. Bekorga inson tabiat qo‘yniga shoshilmaydi. Inson tabiatdan ajralgan holda yashay olmaydi. Hatto tabiatning ayrim qismini uy ichkarisiga gullarni parvarish qilish orqali olib kirishga harakat qiladi. O‘zi parvarishlayotgan narsalarni asrab-avaylaydi, uni parvarishlaydi. Ana shu parvarishlash, asrab-avaylashning o‘zi tarbiya, insonning tabiatga munosabati.
Ekologik tarbiyani amalga oshirmoq uchun milliy e’tiqod va an’analar bilan cheklanib qolmasdan, dunyo xalqlarining ibratli tarbiya vositalaridan, urf-odatlari, e’tiqod va an’analaridan, zarur bo‘lsa tabiatni asrash yo‘lida joriy qilingan qonunlaridan foydalanish kerak.
Biron-bir rivojlangan mamlakatda ekologik tarbiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar boshqa xalqlarga, jumladan bizga ham qo‘l kelishi mumkin. Masalan, Avstriyada butun xalq ozodalik, tozalik uchun kurashadi. Mamlakatda tozalikni, ekologik muhitni asrab-avaylash fuqarolar faoliyatining asosiy qisimga aylangan. Yoki, Yaponiyada tabiatda mavjud bo‘lgan barcha o‘simlikni qay shaklda bo‘lsa, shu holatda saqlashga harakat qilinadi. Demak, kishilarni atrof-muhitga nisbatan ma’suliyatni his qilish va manfaatdorlik ruhida tarbiyalash o‘zini huomat qiladigan har bir madaniyatli xalq va elatning muqaddas burchidir.
Boylik ko‘pincha isrofgarchilikka, isrofgarchilik o‘z navbatida xonavayronlikka olib keladi.
Tabiatni asrashning yana bir eng muhim yo‘li tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatni ongli ravishda boshqarishdir. Odamning tabiat ustidan ongli hukmronligi xuddi ana shunda o‘z isbotini topadi. Tabiatning rivojlanish qonunini bilish esa, tabiatdan to‘g‘ri, oqilona foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tabiat hodisalariga genetik yondashish shuni ko‘rsatadiki, tabiatga nisbatan bo‘ladigan munosabatlar barcha tarixiy davrlarda o‘zgarib turgan. Chunki, bu munosabat tarixiy va ijtimoiy harakatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Odamlarning ongini ularning borlig‘i belgilaganidek, tabiatga munosabat ham insonlarning axloqiy madaniyatga qanchalik egaliklariga bog‘liq. Demak, odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini tarbiyalashga, uni kundalik axloq me’yorlarining bir qismiga aylantirishga ehtiyoj qanchalik kuchli bo‘lsa, atrofimizni o‘rab turgan tabiatga bo‘ladigan munosabatni ham xuddi shunday yo‘sinda tarbiyalab bormoq lozim.
Ming yillik tajriba, odamlarning kuzatuvlari, olimlarning ilmiy xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ona tabiat odamlarda dunyoqarashni, estetik didni, go‘zal axloqiy fazilatlarni, olijanob insoniy tuyg‘ularni tarbiyalashda katta rol o‘ynab kelgan. Masalan, qadimgi yunoniston panteizm (tabiatni xudo deb tushunish) mamlakati. Uning barcha hududlari uyg‘unlik ramkasiga solingan edi. Mamlakatdagi har bir daraxt, har bir buloq, har bir tog‘u-tosh mana man deb ko‘zga tashlanib turgan. Shuning uchun ham mamlakatning har bir go‘shasi o‘z go‘zalligini ko‘z-ko‘z qilib turgan. Boisi, qadimgi yunonlar har bir narsaning o‘z xudosi, o‘z ma’budasi bor deb tasavvur qilganlar.
Ma’lumki, odam tabiatning bir qismi, tabiat bag‘rida tirikdir, tabiat odamning tanasi hisoblanadi. Demak, tana kasal bo‘lsa, ruh ham, jon ham zaif va ojizdir. Inson tanasi o‘zi qurshab turgan tabiatdan quvvat oladi. Quvvat beruvchi manba zaif bo‘lsa, demak quvvat ham zaif bo‘ladi. Amerika yozuvchisi, publitsisti va faylasufi Genri Toro shunday deb yozgan edi: “Siz o‘z sog‘lig‘ingizni tong va bahordan oladigan huzur-halovatingizga qarab baholang”.
Daraxtlarning, bog‘larning, o‘simliklar va hayvonot olamining kun sayin kamayib borishi inson sog‘lig‘iga ziyon yetkazmoqda.Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, dov-daraxtlar, o‘simliklar, hayvonlar, qushlar va jonivorlar odamlardagi ruhiy zo‘riqishlarni kamaytiradi, tabiat bilan insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuviga xizmat qiladi. Sharqda muchal, 12 yilning har biriga biron-bir hayvon nomining berilishi diniy an’anagina emas, balki odamlarning tabiatning qudratiga ishonganligi, o‘zlarining taqdiri va sog‘lig‘ining tabiat bilan bir butunlikda deb tasavvur qilganligidir.
Ijtimoiy taraqqiyotning har xil davrlarida tabiatga munosabat har xil mazmun va shaklda namoyon bo‘lgan.Tabiatning o‘zini xudo deb qarash, undagi ayrim hayvonlarni muqaddaslashtirish odat bo‘lgan. Tabiatga bu xildagi munosabat, shubhasiz, uni asrash bilan bog‘langan bo‘lib, bu esa keyinchalik tabiatni asrashga qaratilgan axloq meyorlarini shakllantirish uchun asos bo‘lgan. Afsuski, mazkur axloq me’yorlari keyingi davrlarga kelib zaiflashib ketdi. Odamlar tabiatning ko‘zga ko‘rinmas qonunularini tushunmasliklari bois undan qo‘rqmay qo‘ydi va uni oyoq osti qila boshladi.
Ekologik tanglik to‘g‘risida birinchi bo‘lib bong urgan kishilardan biri amerikalik ayol Reychel Karson bo‘lgan. U 1962 yilda “O‘lik bahor” nomli asar yozadi. Bu asarda u madaniyatli xalqlarning xo‘jalik yuritish faoliyatiga qarshi chiqadi, ularning tabiat boyliklaridan vahshiylarcha foydalanayotganliklarini ochib tashlaydi. R. Karsonning fikrlari amerika xalqini larzaga solgan bo‘lsa, tabiatga vahshiyona munosabatda bo‘layotgan korchalonlarning g‘azabini qo‘zg‘aydi. Natijada amerika xlqi birinchilardan bo‘lib, tabiatni himoya qilish uchun qo‘zg‘aladi va butun dunyo xalqlarining e’tiborini ana shu umuminsoniy muammoga qaratadi.
Demak, ekologik tarbiya faqat ijtimoiy masala bo‘lib qolmay, balki eng muhim axloqiy masala hamdir. Tabiatga keltirilgan zararni fuqarolarning, davlatga keltirgan zararidan og‘irroq deb qarash zarur. Chunki, tabiat butun insoniyatning mulki. Ana shu umummulkka qilingan har qanday tajovuzning oqibati og‘ir oqibatlarga olib kelishini yoshlar ongiga singdirmoq lozim.
Inson tabiat og`ushida yashaydi, ijod etadi, faoliyat ko`rsatadi, uning ko`rkam manzaralaridan zavq oladi, sahovatli marhamatlaridan bahramand bo`ladi. Tabiat u qanday ko`rinishda bo`lishidan qat`iy nazar, o`zgacha gashtli fusunkor bo`lishi mumkin.
Bizni o`rab turgan tabiatning ko`rkam manzarasi nafaqat qushlar qo`shig`I, musavvirlar, shoirlar, bastakor-mashshoqlar, honandalar uchun ilhombaxsh ko`rinibgina bo`lib qolmasdan, balki kishilarning ruhiyatini yengillashtiruvchi ma`naviy ozuqa beruvchi tabiiy manba bo`lib ham xizmat qiladi.
Shuni aytish kerakki, tabiatning ko`rkam ehsonlariga nisbatan tom ma`noni sildan muxabbat, e`zozlash bo`lmas ekan, uning marhamatlari chegarani bo`lib qoladi.
Tabiatdan inson faqatgina ijodiy ilhom, ruhiy ozuqa, ma`naviy lazzat olibgina qolmasdan, balki uning hayotbaxsh ne`matlari bilan yashaydi. Shunday ekan “ona” deb e`zozlanuvchi tabiatni har qancha madh уешиб гтш musaffo bokira sqlash uchun harakat qilmog`I darkor.
Tabiatning mahsuli hisoblanish har bir kishi, atrof-muhit muhofazasi bilan shug`ullanuvchi yoshlar tashkiloti yer kurrasida yashovchi jonivorlar taqdiri, ularning hayoti ustida qayg`urishni o`zlarining muqaddas burchi deb hisoblashlari kerak.
“Ona” tabiatga nisbatan mehr, hurmat uyg`otish , uni e`zozlas ko`p jihatdan ota-onalar, murabbiylar, pedagoglarning bergan tarbiyasi, tushuntirish ishlariga ham bog`liqdir.
Bevosita tabiat muhofazasi bilan bog`liq bo`lgan ayrim ma`lumotlarni keltirib o`tish ayni muaddao bo`lardi.
Latviyada maktab yoshigacha bo`lgan bolalarda tabiatga hurmat bilan qarash, unga nisbatan estetik hissiyotni uyg`otish tajribalari olib borilib, ijobiy natijalar olingan.
Bolalar bog`chasida tabiatsevarlar to`garagining faollari “yashil kosiblar” safarbar qilingan, shuningdek Latviya universitetining biologiya, geografiya fakulteti talabalari ham jalb etilgan. Ular o`z navbatida bolalarning yoshi, bilim ko`lamini inobatga olgan holda, ularning tafakkuriga yetib boradigan darajada tabiat to`g`risida, o`simliklar olami haqida, hayvonot dunyosi borasida qiziqarli va maroqli suhbatlar o`tkazganlar. Ular tabiat bilan uzviy bog`liq bo`lgan mavzuda eng yaxshi rasm uchun tanlovlar o`tkazishgan, o`lka tabiatining so`lim joylariga ekskursiya-tomosha sayrini uyushtirishgan.
Latviyada maktabgacha bo`lgan bolalar uchun tabiat manzarlari namoyishini o`tkazganlar, unda turfa gullarning rang-barangligi, dorivor hosiyatli o`simliklar, sabzovot-rezavorlar haqida qiziqarli ma`lumotlar berganlar, amaliy mashg`ulotlar bilan saboq berganlar. Bunda har bir eshittirishda yoshi besh-yettiga to`lgan 200 ga yaqin bolalar ishtirok etganlar.
Amaliy mashg`ulotlar ko`lamida nihollar, sabzovot, gul namunalarini qanday o`tqazish, parvarishlash, foydali qo`ziqorinlarni qanday tanlash va qirqib olish borasida ham televideniyeda ko`rsatuvlar uyushtiriladi.
Shuni qayd etish kerakki, katta kishilarning hatti-harakati yoshlar uchun o`rnak saboq bo`lishi tabiiy. Mabodo bolalar bor xonadonda kattalar uy hayvonlariga, jonivorlarga nisbatan shafqatsiz bo`lsalar (mushuk, kuchukchalarni uloqtirib tashlash, zaharlash va boshqalar), u holda shu uyda yashayotgan tarbiya topayotganlarning jonivorlarga nisbatan qahrlari qattiq bo`lishi turgan gap. Goho shunday bolalar ko`z o`ngida turli qurilishlar tufayli manzara kashf etuvchi hamda mevali o`simliklar ayovsiz qirqiladi. Yanada achinarlisi shuki ayrim xo`jalik, muassasa rahbarlari tomonidan maktab o`quvchilari, oliy o`quv yurti talabalari jalb qilinib daraxtlar kestiriladi.




    1. Download 73.34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling