Eksperimental psixologiya
Mavzu yuzasidan test savollari
Download 1.01 Mb.
|
2 5307842827755991336
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan nazorat savollari
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- EKSPREMENTAL PSIXOLOGIYA FANI BO’YICHA GLOSSARIY
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Bosh miya yarim sharlari assimmetriyasi nima? A) Bir yarim sharning ikkinchisidan ustunligi V) O`ng va chap yarim shar faolligi S) Har ikki yarim sharning paralelligi D) O`ng va chap yarim shardagi markazlarning aynan mos kelmasligi E) Markazlarning bir xilda faoliyat ko`rsatmasligi 2. Lateralizatsiya nima? A) Har bir vazifaning muayyan markazga ega bo`lishi V) Ichki va tashqi signallarni qabul qilish S) Bir xilda joylashish D) YArim sharlarning vaqtinchalik ustunligi E) CHap va o`ng yarim sharda markazlarning bir xilda taqsimlanganligi 3. Bosh miya yarim sharlaridagi funktsional bloklar haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan? A) A.R.Luriya V) B.G.Anan’ev S) Traugott D) N.A.Bernshteyn E) I.P.Pavlov Mavzu yuzasidan nazorat savollari: Bosh miya yarim sharlari asimmetriyasi deganda nimani tushunasiz? Lateralizatsiya va lokalizatsiya nima? O`ng va chap yarim sharlarning psixik faoliyatdagi roli qanday? Tavsiya etiladigan adabiyotlar: Granovskaya A.A.Elemento` prakticheskoy psixologii. M-1995. Bioelektricheskaya aktivnost’ mozga i individual’no`e razlichiya. M-1991. Kado`rov B.R.Izuchenie sklonnostey podrostkov. M-1996 EKSPREMENTAL PSIXOLOGIYA FANI BO’YICHA GLOSSARIY Abstraksiya- inson aqliy faoliyatining asosiy jarayonlaridan biri. U predmetning alohida sifat, tomonlarini fikran ajratib o’rganish,tushunishni ta’minlaydi Adaptatsiya-muhit sharoitiga organizmning tuzilishi, funksiyalari hamda hujayralarining moslashuvi. Turlari:ko’rish, sensor, eshitish moslashuvlar Akseleratsiya- bolalarning fiziologik, ijtimoiy va psixik rivojining tezlashuvi Altruizm- boshqa odamlar istaklarini ro’yobga chiqarishga ma’lum shaxsning harakat faoliyati Analiz-fikran yoki predmetli biron bir narsani qismlarga bo’lib o’rganish Anketa- ijtimoiy va ekspremental psixologiyada axborot jamlash metodi Analitik psixologiya-K.Yung tomonidan yaratilgan neofreydizm yo’nalishi. Ongsizlikni asos etib o’rganadi. Assotsiatsiya- ikki va ko’proq psixik jarayonlarning bir-biri bilan bog’lanib yangi fikrlar, sezgilar, tasavvurlar paydo bo’lishi Affekt- kuchli va qisqa muddatli emotsional holatlar Bixeviorizm- hatti- harakat. Amerika psixologiyasida hatti-harakatni boshqarish haqidagi psixologik yo’nalishi. E.Tarndayk, Skinner asoschilari Validlik – testning haqiqatga va ishlatishga qodirligi. Korreliyatsiya qonuniyatlariga asoslanadi. Xayol – fantaziya. Avvalgi tajribadan olingan axborot asosida yangi obrazlar yaratish jarayoni Geniallik-shaxsning qobiliyatlarini oliy darajada rivojlanishi Geshtalt- Obraz, sezgilar yordamida butun tasvvurni vujudga kelishi Gipoteza- tafakkur jaratonida vazifani bajarishda hal etishni yangi yo’llarini topishga harakat Deduksiya- bir necha filrlardan umumiy fikr, xulosaga kelish metodi Diterminizm- tabiiy, ijtimoiy va ruhiy holatlarning ma’lum sabablar bilan bog’likligi va oqibatliligi Faoliyat- o’z talablarini qondirish uchun jonli mavjudot sub’yekt sifatida o’ragan muhitga faol ta’sir o’tkazishi Dominanta- markaziy asab tizimida vaqtincha asosiy nuqtadagi qo’zg’alish Vazifa-
Rolli o’yinlar- maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o’yin orqali bilish, anglash harakati formasi Insayt- tafakkurdagi birdan muammoni yechish yo’lini topish jarayoni Intellekt- Individning bilish jarayoni davomida ongning rivojlanganlik darajasi. U sezgi va idrokdan boshlanib tafakkur va xayolga taqaladi Ekspremental psixologiya- laboratoriya eksprementi qo’llanadigan psixologiya fani bo’limlarini asosiy turi. Birinchi tajriba astronomlar tomonidan o’tkazilgan. 1823 yil Bissel, E.Vebber sezgi pog’onalarini ekspremental o’rgandi (1834) V.Vundt 1879 Leypsigda ekspremental psixologiya bilan shug’ullandi Empatiya- hamdardlik, o’zini boshqa kishi o’rniga qo’ya bilish malakasi Entropiya- biron-bir tizimni tavsiyalashda noaniqlikning miqdor belgisi Muammo- hayot uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni vujudga keltirishdagi qarama-qarshilik. Uni bartaraf etish uchun vujudga kelgan holat, vaziyat Metod- maqsadga yetish uchun qo’llanadigan vosita va vositalar tizimi Eksprement- laborator va tabiiy holatda o’tkaziladigan, psixik holat, jarayon, sifatni diagnostikalash yoki rivoj toptirishga yo’naltirilgan maqsadli fikrlar tizimi Motivatsiya- Inson hatti- harakatini vujudga keltiruvchi ichki psixik kuch. U maqsad, qiziqish, intilish,imkoniyatlar bilan bog’liq Qadriyatlar- normal hayot uchun kerak bo’lgan g’oyalar, odatlar, bilimlar, malakalar, fizik, ximik va biologik qonuniyatlar tizimi Diqqat-ongning bir ob`ektga to`plab, yo`naltirilishi. Diqqatning ko`lami- bir vaqtda qamrab olingan ob`ektlar soni. Barqarorligi-diqqatning bir ob`ekt ustida uzoq vaqt to`planishi. Ko`chishi- diqqatning bir ob`ektdan ikkinchisiga o`tishi. Kontsentratsiyasi- diqqatni uzoq vaqt davomida boshqa narsaga cholg`imay bir ob`ekt ustida to`planib turishi. Korrektur sinovii -diqqat xossalarini o`rganish metodi. Xotira-individning hayotiy tajribasini esda qoldirish, esda saqlash, qayta esga tushirishi Esda qoldirish- mustahkamlash yo`li bilan o`z bilimlarini yangi ma`lumotlar bilan boyitish. Esda saqlash- esda qoldirilgan materialni qayta esga tushirishga tayyor turishi. Unutish-esda qoldirilgan materialni qayta esga tushira olmaslik. Esga tushirish-avval idrok qilingan materialni ongimizda qaytadan tiklanishi. Antitsipatsiya-biror faoliyatning natijasi, voqealar davomini u yoki bu shaklda oldindan ko`rish. Operativ xotira-juda kichik vaqt oralig`ida materialni esda qoldirish, esda saqlash, qayta esga tushirish. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling