Mavzu yuzasidan test savollari:
1. E.P.Il’in metodikasi yordamida asab tizimining qaysi xususiyatini aniqlash mumkin?
A) Harakatchanligi
V) Kuchi
S) Muvozanati
D) Labilligi
E) Dinamikligi
2. Tremometr qanday asbob?
A) Diqqat xajmini o`rganuvchi
V) Javob reaktsiyasi tezligini aniqlovchi
S) Ixtiyorsiz harakatlarni o`lchash asbobi
D) Sezgirlik chegarasini o`lchash asbobi
E) Xotira tipini o`rganuvchi
3. O`ng va chap qo`llar asimmetriyasini qaysi metodika yordamida o`rganish mumkin?
A) M.G.Davletshin metodikasi
V) E.P.Il’in metodikasi
S) A.A.Krilov metodikasi
D) Mira-Lopets metodikasi
E) Gurfinkel metodikasi
4. Muskullar kuchi va chidamligi qaysi asbob yordamida aniqalanadi?
A) esteziometr
V) Kinematometr
S) K G R
D) Tremometr
E) Dinamometr
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Psixomotorika nima?
Psixomotor xususiyatlarni o`rganishning nazariy va amaliy ahamiyati qanday?
3. Ish-harakatlarning qanday turlari mavjud?
Tavsiya etriladigan adabiyotlar:
1. Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii. LGU - 1994
2. Umumiy psixologiyadan amaliy mashg`ulotlar. A.I. SHcherbakov taxriri ostida T. 1992
13-MAVZU: YARIM SHARLAR ASIMMETRIYASI
VA PSIXIK JARAYONLAR.
R E J A :
YArim sharlar asimmetriyasi va psixik jarayonlarning o`ziga xosligi.
YArim sharlarning o`zaro aloqasi.
Ta`lim samaradorligida o`ng yarim sharning roli.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Asimmetriya- o`ng va chap yarim shardagi markazlarning parallel joylashmaganligi.
Lokalizatsiya- har bir vazifaning ma`lum markazga joylashuvi.
Lateralizatsiya- chap va o`ng yarim sharda vazifalarning bir xilda taqsimlanishi.
Intuitsiya-bilishning maxsus usuli, izlanayotgan muammoning echilishini birdaniga topish.
Ruhiy faoliyatlarning o`ziga xos xususiyati va aloqasini tahlil qilar ekanmiz, bu jarayonlarning inson miyasi tuzilishidagi o`ziga xoslik bilan mavjud munosabatiga alohida to`xtalib o`tish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |