Eksperimental psixologiya


Jihoz: Ma’no jihatidan bog’langan va bog’lanmagan juft so’zlar to’plami. Ishning borishi


Download 1.01 Mb.
bet82/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Jihoz: Ma’no jihatidan bog’langan va bog’lanmagan juft so’zlar to’plami.


Ishning borishi:

Tekshirish 2 bosqichda olib boriladi.


1-bosqich. Tekshiruvchi tekshiriluvchiga 1-qatordagi 15 juft so’zni (har bir juft so’z orasida 5 sekund tanaffus bilan) o’qib beradi. O’qib bo’lgandan so’ng 10 sekund tanaffus qilib, tekshiriluvchi o’zi eshitgan so’zlarni qog’ozga yozadi.
Tavsiya etiladigan so’zlar to’plami:
Birinchi qator Ikkinchi qator
qo’g’irchoq – o’ynamoq qo’ng’iz – stul
tovuq – tuxum taroq – yer
qaychi – qirqmoq kompas – yelim
ot – arava qo’ng’iroq – o’q
kitob – o’qituvchi chittak – singil
kapalak – chivin gultuvak – tramvay
shcho’tka – tish dori – divan
baraban – o’quvchi tosh – shamol
qor – qish botinka – samovar
xo’roz – qichqirmoq grafin – olmoq
siyoh – daftar gugurt – yilqi
sigir – sut dengiz – qirg’ich
parovoz – haydamoq shlyapa – asalari
nok – kompot baliq – yong’in
chiroq – oqshom arra – tuxum


B A Y O N N O M A:
Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana:

Mantiqiy xotiraning hajmi.





Birinchi qatordagi so’zlarning soni (№)

Esda qoldirilgan so’zlar soni (m)

Mantiqiy xotira koeffitsiyenti (K)










Natijalarni tahlil qilish.


Tavsiya qilingan so’zlar bilan tekshiriluvchining esda qoldirib yozgan so’zlarini solishtiriladi va mantiqiy xotiraning koeffitsiyenti quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

Bunda K – xotira koeffitsiyenti, m – to’g’ri esda qoldirilgan so’zlar soni, N – tavsiya etilgan so’zlar soni.


Ikkinchi bosqich.


Bunda ham xuddi birinchi bosqichdagidek ish ko’riladi. Faqat tekshiruvchi ikkinchi qatordagi 15 juft so’zlarni (har bir juft oralig’ida 10 sekundlik tanaffus bilan) o’qiydi. Oxirida yana 10 sekund tanaffusdan so’ng tekshiriluvchi esda olib qolgan so’zlarini yozadi va tavsiya qilingan so’zlar bilan esda qoldirilgan so’zlar taqqoslanib xotira koeffitsiyenti birinchi bosqichdagi kabi hisoblab chiqiladi, hamda jadvalda aks ettiriladi.

Mexanik xotiraning hajmi.



Ikkinchi qatordagi so’zlarning soni (№)

Esda qoldirilgan so’zlar soni (m)

Mexanik xotira koeffitsiyenti (K)










Har ikki bosqich natijalari asosida mantiqiy va mexanik xotiraning samaradorligi haqida xulosa chiqariladi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling