Elektronika va elektra texnika fakulteti


Download 165.62 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi165.62 Kb.
#1442573
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
3-20 maxmudjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
QO’QON FILIALI

ELEKTRONIKA VA ELEKTRA TEXNIKA FAKULTETI


Polimer materiallar fanidan


REFERATI



Mavzu: Polimerlar haqida umumiy tushuncha

Bajardi:3_20 MYaMT Azamov.M


Tekshirdi:S.Axmedov

Polimerlar xaqida umumiy tushuncha


REJA:
1 Polimer materiallar
2 Polimerlarning olinishi
3 Polimerlarning strukturasi va xossalari
4 Polimerlarning sinflanishi
5 Polimer matrisasining turi
6 Polimerlarning qovushqoqlik va teplofizik xossalari
7 Polimerlarning mexanik xossalari
8 Polimer materiallarga termik ishlov berish

1.Hozirgi vaqtga kelib,o’z xossalari jixatidan xilma-xil plastmassalar,yog’ochlar va rezinalar, juda puxta konstruksion materiallar plastmassalar, yarimo’tkazgichlar, o’tkazgichlar magnitli va boshqa plastmassalar yaratilgan.


Bu materiallar ko’p hollarda qimmat turadigan metallar o’rnida ishlatilmoqda. Texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalarning joriy qilinishiga ko’p darajada bog’liqdir.
Qisman yoki butkul yuqori molekulyar birikmalar, ya’ni polimerlardan iborat bo’lib, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan harorat va bosimda plastiklik xossalariga ega bo’lgan materiallar plastik massalar (plastmassalar) deyiladi.
Ko’pincha plastmassalar bir necha xil moddalardan iborat bo’ladi.
Ularning tarkibiga masalan bog’lovchi va to’ldiruvchi moddalar, plasifikatorlar, bo’yoq moddalar va boshqalar kiradi. Ba’zi plastmassalar , masalan organik shisha, poliamid, polietilen faqat polimerlardan iborat bo’ladi.
Murakkab tarkibli plastmassalarda bog’lovchi moddalar vazifasini polimer o’taydi.
Polimerlar juda ko’p bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy polimerlarga selluloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar sun’iylariga esa organic shisha, polietilen, viskoza, kapron, naylon, sun’iy kauchuk va boshqalar kiradi.
Yuqori molekulyar organik birikmalar yoki ularning guruhlari ko’pincha smolalar deb ataladi.
2.Polimerlar ikki xil usul bilan: polimerlash va polikondensatlash usullari bilan olinadi.
Polimerlash usulida bir xil monomerning masalan etilenning juda ko’pmolekulalari birin-ketin birikib, o’sha tarkibli, ammo tamomila boshqa xossaliyangi modda (polietilen) hosil qildi.
Polimerlanish yo’li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakrilat (organic shisha) va boshqa polimerlar olinadi.
Ikkita har xil monomerni birgalikda polimerlash yo’li bilan ham yangi polimer olish mumkin. Bu holda olingan yuqori molekulyar moddalar sopolimerlar deb ataladi. Sopolimerda ikkala monomerning xossalari mujassamlangan bo’ladi.
Polikondensatlash usulida ikki yoki undan ortiq xil monomer o’zaro kimyoviy ta’sir ettiriladi. Bunda polimer bilan bir qatorda qo’shimcha maxsulot (suv, ammiak yoki boshqa modda ) ham hosil bo’ladi. Masalan fenol bilan fenol farmadegid qizdirilgan holda va katalizator ishtirokida o’zaro ta’sir ettirilsa, polimer-penoplast va suv hosil bo’ladi.
Makromolekulalarining tuzilishiqa qarab polimerlar quidagi turlarga bo’linadi:a) chiziqli; b) tarmoqlangan; d)tikilgan; e) setkasimon

Polimer makromolekulalarining tuzilishining sxematik ko’rinishi.
Chiziqli makromalekulalarning uzunligi ko’ndalang kesim yuzasiga nisbatan bir necha ming marta katta.Qizdirilganda yumshaydi, sovutilsa qotadi. Qayta qizdirish natijasida qayta yumshaydi. Masalan poliamid, polietilen.
Tikilganformalar formalar (pog’onali, setkasimon, fazoviy) ancha mustahkam, erituvchilariga uncha erimaydigan ,yumshamaydigan polimerlarga mansub.
To’rsimon uch o’lchamli formali makromolekulali polimerlar mo’rtligi va tashqi kuchlarga yuqori turg’unligi (yumshamaydi,ishmaydi) bilan xarakterli.
3 Polimerlar (yunonchada polymers – ko’p qisimlardan tashkil topgan, ko’p shakilli degan ma’noni beradi va undagi poly -ko’p va meros – qism, bo’lak ma’nolarini ifodalaydi) – yuqori molekulyar massaga ega bo’lib ularning molekulalari ko’p sonli turg’un yoki noturg’un takrorlanuvchi atomlar zanjiri guruhlaridan tashkil topgan bo’ladi.
Ko’p sonli elementar bo’laklardan (monomerlardan) tashkil topgan,bir xil kimyoviy tarkibga va strukturaga ega bo’lgan molekulalar makromolekulalar deb yuritiladi. Moddaning xossalari makromolekulalarning kimyoviy tarkibi bilangina aniqlanmasdan,ularning o’zaro joylashishi va tuzilishi bilan ham aniqlanadi. Makromolekulalarning ko’ndalang kesmi odatda bir necha nanometrni tashkil qiladi, uzunligi esa bir necha ming nanometrga yetadi yoki bir necha mikrometrga yetishi mumkun, shuning uchun makromolekulalar yaxshi egiluvchanlikka ega bo’ladi.
4. Polimerlar xossalarini uning tarkibi va strukturasiga bog’liqligini o’rganishni osonlashtirish maqsadida ularni turli belgilari (tarkibi,makromolekulyar shakli,fazoviy holati, qutubliligi, qizdirishga munosabati) bo’yicha sinflash mumkin. Tarkibi bo’yicha barcha polimerlar organik, elementli organik, neorganik turlarga bo’linadi.
Qatron va kauchuklar organik polimerlar hisoblanadilar. Elementli organik birikmalar asosiy zanjir tarkibida neorganik atomlari (Si, Ti, Al), organik radikallar (CH3, C6H5, CH2) bilan birikmada bo’ladi. Bu radikallar polimer materialga mustahkamlik va elastiklik xossasini bersa, neorganik atomlar yuqori issiqbardoshlik xossasini beradi.
Neorganik polimerlarga silikat shisha, keramika, slyuda, asbest kabilar kiradi. Bu birikmalar tarkibida uglerodli skelet bo’lmaydi. Neorganik materiallarning asosini kremniy, alumini, magniy, kalsiy kabilarning oksidlari tashkil etadi.

Download 165.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling